Kurs ishi mavzu: “Mehr va Suhayl” hikoyatida bosh qahramonlar va obrazlar


Download 267.05 Kb.
bet11/13
Sana03.02.2023
Hajmi267.05 Kb.
#1151272
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mehr va Suhayl

Hikoya yakunlangach, xushnud bo‘lgan shoh Bahrom uyquga ketadi. Juma uchun uning homiysi Zuhra (Venera) rangiga mos oq qasr barpo qilingan edi. Nihoyat, muborak juma (odina) kuni Bahrom oppoq – kofuriy kiyimda oq qasr ichida fil suyagidan yasalgan taxt ustida o‘tirib, oq kiyimli go‘zal bilan bilur jomda oq may ichadi va Chin go‘zali qoshida xorazmlik musofirning hikoyasini tinglaydi. Musofir o‘zining Xorazmdan ekanligini, soz chalishini, iqlimdagi barcha ustozlar uning shogirdlari ekanligini, kutilmaganda bir chinlik savdogarning go‘zal kanizagi Xorazmga kelgach, uning ishi kasodga uchraganini, kanizak huzuriga borib arz qilganini, uning sozini tinglab, uning tarixi bilan qiziqqanini va kanizak unga boshidan o‘tganlarni so‘zlab berganini aytadi. Shoh Bahrom aytilganlardan bu kanizak Dilorom ekanligini bilib, Diloromni olib kelish uchun Xorazmga sipohlarini jo‘natadi.

Bahrom bo‘lib o‘tgan voqealardan va tinglagan hikoyatlaridan xulosa chiqarmaydi: oshiqlik va shohlikni bir qiyofada olib bormoqchi bo‘ladi, aslida esa chin oshiqlik toju taxt va boylik bilan muvofiq kelmaydi: Ishq ila shohlig‘ muvofiq emas, Ishq lofida shoh sodiq emas. Shu bilan birga shoh Bahromning halokatini tasavvuf ta’limotiga ko‘ra yana shunday izohlash mumkin: Butun jonzotlar, tabiat, hayvonot va nabotot olami Allohning zuhuridir. Ularning barchasini Alloh yaratgan ekan, ularga zarar yetkazish Yaratgan irodasiga qarshi borish bilan tengdir. Shu ma’noda shoh Bahromning tabiatga yetkazgan jabr-zulmi uning halokatiga olib keldi. Shoir Bahrom timsoli munosabati bilan o‘z davridagi ba’zi dolzarb masalalarga ham ishora qilib o‘tgan. Xususan, haqiqiy hukmdor har qanday illatlardan xoli bo‘lishi zarurligi, xalq ahvolidan g‘ofillik va aysh-ishratga berilish oxir-oqibat shohni va mamlakatni tanazzulga olib borishi mumkinligi shoir aytmoqchi bo‘lgan muhim g‘oyalardan biridir.

Shu ma’noda Navoiy dostonning o‘ttizinchi bobida tush ko‘rganligini aytadi. Tushida shoirni shoh Bahrom yo‘qlab, uni nazm mulkida sohibqiron deb atab, yozgan dostoniga yuqori baho beradi va farzandi qatorida sanalmish Sulton Husayn Boyqaroni ogohlantirishini iltimos qiladi va unga quyidagi so‘zlarni yetkazishni aytadi:


Download 267.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling