Kurs ishi mavzu: O‘qish darslarida topishmoqlarni o‘rganish metodikasi


Mavzu. Topishmoqlar. Darsning maqsadi


Download 154.13 Kb.
bet6/8
Sana29.09.2023
Hajmi154.13 Kb.
#1689909
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi mavzu O‘qish darslarida topishmoqlarni o‘rganish meto

Mavzu. Topishmoqlar.
Darsning maqsadi:
1. O'quvchilarga topishmoqlarning janriy xususiyatlari haqida ma'lumot berish. Ularning topishmoqni ifodali o'qish, javobini tez topish malakalarini oshirish, ziyraklikka o'rgatish.
2. O'quvchilarning muomala madaniyatini oshirish.
3. O'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ijodiy faoliyatga yo'llash.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi, topishmoq o'qish darsi.
Darsning borishi I. Da'vat bosqichi. Maqsad: o'quvchilarning topishmoq haqidagi tushunchalarini aniqlash, yangi mavzuga qiziqish uyg‘otish. Metod: suhbat, izlanish metodi.
O'qituvchi xattaxtaga osmondagi yulduzlar, yong‘oq, yer yong‘oq, arra rasmlarini ilib qo'yadi va quyidagi topishmoqni yozadi: Tunda ko'rib, cho'g‘ deysan, Tongda ko'rib yo'q deysan. Savol-topshiriqlar beriladi:
— Shu rasmlar ichidan topishmoqning javobini toping.
— Qaysi so'zlar orqali topishmoqlarning javobi „yulduz» eka-nini bildingiz?
Xattaxtaga 2-topishmoq yoziladi: Qo'shaloq tovoq, Ichi toia yog‘.
— Qaysi belgilariga ko'ra topishmoqning javobini topdingiz? 3-topishmoq yoziladi:
Pilla kabi bo'g‘indor, Har bo'g‘inda mag‘zi bor.
— Yer yong‘oqning qaysi belgilari topishmoqda keltirilgan?
4-topishmoq:
Og‘zi yo'g‘-u tishi bor, Duradgorda ishi bor.
— Javob qaysi so'zlar orqali topdingiz? O'qituvchi:
— Topishmoqlarni topishda sizga nimalar yordam berdi?
- Topishmoqda narsaning belgilarini ifodalovchi so'zlar bo'ladi.
— Topishmoqlarda ko'pincha kim?, nima? so'zlariga javob bo'ladigan so'zlar yashirinadi.
2. Topishmoqlar haqida ma'lumot berish. O'qituvchining hikoyasi:
— Topishmoq matnida narsa yoki hodisalarning belgisi, shakli, harakati, holati, vazifasi va boshqa tomonlari berilgan bo'ladi. Topishmoqlar qadimda „jumboq», „top-top» deb yuritilgan. Har bir topishmoq uni yaratgan xalqning hayoti, urf-odati, o'ziga xos rasm-rusmlari bilan bog‘liq bo'ladi.

Download 154.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling