Kurs ishi mavzu: Qusam Ibn Abbos maqbarasiga ekskursiya tashkil qilish. Topshirdi


Shohi Zinda me’moriy majmuasi temuriylar hamda yuqori qism obidalari


Download 0.82 Mb.
bet3/10
Sana05.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#216553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi.

1.2. Shohi Zinda me’moriy majmuasi temuriylar hamda yuqori qism obidalari.

Temuriylar davriga oid yodgorliklar sirasiga Shohi Zinda ansambli O’rta guruhdagi binolar:

1. Amirzoda maqbarasi (XIV asr);

2. Tug’lu Tekin maqbarasi (XIV asr);

3. Shodi mulk (Uljay) oqo maqbarasi;

4.Shirinbeka oqo maqbarasi;

5. Usta Ali Nasafiy qurgan maqbara (XIV asr) lari kiradi.

Shohi Zinda ansambilidagi Amirzoda maqbarasi (XIV asr) Tug’lu Tekin maqbarasining ro’parasida joylashgan. U maqbaralarning o’rta majmuasini boshlab beradi. Bu maqbarada dafn etilgan shaxsning asl ismi ma’lum emas. Binoning peshtoqida faqat: -Ushbu binosi baland, qo’rg’oni mustahkam imoratni barpo qilishga ulug’ va muhtaram amir ko’rsatma berdi. ... hijriy 788/1386 yilning Alloh muborak etgan shavvol oyi (2 – 30 noyabr).” -vafot etgani qayd qilingan. Peshtoq ravoqlarida ko’k fonda oq harflar bilan tarixiy matnlar bitilgan. Ammo ularning bir qismigina chap ustunning pastida saqlanib qolgan.

Shohi Zinda me’moriy majmuasining yo’lagidagi chortoqning sharq tomonida bu yerdagi inshootlarning o’rta guruhiga oid Tug’lu Tekin maqbarasi mavjud. Bu yerda Amir Temur sarkardalaridan biri Amir Husaynning onasi Tug’lu Tekin dafn etilgan.

Shohi Zinda ansambli Shodi Mulk Oqo maqbarasi 1371 – 1372 yili qurilgan. Bu maqbara Shohi Zindadagina emas, balki butun Samarqandda Temur zamonida shu tipda qurilgan birinchi inshoot hisoblanadi. Maqbara peshtoqining ikki yonida g’ubor xatida (devoniy uslubdan foydalangan holda) katta harflar bilan yozilgan arab tilidagi tarixiy bitik mavjud. Undan bir qismgina saqlanib qolgan. Yozuv o’yma naqsh usulida ishlangan, harflari oq havorang fonda bitilgan.



Shodi Mulk Oqo maqbarasining ro’parasida Temurning singlisi Shirinbeka Oqo maqbarasi joylashgan. Peshtoq ravog’i ichidagi yozuvda uning vafot etgan yili (787/ 1385 – 1386) ko’rsatilgan. Shirinbeka Oqo maqbarasi – Shohi Zindada birinchi marta o’yma koshin ishlatilgan inshoot. Maqbaraning boshqa fasadlariga g’isht terilganicha qolgan. Ularning fonida maqbaraning koshinkor gumbazi va uning o’n olti qirrali asosi yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Shirinbeka Oqo maqbarasida suls xatida faylasuf Suqrotning hikmati va to’rtinchi xalifayi roshid Hazrat Ali (k. v.)ning “g’amlarni ketkazuvchi” duolari bitilgan. Matnning aksariyat qismi yemrilgan, uning o’rniga 2004 – 2006 yillar amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari chog’ida tarixiy asossiz yangi matn bitilgan (xattot – buxorolik Abdulhakim Razzoqov). Bu matn ko’zga tashlanib turadi, biroq asl matndan ancha farqlari mavjud. Asl matn suls xatining lo’nda (sarohat) uslubida, oq harflar qora fonda bitilgan bo’lsa, yangisi ochiq havorang fonda ishlangan. Xat bitishda esa eski asl matn uslubidan chekinishga yo’l qo’yilgan. Bundan tashqari, ta’mirchilar eski naqsh va matn ranglariga rioya qilishmagan. Oxirgi ta’mirlash jarayonida yozilgan qismlari to’rtburchak qavslarga […] olinib berilgan.

Shirinbeka Oqo maqbarasi peshtoqning ichki perimetridagi matnining aksariyat qismi 2005 yil ta’mirlash jarayonida yangidan yozilgan. Biroq, Suqrot gaplarining davomi o’rniga hadislardan namunalar bitilgan. “Suqrot: “Inson dunyoda o’zining barcha holatlarida ham azoblanuvchi va u dunyo orqali ega bo’lgan narsalari ustida abadiy qolmaydi.

Shodi Mulk Oqo maqbarasining ro’parasida Temurning singlisi Shirinbeka Oqo maqbarasi joylashgan. Peshtoq ravog’i ichidagi yozuvda uning vafot etgan yili (787/ 1385 – 1386) ko’rsatilgan.




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling