Kurs ishi mavzu: Fizikani o’qitishda xorij tajribalardan foydalanish


Download 1.04 Mb.
bet5/8
Sana14.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1001949
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ashirova Shaxnoza oxirgisi kurs ishi

Buyuk Britaniya
Qachonlardir paravoz, reaktiv va elektr dvigatel, cho’g’lanma lampochka kabi ixtirolarni dunyoga bergan Britaniya texnologik taraqqiy etgan mamlakatlar o’nligiga kirishga to’la haqlidir. Aviatsiya, avtomobilsozlik, farmotsivtika kabi sohalarda ingliz orolchasi yetakchilar safida.
Xitoy
Xitoy deganda Tayvanni ham tushunamiz. Xitoy shiddat bilan rivojlanyapti,shu bilan birga taniqli brend va texnologiyalarni sotib olmoqda. Keling,sanab ko’raylik: Volvo, Great Wall, Lenovo, Huawei, Acer, Asus, BBK, BenQ, D-link, Gigabyte, HTC va yana bir qancha.
Finlyandiya
Zamonaviy jihozlarga ega sog’liqni saqlash tizimi jahonda eng yaxshilardan deb tan olingan. Dong’i ketgan Nokia brendining vatani mobil kommunikatsiya sohasida ham ilg’ordir. Oxirgi yillarda hukumat tomonidan biologiya, bioenergetika, va ekologiya sohalari rivojiga urg’u berilmoqda.

Singapur
Kichik shahar-davlat jahonning biznes yuritish uchun eng qulay shart-sharoitlarga ega mamlakati hisoblanadi. Kambag’al va kichik davlat ilg’or texnologiyalari infratuzilmaga ega jamiyat qura olishiga Singapur yaqqol misoldir. Bugunga kelib Singapur eng tezkor internet tizimi, qulay va shinam jamoat transporti va har bir fuqaro kamida bitta smartfonga egaligi bilan g’ururlanadi.
Biz bilamizki, fizika fani o’ta chuqur va murakkab fanlar sirasiga kiradi. Fizika fanini mukammal o’rganish iqtisodiyot, qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish, texnologiya, umuman barcha sohalarga katta foyda keltirishini yuqorida qisman ko’rib o’tdik. Fizika maktab kursidan boshlab o’tiladi va o’sha paytdan boshlab o’quvchilarda ushbu fanga bo’lgan qiziqish ortib boradi. Fizikani o’rganish asosan kuzatish va tajribalar orqali amalga oshadi. Fizika fanini chuqurroq o’rgatish maqsadida maktablarda ko’proq tajribalar o’tkazsak, shu orqali nazariyani ham o’quvchilar ongiga tezroq yetib boradi. O’tilayotgan mavzu haqida kengroq tushuncha hosil bo’ladi. Tajribani ko’rib, o’zi bajarganda o’sha mavzuga oid ma’lumotlarni eslab qolish ham oson bo’ladi va fanga bo’lgan qiziqish ham ortib boradi . Shu sababli fizikada amaliy dars soatlarini ko’paytirsak va ko’proq tajribalar olib borsak fanga bo’lgan qiziqishni yanada orttirardik.
Shu jumlada Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi Mirzo Ulug’bek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun fizika fanidan o’quv dasturi yangidan ishlab chiqilmoqda. Dasturni ishlab chiqishdan oldin xalqaro tajriba o’rganildi, xususan, Kembrijning IGSCE va A-Level dasturlari, international Baccalaureate, Avstraliya, AQSH, Rossiya Fedratsiyasi, Belarus singari davlatlarning dasturlari o’rganildi va fizikani o’qitishning o’ziga xos xususyatlari tahlil qilindi. Ixtisoslashtirilgan maktablar uchun fizik dasturi, xalqaro tajribadan kelib chiqib, fanni uch bosqichda spiralsimon tarzda o’rganishni ko’zda tutadi.
Birinchi bosqichda 5-6-sinflarni qamrab oladi, bunda o’quvchilar fizika fanining barcha bo’limlarini boshqa fanlar bilan birgalikda murakkab formula va hisob kitoblarsiz, sodda hayotiy jarayonlar orqali ko’rib chiqadi hamda o’quvchilarda fizika faniga bo’lgan qiziqish va fanga oid dastlabki tushunchalar shakllantiriladi.
Ikkinchi bosqish 7-9-sinflar uchun mo’jallangan bo’lib, uch yil davomida o’quvchilar umumiy fizika kursining barcha bo’limlarini o’rganishadi va fan bo’yicha asosiy kompetensiyalar shakillantiriladi. Yakuniy .uchunchi bosqichda 10-11-sinflar o’quvchilari avvalgi ikki bosqichda shakillantirilgan kompetensiyalarni rivojlantirishadi va chuqurlashtirishadi. Bunday yondashuv o’zlashtirishi kerek bo’lgan barcha nazariy bilim-ko’nikmalar va amaliy malakalarni to’laligicha shakllantirish imkinini beradi.
Dasturda fanni o’rgnish natijasida o’quvchi qanday nazariy bilim, ko’nikma va amaliy malakaga ega bo’lishi kerakligi aniq belgilab qo’yilmoqda. Dasturda shuningdek , fizika fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi hamda fan orqali 21-asr ko’nikmalari – tahlil, muommolarga nostandart va samaraliy yechimlar taklif qilish,ijodkorlik,yaratuvchanlik, komunativlik singari qobiliyatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Kichik yoshdagi o’quvchilarni fizika faniga qiziqtirish maqsadida Yangilangan dastur asosida 5-6-sinflar uchun “Fizika alifbosi”darsligi ishlab chiqildi. Ushbu darslikda borliqdagi fizik hodisalar va qonuniyatlr qiziqarliy tarzda, sodda tilda bayon etilgan. Kuzatish va tajribalar orqali o’quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyalarni shakllantirib borilishi maqsad qilingan.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling