Apatiya — hissiy befarqlik holati bo‘lib, barcha narsa va hodisalarga bemor o‘ta e’tiborsizlik bilan qaraydi. Ba’zan ularda butunlay hara- katsizlik kuzatiladi va bemorlar o'tirgan joyidan sira qo‘zg‘almaydi. Apatiyaning bu turi shizofreniyada, qari odamlarda va bosh miya o‘smalarining ba’zi turlarida yaqqol ifodalangan boMadi. Maniakal holat — o‘z-o‘zini va imkoniyatlarini ortiqcha baholashga aloqador bo‘lgan holatdir. Bemorlar askiya qilishga moyil bo’ladi. Ular bo‘lar-bo‘lmasga hazil-huzul qilishadi, mazax qilib birovning ustidan kulishadi, ashula aytishni va raqsga tushishni yaxshi ko‘rishadi, faol harakat qilishga intilishadi, ammo bu harakatlar tartibsiz boMadi. Maniakal kayfiyat kuzatiladigan qator xastaliklar orasida maniakal — depressiv psixoz diqqatga sazovordir.
Emotsiyani eksperimental o’rganish.
Inson emotsiyasini amaliy jihatdan o’rganishda asosan, suhbat, kuzatish va test metodlaridan foydalandim. Insonlarni kuzatayotganimda albatta verbal va noverbal muloqotida o’zaro nomutanosiblikni(kongruentlik) ham guvohi bo’ldim.
Emotsiyani eksperimental o’rganish maqsadida o’zim o’qigan ADU qoshidagi IV son Akademik litseyining 3-bosqich talabarini tanlab olib, ulardan Lilian Glassning “Insonlarni bilish ko’nikmasini aniqlash metodikasi” nomli test oldim. Ushbu metodika 11ta savoldan iborat bo’lib, odamni intuitsiyasi(ichki sezgirlik)ni aniqlashga xizmat qiladi. Tadqiqotimda jami 17 nafar talaba qatnashdi.
Ushbu test Lilian Glas tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, insonlarni imo-ishoralar, mimikalar, tana harakatlari, yuz ifodasi, qo’l-oyoq harakatlari orqali uni qanday odam ekanligini anglab olishga yordam beradi. Berilgan savollarda javob variantlari 2ta bo’lib, siz o’zingizga mos variantni tanlashingiz kerak.:
1.O’tmishingizga qanday munosabatda bo’lasiz?
A)Xato qilib undan tezda saboq olaman.
B)O’tmishni esga olmayman,xar bir yangi vaziyatni yangicha yondashuv talab qiladi deb xisoblayman.
2.Sizga gapirishayotganda diqqat bilan tinglaysizmi?
A)Xar bir so’zni mag’zini chaqaman.
B)Aniq nima xaqida gapirayotganini eslay olmayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |