Kurs ishi mavzu: “ingliz tili darslarida insonlarning mehnat faoliyatini o'rgatish ishlanma loyihasi”
Download 199.33 Kb.
|
INGLIZ TILI DARSLARIDA INSONLARNING MEHNAT FAOLIYATINI O\'RGATISH
2.2.Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish metodikasining psixolingvistik asoslari
Inson nutqi nutq fiziologiyasi (lingvofiziologiya)da, nutqning sodir bo‘lishi va uni idrok etilishi psixolingvistikada ilmiy tadqiq etiladi. Nutq insonning bosh miya faoliyatini boshqaradigan murakkab ruhiy jarayon bo‘lib, uning tovush va harfiy jihatlari tashqi (moddiy), nutqharakat, eshitish, ko‘ruv va qo‘lharakat timsollarida ifodalanishi ichki tomoni deyiladi. Har ikkalasi nutqiy dinamik steriotipni tashkil etadi. I.P.Pavlov tadqiqotlaridan ma’lumki, dinamik stereotip deganda shartli va shartsiz reflekslardan iborat muvofiqlashgan hamda barqarorlashgan belgilar sistemasi tushuniladi. Bu sistemani dinamik, ya’ni xarakatdagi sistema deyilishiga sabab uni barbod etish va yana qayta tiklash ham mumkin. Har bir steriotip ma’lum ma’noni ifodalashga xizmat qiladi va turli darajadagi qo‘zg‘ovchilarga nisbatan javob reaksiyalarini xosil qiladi. O‘z navbatida steriotipning ishlashi til vositalari sifatida nutq mexanizmini hosil qiladi. Ona tilida belgilar steriotiplari va nutq mexanizmlari tafakkur va nutq shakillanishi chog‘ida beixtiyor hosil bo‘ladi va ong ishtirokisiz (aniqrog‘i, deyarli ong ishtirok etmagan holda) faoliyat ko‘rsatadi. Ingliz tili o‘rganishda oldin o‘rganilgan tillar asosida o‘xshash elemantlar (tovush, so‘z, gap tuzilishi) mavjud nerv bog‘lanishlari, yot elementlar esa – yangi bog‘lanishlar paydo etishi tufayli ikkilamchi belgilar sistemasi yordamida yaratiladi. Bunda nutq apparatining har ikkala tilga moslashuvchanligi oshib boradi, sensor korreksiya nerv aloqalari shakllanishini osonlashtiradi va steriotiplar paydo bo‘lishiga sarflanadigan quvvatni kamaytiradi. Ona tili, ingliz tili o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni har qanday chet til ona tili prizmasi orqali o‘rganiladi. Chet tildagi ko‘nikma va malakalar ona tilida o‘zlashtirilgan ko‘nikma va malakalar vositasida egallanadi. Ko‘nikmalarning ko‘chishi (o‘tishi) o‘spirin, va ayniqsa, katta yoshdagilarga ingliz tili o‘qitishda dolzarb muammo hisoblanadi. Ruhshunoslik va tilshunoslikdagi tadqiqotlardan ma’lumki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining til tajribalari ona tili va ingliz tili o‘rtasidagi tavofutlarni farqlash darajasida rivojlanmagan bo‘ladi. Shuningdek, kichik yoshdagi til o‘rganuvchilar miyasi fiziologik jihatdan ona tilida so‘z yasalishi va gap tuzilishini tartibga soluvchi grammatik qonuniyatlarga to‘liq moslashmagan bo‘ladi. Neyrolingvistik tadqiqotlar tahlili asosida 9 yoshgacha ingliz tili o‘rganish katta yoshda ingliz tili o‘rganishdan farq qilishi, 10 yoshgacha ingliz tili o‘rganish jarayonida ona tili interferensiyasi kam kuzatilishi aniqlangan. Kichik maktab yoshida ingliz tili o‘rganilganda, xuddi ona tili o‘rganishdagi kabi miyaning chap yarim shari po‘stlog‘idagi maxsus nuqtalar (P.Broka (1861 y.) miya po‘stining ma’lum qismi (miya chap yarim shari peshona qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi), K.Vernike (1874 y.) bosh miya yarim sharlari peshona qismining tepa tomonida «so‘zlarning sensor obrazlari» joylashgan va nutq jarayonini ta’minlashda juda ham sodda elementar «stimul-reaksiya» tipidagi fiziologik mexanizm, nutq faoliyatining yuksak formalari uchun nutq vositasi bilan fikr bayon qilishni ichdan dasturlash mexanizmlari uchun xarakterli iyerarxik tuzilishiga ega bo‘lgan maxsus mexanizmlar qatnashadi. Katta yoshlilar ona tili va ingliz tili haqida ma’lum bilimga ega bo‘lishlari sababli tillararo tafovutlarni tahlil etadilar. Bu esa nutqiy faoliyat jarayonida ikkilanish va tormozlanishga olib keladi. Soha mutaxassislarining fikricha, kichik yoshdagi o‘quvchilarning ingliz tili o‘rganishdagi muvaffaqiyati asosida ularning gapga emas tushunchaga, grammatik qurilma, ya’ni shakliga emas, balki mazmunga e’tibor qaratishlari, interaksiya jarayonida ikkilanish va tormozlanish holatlariga tushmasliklari zamirida yotadi. Download 199.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling