Kurs ishi mavzu: “ingliz tili darslarida insonlarning mehnat faoliyatini o'rgatish ishlanma loyihasi”


Download 199.33 Kb.
bet11/12
Sana10.03.2023
Hajmi199.33 Kb.
#1258076
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
INGLIZ TILI DARSLARIDA INSONLARNING MEHNAT FAOLIYATINI O\'RGATISH

II Bob bo‘yicha xulosa
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tanlangan sotsiolingvistik material tili o‘rganilayotgan mamlakatga xos sodda til hodisalari va ijtimoiy-madaniy xususiyatlarni farqlab olinishi uchun mo‘ljallanadi. Tanlangan sotsiolingvistik til materiali ingliz tilini ongli-amaliy o‘rganayotgan boshlang‘ich sinf o‘quvchisida til hodisalari va ingliz tili madaniyatining xos jihatlari haqida farqli tasavvur shakllantirishga xizmat qiladi. Sotsiolingvistik materialni tanlashda autentik jonli muloqot tili va me’yoriy adabiy til ulushini hisobga olish zarur bo‘ladi. Jonli muloqot tili turli muloqot vaziyatlarini aks ettirib, fikr ifodalash va muloqot qilishning nisbatan tipik verbal va noverbal vositalaridan tarkib topgan bo‘ladi. Muloqot vaziyatlari va sohalarida nutq namunalari va situativ yaxlit birliklar (klishe), qisqartirilgan iboralar, ixchamlashtirilgan konstruksiyalar shaklida taqdim etilgan jonli muloqot tilini idrok etish va tushunish dastlabki bosqichda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
Adabiy til materialini tanlashda esa, darslik va qo‘shimcha o‘quv materiallarida uchraydigan me’yoriy grammatik qoidalar hamda matnning janr va uslubiy xususiyatlarini hisobga olish zarur bo‘ladi. Jonli muloqot tilini o‘rganish o‘quvchiga til sohibi bilan muloqot qilish imkonini bersa, adabiy til o‘qish va badiiy, ilmiy-ommapob matnlarni keyinroq esa kasbiy sohaga oid adabiyotlarni o‘qish va tushuna olishida yordam beradi.

XULOSA
Adabiyotlarda KYoni katta yoshli til o‘rganuvchilarga va o‘rganilayotgan ingliz tilning tabiiy muhiti mavjud bo‘lgan sharoitda qo‘llash mumkinligi to‘g‘risidagi fikrlar uchraydi. Bizningcha, KYoni ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan boshlang‘ich sinflar sharoitiga moslashtirish mumkin. Chunki boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yosh davrlarining yaqqol operatsiyalar bosqichida, ya’ni kommunikatsiya va interaksiya jarayonida kashf qilib o‘rganish bosqichida bo‘lishadi. Yosh davrlarining yaqqol operatsiyalar bosqichidagi o‘quvchilarga xos bo‘lgan muloqotchanlik va bilganlarini namoyish qilishga intiluvchanlik xususiyati inobatga olinsa, KYoni boshlang‘ich ta’limda ingliz tilini o‘qitish jarayoniga tatbiq
qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
KYoning lingvistik asoslari: Ingliz tili o‘qitishda kommunikativ yondashuv A.N.Xomskiy va D.Xaymslar tomonidan lingvistik diskursga kiritilgan kommunikativ kompetensiya atamasi va uning zamirida rivojlantirilgan til kommunikatsiya vositasidir, degan mazmundagi nazariya asosida rivojlantirilgan. KK atamasi ikki so‘zdan iborat bo‘lib, kommunikatsiya – fikr yoki axborot almashish; kompetensiya – biror soha yoki masaladan yaxshi xabardorlik va ushbu sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritilishini ta’minlaydigan zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar majmuyini anglatadi. Kompetensiya atamasi shaxsni ma’lum sohada faoliyat yurita olishga qodir etuvchi fazilatlari, sifatlari va xos xususiyatlarini anglatadi. Gapiruvchi (tinglovchi)ning kompetensiyasi uni modellar asosida chegeralanmagan miqdordagi gaplarni tuza (tushuna) olishga, shuningdek tillardagi o‘xshashlik va farqlarni hisobga olib, mulohazali hukm chiqara olishga qodir qilishi kerak. Shuningdek, competence so‘zining bellashmoq, raqobatlashmoq, musobaqalashmoq kabi ma’nolarni ifodalaydigan compete o‘zagiga e’tibor qaratdik. Ushbu o‘zak tushuncha inobatga olinadigan bo‘lsa, competence so‘zining ma’nosi yanada teranlashadi va u ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun mutaxassisning raqobatbardoshligini ta’minlovchi zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalarni ifodalaydi. Yuqoridagilarga va mutaxassislar tomonidan berilgan turli ta’riflargaasoslanib, KK – ma’lum maqsadga erishish uchun samarali muloqot qilish, axborot, fikr, nuqtayi nazar, o‘y, xayol va ichki kechinmalarni o‘zaro baham ko‘rish uchun tildan adekvat foydalana olishda suhbatdosh bilan muvaffaqiyatli raqobatlasha olishni ta’minlovchi zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar majmuyidir, degan ta’rifni shakllantirish mumkin.


Download 199.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling