Kurs ishi mavzu: Fizikani o’qitishda xorij tajribalardan foydalanish
Download 1.04 Mb.
|
Ashirova Shaxnoza oxirgisi kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bakalavriat
- Finlyandiya ta’lim tizimi
- “Venn diagrammasi”
O’zbekiston ta’lim tizimi
Mustaqillikdan so’ng O’zbekiston Respublikasida 12-yillik majburiy ta’lim joriy qilindi.Bu tizim 9 yillik umumta’lim maktablari va 3 yillik Akademik litsiy va kasb-hunar kollejlaridagi o’qish tizimini o’z ichiga olgandi. Kollejlardagi o’qish tizimi kutilgan natijani bermagani uchun 2017-yildan maktablarda 11 yillik o’qish tizimi joriy qilindi. Kollejlarning aksaryat qismi texnikumlarga aylantirildi.Bunda ularning imkonyatlari kengaytirildi. O’quvchilar 11 yillik ta’lim tizimini tugatgandan so’ng o’zlarining xohish istaklariga qarab oliy o’quv yurtlariga yoki texnikumlarida o’qishlarini davom ettirishlari mumkin. Majburiy umumiy maktab ta’limi: boshlang’ich (1-4-sinflar) va umumiy o’rta ( 5-9-sinflar); Majburiy o’rta-maxsuz, kasb-hunarta’limi: (o’qish muddati –umumiy o’rta maktab ta’limidan so’ng 3 yil): akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari; Oliy ta’lim: Oliy ta’lim muassaslari –bakalavriat (4-5-yil) va magistratura 92-3 yil). O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimi va turlari: maktabgacha ta’lim;umumiy o’rta ta’lim; o’rta maxsuz; kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o’quv yurtidan kiyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayorlash; maktabdan tashqari ta’lim. Bakalavriat –mutaxasisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim mudati kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir. Magistratura – aniq mutaxasislik bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. Oliy o’quv yurtlarida keyingi ta’lim 3 yilgacha davom etadi. Uning 2 yillik shakli mavjud:katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti hamda mustaqil izlanuvchilik. Finlyandiya ta’lim tizimi Finlyandiya ta’lim siyosatida uchta muhim tamoyil mavjudligini ta’kidlash mumkin: bilimga asoslangan jamiyat haqidagi qarashlarni va mahalliy hokimiyat vakolatlarini kuchaytirish.Mahalliy hokimiyat vakolatlarini kuchaytirish jarayonini o’tgan asrning 70- yillaridan 2000-yillarga qadar Finlyandiya ta’lim tizimidagi eng muhim o’zgarishlardan biri sifatida ta’kidlash mumkin. Finlyandiya o’n yillik majburiy ta’lim davomida milliy imtihon yo’q. Barcha maktablarda bir xil ta’lim beriladi, o’quvchilar mufaqiyatiga qarab turli maktablarga birlashtirilmaydi va deyarli barcha o’quvchilar uylari yaqinidagi maktabga borishadi. Finlyandiya ta’limining muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, u barcha darajalarda, ya’ni maktabgacha ta’limdan oliy ta’limga qadar to’liq bepul ta’lim olishni taminlaydi. Shuningdek, barcha o’quv materiallar, darsliklar, sog’liqni saqlash xizmatlari va maktabga qatnash transport xizmatlari ham bepul amalga oshiriladi hamda boshlang’ich va o’rta ta’limda barcha o’quvchilarga maktablarda bepul tushlik beriladi. O’zbekiston va Finlyandiyaning talim tizimini solishtirish uchun “Venn diagrammasi”dan foydalandim. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling