Kurs ishi mavzu: “firma bozor iqtisodiyotining asosiy subyekti sifatida. Firma faoliyatining ko‘rsatkichlari” Guruh: 146-22-guruh Bajardi: Botirov S. Kurs ishi rahbari: dots. Tursunov A. M topshirgan sanasi: Himoya qilgan sanasi: Baho
-jadval. "O`ztemiryo`lmashta`mir" UK ning moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko`rsatkichlar. (ming so`m)
Download 0.82 Mb.
|
Kurs ishi mavzu Firma bozor iqtisodiyoti subyekti sifati. Topsh
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FIMALARNING SAMARADORLIK KO`RSATKICHLARI TAHLILI
2 .2-jadval. "O`ztemiryo`lmashta`mir" UK ning moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko`rsatkichlar. (ming so`m) Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo’llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi. Ishlab chiqarish hajmini o’zgarishiga ta‘sir qilish yoki qilmasligiga qarab xarajatlar doimiy va o’zgaruvchi xarajatlarga bo’linadi. Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta‘sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Bunga korxonaning to’lov majburiyatlari (zayomlar bo’yicha foiz va boshqa), soliqlar (ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan turlari), amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo’riqlash xizmatiga to’lov, uskunalarga xizmat ko’rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va boshqa xarajatlar kiradi. O’zgaruvchi xarajatlar deb ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta‘sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yoqilg’i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va boshqa sarf-xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar yig’indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, ya‘ni xarajat qilinadigan pirovard natija olinguncha o’tgan davr sezilarli ta‘sir ko’rsatadi. Vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi. Korxona ishlab chiqarish hajmini o’stirish uchun qisqa davrda faqat o’zining o’zgaruvchi xarajatlari miqdorini o’zgartirishi мумкин. Bu qisqa muddatli xarajatlardir. Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band bo’lgan resurslari miqdorini o’zgartirish uchun yetarli bo’lgan davrdir. Ishlab chiqarish rivojlanib borishi uchun ishlab chiqarishni o’rtacha xarajatlari kamayishi lozim, unga quyidagi omillar ta‘sir qilib boradi: 1. Mehnatning ixtisoslashuvi 2. Boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi 3. Kapitaldan samarali foydalanishi 4. Qo’shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarishi. Vaqt o’tishi bilan firmaning mahsulot birligi ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishiga olib kelishi mumkin. Firmalar faoliyati yiriklashib, kengayib borish, firmaning faoliyatini samarali nazorat qilish va muvofiqlashtirishga harakat qilish va uni boshqarishda qiyinchiliklarni kamaytirib chiqaradi. O’rtacha hajmdagi korxonada bitta yagona boshqaruvchi uning faoliyatiga doir barcha muhim qarorlarni shaxsan o’zi qabul qiladi, shu boshqaruvchi barcha ishlab chiqarish jarayonini tezlik bilan tahlil qilishi, ular asosida aniq va samarali qaror chiqara oladi. Firma miqyosini kengayishi bilan bunday holat o’zgaradi. Buning natijasida ma‘muriy xodimlar va ishlab chiqarish jarayonini alohidalashtiruvchi boshqaruv qatlamlari ko’payib boradi, yuqori rahbariyat korxonadagi haqiqiy ishlab chiqarish jarayonidan alohidalashib qoladi Yirik korxona miqyosida oqilona qaror qabul qilish uchun zarur bo’lgan barcha ma‘lumotlarni yig’ish, tushunish va qayta ishlash bir kishi uchun imkon darajasidan tashqarida bo’ladi. Boshqaruv apparatining chuqurlashuvi va kengayishi esa axborot almashishuvi, qarorlarni muvofiqlashtirishdagi muammolarni hamda byurokratik holatni keltirib chiqaradi, boshqaruvning turli bo’g’inlari tomonidan qabul qilingan qarorlar bir-biriga zid kelish ehtimoli kuchayadi. Natijada samaradorlikka putur yetib, ishlab chiqarishning o’rtacha xarajatlarni oshiradi. Boshqacha aytganda, barcha resurslar miqdorining 10 foizga o’sishi ishlab chiqarish hajmining nomuvofiq ravishda, aytaylik 5 foizga o’sishiga olib keladi. Ishlab chiqarish miqyosining o’sishidan doimiy ravishda olinuvchi samara ikki holat o’rtasidagi tafovutdan kelib chiqadi. Bu ijobiy va salbiy miqyosdir. Bu ikkala chegara orasidagi maydonda barcha resurslarning 10 foizga o’sishi ishlab chiqarish hajmining mutanosib ravishda 10 foizga ko’payishiga olib keladi. Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli boshqarish bo’yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini beradi. Bu samaradorlikning oshishi va mahsulot birligiga ishlab chiqarish harajatlarining kamayishiga imkoniyat yaratib beradi. Korxona faoliyatiga baho berilganda, eng avvalo mehnat faoliyatining biron bir turiga ixtisoslashgan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga sarf qilingan xarajatlar, hosil qilingan daromad va olingan foyda miqdoriga e‘tibor qaratiladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag’lar hamda ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda yoki iqtisodiy foyda deb yuritiladi. Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o’tadi. Birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yalpi qiymatning yaratilish chog’ida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo’shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo’lmaydi. Ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotgandan so’ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko’rinishda to’liq namoyon bo’ladi. Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo’shimcha qiymati esa foydaga aylanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qo’shimcha mahsulot yoki qo’shimcha qiymatdir. Fich = Hy –T (1) Ishlab chiqaruvchi foydasi (Fich) – bu maxsulot tannarxi (T) va ulgurji narxi (Hy) o’rtasidagi farqdan iborat. Ushbu formuladan ko’rinadiki, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikkita asosiy omilga bog’liq bo’ladi: 1. Mahsulot tannarxi darajasi (c + v); 2. Ulgurji narxlar darajasi. Tannarx – bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir: c + v + m > c + v. Tannarx bu mahsulot qiymatidan kichikdir. Mahsulot qiymati (MQ) o’z ichiga sarflangan ishlab chiqarish vositalari qiymati (Qiv), hamda yangidan yaratilgan qiymatni (Qya) to’liq oladi. Demak, MQ = Qiv+ Qя (2). O’z navbatida yangidan yaratilgan qiymat ish haqi (IH) yalpi foydaga (Fya) ajraladi: Foyda miqdoriga ta‘sir ko’rsatuvchi ikkinchi omil – korxona o’z maxsulotlarini sotuvchi narx darajasi bo’lib, bu o’rinda mahsulot narxi. Qiymati va tannarxi o’rtasidagi nisbatning beshta asosiy holatini ajrayib ko’rsatish mumkin. 2.3. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FIMALARNING SAMARADORLIK KO`RSATKICHLARI TAHLILIMoliyalashtirish manbalari – bu moliyaviy mablag‘larni olishning amldagi va kutilayotgan kanallari, shuningdek bu moliyaviy mablag‘larni taqdim qilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy subyektlarning ro‘yxati. Loyihani moliyalashtirish strategiyasining asosini loyihaning individual xususiyatlari va ularga ta’sir qiluvchi omillardan kelib chiqib moliyalashtirish sxemasini ishlab chiqish tashkil qiladi. Korxonani moliyalashtirish – korxonalarni zaruriy moliyaviy resurslar bilan ta’minlash. Moliyalashtirish budjet mablag‘laridan assigonovaniyalar, kredit mablag‘lari, horijiy yordamlar, boshqa shaxslarning badallari ko‘rinishidagi ichki va tashqi manbalardan amalga oshiriladi. Moliyalashtirish strategiyasini moliyalashtirish manbalaridan kelib chiquvchi asosiy turlari quyidagilardan iborat: - ichki manbalardan moliyalashtirish; - jalb qilingan mablag‘lardan moliyalashtirish; - qarz mablag‘laridan moliyalashtirish; - aralash (kompleks, kombinatsiyalashgan) moliyalashtirish. Ichki manbalar sifatida korxonaning o‘z mablag‘lari – foyda va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Korxonaning pul mablag‘lari – korxonaning naqd va naqdsiz ko‘rinishda to‘plangan pullari. Ba’zida pul mablag‘lariga qo‘shimcha yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar ham kiritladi. Foydani qayta investitsiyalash – bu o‘z faoliyatini kengaytirayotgan korxonani moliyalashtirishning eng qulay va nisbatan arzon shakli. Moliyalashtirishning tashqi manbalarini xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Jalb qilingan investitsiyalar: - investorni yuqori foyda va korxonaning o‘zi qiziqtiradi; - investor qachondir investitsiyadan voz kechish maqsadiga ega bo‘lishi (bo‘lmasligi) mumkin; - investor mulkining ulushi uning investitsiyalarini korxonaning barcha kapitaliga nisbatidan aniqlanadi. - korxona kontrakt bo‘yicha qarz summasini qaytarish majburiyatini oladi; - qarz olingan shartlarga muvofiq tarzda so‘ndirilishi kerak; - korxona olingan qarz uchun foizlar to‘laydi; - korxona kreditor uchun zarur va maqbul kafolatlarni beradi; - agar kredit muddatlarida qaytarilmasa, kreditor kafolatlarni olib qo‘yishi mumkin; - qarz summasi qaytarilganidan so‘ng kreditor odidagi majburiyatlar to‘xtaydi. Foydaning quyidagi turlari mavjud: Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda. Asosiy faoliyatdan kelgan foyda. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda Favqulodda olingan foyda. - mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF), bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi: YaF = SST – MIT, bu yerda: YaF – yalpi foyda; SST – sotishdan olingan sof tushum; MIT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi; asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda – bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va qo‘shimcha asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi: AFF =YaF – DX +BD + BZ, bu yerda: AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda; DF – davr xarajatlari; BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; BZ – asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar; - xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) – bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi: UF = AFF + MD – MX, bu yerda: UF – umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda; MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari; Sotilgan mahsulot rentabelligi (RSM): yoki Bu erda: RSM– sotilgan mahsulot rentabelligi; YaF – yalpi foyda; SF – sof foyda; SST – mahsulot sotishdan sof tushum. Sotilgan mahsulot rentabelligi sotilgan mahsulotning har bir so‘mi qancha yalpi foyda yoki sof foyda keltirganini ko‘rsatadi. 1. Aktivlar rentabelligi. (Ra):bu yerda: SF – sof foyda; Jayk – korxona jami aktivlarining o‘rtacha yillik qiymati. 2016 yilda Ra =7762/ 502347= 0.015 2017yilda Ra = 120500/ 696200= 0.17 2018 yilda Ra = 1374/ 819485= 0.0016 Moliyalashtirish strategiyasi amalga oshirilayotganda, turli xil manbalardan mablag‘larni taqdim qiluvchi, quyidagi moliyaviy vositalar (moliyalashtirish sxemalari) qo‘llaniladi: - moliyaviy investorga ulushni sotish; - strategik investorga ulushni sotish; - venchurli moliyalashtirish; - qimmatli qog‘ozlarni ommaviy taklif qilish (IPO); - qimmatli qog‘ozlarni yopiq (xususiy) joylashtirish; - horijiy moliya bozorlariga chiqish; - bank kreditlari, kredit liniyalari, ssudalar; - tijorat (tovar) krediti; - davlat krediti (investitsion soliq krediti); - obligatsiyali qarz; - loyihaviy moliyalashtirish; - eksport operatsiyalarini sug‘urtalash; - lizing; - franchayzing; - faktoring; - forfeyting; - grantlar va hayriya badallari; - tadqiqotlar va ishlanmalar to‘g‘risida kelishuvlar; - davlat tomonidan moliyalashtirish; - veksellarni chiqarish; - o‘zaro hisob-kitoblar; - barter; - boshqalar. Korxona investitsiya siyosatidagi muhim yo‘nalish investitsiya resurslari shakllanishini boshqarish hisoblanadi. Investitsiyalashning maqsadidan kelib chiqib investitsiya jarayonida qatnashuvchi investitsiya resurslarining tarkibi va mutanosibligi o‘zgarishi mumkin. Real investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investitsiya resurslari moliyaviy (pul mablag‘lari va b.), moddiy (asosiy fondlar, moddiy qiymatliklarning zahirali va sh.k.) va nomoddiy shakllarda (patentlar, litsenziyalar va sh.k.) qo‘llanilishi mumkin. Investitsion jarayonni moliyaviy ta’minlash tizimi manbalarning, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari va shakllarining organik birligidan kelib chiqadi. Investitsion resurslarni shakllantirish manbalari turli-tumandir. Bu manbalarning mazmuni aniqlash va turkumlashning zarurligini asoslaydi. Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini turkumlanishiga asosan barcha manbalarni uchta asosiy guruhlarga ajratish mumkin: o‘z manbalari, qarz manbalari, jalb qilingan manbalar. Bunda korxonaning o‘z mablag‘lari ichki (ikkilamchi), jalb qilingan va qarz mablag‘lari – tashqi (birlamchi) manbalar sifatida qaraladi. O‘z mablag‘lariga quyidagilar kiradi: korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatidan olingan sof foyda; amortizatsiya ajratmalari; mulkni yo‘qotilishi bilan yuzaga kelgan sug‘urta qoplamalari; asosiy vositalarni sotishdan olingan mablag‘lar; Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling