III bob. Mass-spektrometrik tajribalar.
Ushbu kurs ishining maqsadi qilib rangli eritmalardagi moddalarning kontsentrasiyasini aniqlashni o`rganish, tarkibini tekshirishning fotometrik analiz usullarini qo’llash imkoniyatlarini tekshirish va bu maqsadda tajribaviy natijalar olish masalalari qo’yilgan.
Kurs ishi uchun qo’yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish rejalashtirilgan:
- adabiyotlardagi ma’lumotlar asosida fotometrik analizga tegishli metodikalar tanlash;
- rangli moddalar analizini bajarish uchun asbob tanlab, uni ishlash prinsiplari bilan tanishish;
- tanlangan asbobda ba’zi rangli moddalar tarkibini, undagi qo’shimchalarni fotometrik usulda aniqlash;
- tekshiriladigan va standart namunalar uchun olingan natijalarni o’zaro taqqoslab identifikatsiyalash;
- bajarilgan ilmiy – tadqiqot ishlar natijalari asosida tegishli xulosalar chiqarish.
Kerakli asboblar va reaktivlar:
Fotoelektrik kolorimetr –,, KFK - 2”
EMC-3 Spektrofotometr.
Kyuvetalar.
Turli xil stakanlar.
200 ml hajmli o`lchov kolbasi.
Distillangan suv
Ammiakning 10 % li eritmasi
Sulfosalitsil kislota
Shisha tayoqchasi.
Ammoniy rodanid – NH4SCN.
Ammoniy temir (III) sulfat achchiqtoshi [FeNH4(S04)2-12H2O]
Suyultirilgan HNO3 – eritmasi.
Konsentrlangan H2SO4 – eritmasi.
3.1 - KFK-2 fotoelektrik kolorimetrining tuzilishi va ishlashi
Konsentratsiyani o`lchaydigan KFK-2 fotoelektrik kolorimetri suyuq va qattiq holatdagi shaffof moddalardan 315-980 nm oraliqdagi yorug`lik nurlari o‘tganda, ularning optik zichliklarini o`lchash orqali eritmadagi moddaning konsentratsiyasini aniqlashga mo`ljallangan. Asbobda tegishli tolqin uzunlikka ega bolgan yorug`lik nurlarini ajratib berish uchun turli yorug`lik filtrlari o‘rnatilgan. Kolorimetrning tuzilishi va ishlashi. O`tkazish koeffitsientini o`lchash uchun yorug`lik qabul qiluvchi elementga I0 to`lig`icha va tekshiriladigan namuna orqali o‘tgan I yorug`lik oqimlari yo‘naltiriladi. Bu oqimlarning nisbati tekshirilayotgan eritmaning o‘tkazish koeffitsienti T boladi:
Kolorimetrda bu nisbatni aniqlash uchun oldin yorug`likning yo`liga erituvchi yoki standart eritma solingan kyuveta qo‘yiladi va kolorimetrning sezgirligini o‘zgartirib, galvanometrning strelkasi o`tkazish koeffitsientlari shkalasining 100 raqami qarshisiga to‘g‘rilanadi. Shunday qilish orqali to`liq yorug`lik oqimi I0 shartli ravishda 100 % ga teng, deb qabul qilinadi. Bu shart erituvchida nur yutuvchi erigan moddaning zarrachalari bo`lmaganda u yorug`likni yutmasdan 100% o‘tkazib yuborishi kerak, degan mulohazaga asoslangan. Keyin yorug`likning yo`liga tekshiriladigan eritma solingan kyuveta qo‘yiladi. Galvanometming o‘tkazish koeffitsienti shkalasidan olingan hisob raqami n, I ga mos keladi. Demak, eritmaning foizlarda o`lchangan o‘tkazish koeffitsienti T (%)=n bo`ladi. Optik zichlik A quyidagi formula orqali topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |