Kurs ishi mavzu: Fizikani o’qitishda xorij tajribalardan foydalanish
Download 1.04 Mb.
|
Ashirova Shaxnoza oxirgisi kurs ishi
Kurs ishi mavzusining maqsadi: Fizikani o’qitishda xorij tajribalaridan foydalanishni ochib berish va bugungi kundagi ahamyatini belgilash.
Kurs ishining vazifasi: Kurs ishi mavzusining maqsadidan kelib chiqib quydagi vazifalar belgilandi: Fizika fanining ta’lim tizimidagi o’rnini ochib berish: Fizikani o’qitishda xorij tajribalaridan foydalanish usullarini tahlil qilish: Rivojlangan mamlakatlarda fizika o’qitishning o’ziga xos xususyatlarini ko’rsatib berish(Finlyandiya va Angelya) timsolida Kurs ishining hajmi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, 3 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat, 1 ta jadvaldan, 7 ta rasmdan iborat bo’lib 21betni tashkil etadi. II.ASOSIY QISM2.1.Fizika fanining ta’lim tizimidagi o’rniFizika fani bizni atrofimizdagi dunyoni, nafaqat dunyo texnologiyani qanday ishlashini tushunishga yordam beradi. Shuningdek koinotni tartibga solishga yordam beradi. U asoslar bilan shug’ullanishiga o’xshamaydign hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rishga yordam, ijodkorlikni ifoda etishga, dunyoni yangicha ko’rishga keyingi yordam beradigan kuchli yo’nalishlar beradi. Fizika ma’lumotni Muhandislik va tibbiyot shuningdek iqtisod moliya, menijment siyosatidagi muommolarni hal qilish uchun zaruz bo’lgan ko’nikmalarni beradi. Fizika eng zamonaviy texnologiyalarning muhandislik va tibbiy tadqiqotlar va ishlanmalarda iashlatiladigan uchun asosdir. Masalan: Fizika fanidagi kashfiyotlar meditsenada ham yordam berdi. Maksvelning elektromagnit to’lqinlari haqidagi nazariyasidan kelib chiqib nemis fizigi Vilgelm Konrad Rentgen (1845-1932) har xil buyum;narsalardan turlicha o’tuvchi ko’rinmas nurlarni kashf etdi. Nurlarning kelib chiqishi olimlarga ma’lum emasdi va ularni “X nurlar” deb atadi. Ana shu kashfiyotga asoslangan va olimning nomi bilan “Rentgen” deb atalgan apparat yaratildi.Endi shifokorlar ichki jarohatlarni, suyak sinishlarini ko’rishlari mumkin edi. Bu kashfiyot uchun fiziklar orasida birinchi bo’lib Rentgenga Nobel mukofoti berilgan. 1-rasm Hozirda turmushda ko’p qo’llaniladigan yorug’lik manbalaridan biri bu Lampochka. 1878-yilda ingliz olimi Jozef Svan shisha kolba shaklidagi birinchi lampochkani yaratdi. Kolba ichida elektr tokiga qarshilik qiluvchi moslama “ko’mir sim” shaklida bo’lib, yorug’ligi juda ham kam edi. 1879-yilda esa ixtirochi Tomas Edison ham hozirda biz ishlatadigan, xo’jalik buyumiga yaqinroq bo’lgan lampochkani ixtiro qildi. Biroq uning ixtirosida Svanning tajribalari asos bo’lib, Tomas uni yanada takomillashtirdi. 2-rasm Hozirgi kunda hayotimizni aveatsiyasiz tasavvur qila olmaymiz.Uzog’imizni yaqin qiluvchi samalyotlarni kashf qilinishi haqida so’zlab o’tsak: havoga 3-rasm ko’tarila oladigan uchish apparati yaratish g’oyasi ko’p asrlar avval tug’ilgan. Qanotlar yordamida uchish rejasini ilk bor Leonardo da Venchi tuzgan edi. Leonardo da Vinchi qushlarning qanot qoqishini diqqat bilan kuzatib, qushlarning uchishiga asoslangan deltoplanni yasagan. Biroq bu deltoplan mukammal emasdi. 1870-yilga kelib Jorj Keyli samalyot qurishga imkon beruvchi parrakning nazariy hisob-kitobini taklif etdi. Uning fikrlariga asoslab rus dengiz muhandisi A.F.Mojayskiy birinchi samalyotni yaratib,unda parvoz qildi. Bu voqea 1882-yilning yozida ro’y berdi. Bu kabi ixtirolarni sanab oxiriga yetolmaymiz, mana shunga o’xshash kashfiyotlar hozirgi kundagi fan va texnologiya rivojlanishi uchun ulkan poydevor bo’lib hisoblanadi. XXI asrni texnika buyimlarisiz tasavvur qila olmaymiz va ushbu buyumlarning ixtiro qilinishida fizika fanining ahamiyatini yuqorida ko’rib o’tdik. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling