Kurs ishi mavzu: Odamda neyrogenerativ kasalliklar va gen terapiyasi


Gen terapiyasi «xomashyo»si sifatida bakteriya hujayrasi ko‘rsatiladi. Uni hosil qilish uchun zarur tashkiliy qismlar ma’lum bir belgilar asosida saralanadi


Download 125.27 Kb.
bet13/13
Sana23.09.2023
Hajmi125.27 Kb.
#1685587
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kurs ishi5

Gen terapiyasi «xomashyo»si sifatida bakteriya hujayrasi ko‘rsatiladi. Uni hosil qilish uchun zarur tashkiliy qismlar ma’lum bir belgilar asosida saralanadi, bunda eng muhimi, ular ma’lum birikma(aminokislota, antibiotik modda, gormon yoki organik kislotani)ni ishlab chiqish xususiyatiga ega bo‘lishi zarur. Hosil bo‘lgan genetik axborot tashuvchi zarralar aslida shaklan o‘zgargan virus yoki mikroblardir. Biroq ular aynan tashish funktsiyasidan kelib chiqqan holda ijobiy maqsadda qo‘llaniladi. Aniqrog‘i, zarralar yordamida organizm-dagi hujayraning irsiy genetik tizimiga o‘zgartirish kiritiladi. Jarayonda olimlar yuzlab, minglab mikroblar orasidan ko‘zlangan maqsadga qarab eng maqbullarini ajratib oladi.
Soha tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, gen tuzilishini o‘rganish borasida erishilgan yutuqlar, qator irsiy kasalliklarni yuzaga keltiruvchi genlarni muvaffaqiyatli klonlashtirish, biotexnologiyalarning tez rivojlanishi 1989 yildayoq nazariy taxminlar hamda hayvonlar ustida tajriba o‘tkazish orqali irsiy kasalliklarni davolashni ilk marotaba amaliyotga joriy etishga zamin yaratdi.
Jarayonda ma’lum turdagi viruslar yordamida hujayra genomi(genlar to‘plami)ga yangicha genetik ma’lumotni muvaffaqiyatli kiritish imkoni tug‘ildi. Boisi, shu yo‘l bilan zarur hollarda zararlangan genlarni davolash yoki ularni yangicha funktsiyalar asosida ishlashga yo‘naltirish mumkin edi. Mutaxassislar davolashning bunday usulini ilmiy tilda somatik (jismoniy) hujayralar genini tuzatish yoki to‘g‘rilash, deb ham ta’riflaydi. Mazkur yo‘nalishdagi davolash usullari esa o‘tgan asrning 80-yillariga kelib hayotiy reallikka aylana boshladi. Aniqrog‘i, shu davrdan genetik ma’lumotni tashuvchi viruslar ishlab chiqildi, alohida genlarni hosil qilishning imkoni tug‘ildi, tajribalarda kemiruvchi va boshqa hayvonlar genlarini «ko‘chirish» odatiy holga aylandi.
Xulosa
Tibbiyotda gen terapiyasi yo‘nalishi paydo bo‘lgach, ungacha davolash ancha murakkab bo‘lgan kasalliklarni ham muvaffaqiyatli muolaja qilish borasida fikrlar tug‘ila boshlagani rost. Hattoki, saraton, OITS, sil kabi qator kasalliklardan shifo topish mumkinligi borasida dadil fikrlar ilgari surildi. Ammo har ishda bolgani kabi dastlabki amaliy natijalar kutilganidek bolmadi, muvaffaqiyatlar boshidanoq olimlarni xushnud etmadi. Misol uchun, Vestern Reserv universiteti tadqiqotchilari tomonidan 1989 yili insonning klonlashtirilgan genlarini hujayralarga ko‘chirish tajribalari o‘tkazildi. Aytish kerakki, bu insonni gen terapiyasi yordamida davolashga ilk urinish edi.


Download 125.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling