Kurs ishi mavzu: “sinfdan tashqari tayyorlov bosqich darlarini tashkil etish”
Download 1.22 Mb.
|
TORAYEVA DILFUZA SINFDAN TASHQARI TAYYORLOV BOSQICH DARLARINI TASHKIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: SINFDAN TASHQARI TAYYORLOV BOSQICH DARLARINI TASHKIL ETISH MUNDARIJA: KIRISH
- II.BOB O‘QITISHNING TURLI INTERAKTIV METODLARI VA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
- XULOSA…
____________________________________________________________________________________________________________________________________
Ilmiy rahbari: _______________________________ ___________________ (ilmiy darajasi, unvoni F.I.SH.) (imzo) “___” ___________ 2022-y. MAVZU: SINFDAN TASHQARI TAYYORLOV BOSQICH DARLARINI TASHKIL ETISH MUNDARIJA: KIRISH………………………………………………………………………….5 I.BOB. SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARINI TASHKIL ETISHNING TASHKILIY SHAKLLARI 1.1.Sinfdan tashqari o‘qish darslarini to‘g‘ri tashkillashning usul va vositalari………………………………………………………………………...8 1.2.Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning bosqichlari…………………..10 1.3.Sinfdan tashqari o‘qishga rahbarlik shakllari…………………………….12 1-bob bo‘yicha xulosa………………………………………………………...14 II.BOB O‘QITISHNING TURLI INTERAKTIV METODLARI VA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 2.1.Sinfdan tashqari o‘qish darslarining turlari…………………………... ...15 2.2.Sinfdan tashqari o‘qish darslarining turlari. Sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda interaktiv o‘yinlarni tashkil etish metodikasi…………….19 2.3.Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda xalq og‘zaki ijodidan foydalanishning ahamiyati…………………………………………………...23 2-bob bo‘yicha xulosa ……………………………………………………….30 XULOSA……………………………………………………………………..31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………….34 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Rеspublikаmiz Prеzidеnti SH.Mirziyoyevning: “Xalq irodasi bilan tanlangan yo‘l” mavzusidadagi 12-chaqiriq O‘zbekiston Oliy Kengashining Birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqi “Birinchi navbatda inson ehtiyoj va talablari, jismoniy va ma’naviy yuksalishi respublikada bo‘lajak milliy-davlat va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning markazida bo‘lishi shart”1,-deb ta`kidlaydi va ta’lim-tarbiya ishlari sifatini ko‘tarish vazifasini qo‘yadi.. «Tа’lim to‘g‘risidа»gi Qоnundа “Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir”2,- deb ta`kidlab ko‘rsatildi. Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, xususan, milliy istiqlol gʻoyalarining hayotimizga tobora chuqur ildiz otib borishi ta’lim tizimidagi islohotlarning ham mazmunini boyitmoqda. Ta’lim jarayonida oʻqitishning tajribada sinovlardan oʻtgan shakl va usullari boyitilib, zarurat boʻlganda, yangilanib amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Bu boradagi davlat siyosati ham uzluksiz ta’lim vositasida ma’naviy – axloqiy jihatdan tarbiyalangan har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Uning nechogʻli toʻgʻri amalga oshirilishi koʻp jihatdan boshlangʻich ta’lim tizimining samaradorligiga bogʻliq. Boshlangʻich ta’lim uzluksiz ta’limning eng muhim boʻgʻinidir. “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisida“ gi Nizom1da ta’kidlanganidek: “Boshlangʻich ta’lim oʻqish, yozish, sanash, oʻquv faoliyatining asosiy malaka va koʻnikmalari, ijodiy fikrlash, oʻzini-oʻzi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sogʻlom turmush tarzi asoslarining egallab olinishi ta‟minlashga da‟vat etilgan”2 Shu asosga koʻra, boshlangʻich sinflarda oʻquvchilarning umummadaniy va axloqiy koʻnikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim. Boshlangʻich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va oʻz-oʻzini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sogʻlom boʻlishga moddiy borliq goʻzalliklarini his eta olishga, goʻzallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni oʻzida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga oʻrgatadi. Bunda boshlangʻich sinflardagi sinfdan tashqari darslarning ham alohida oʻrni bor. Boshlangʻich ta’limda sinfdan tashqari oʻqish ham sinfda oʻqish kabi oʻquvchilarni erkin fikrlashga oʻrgatish va mustaqil mutolaaga ragʻbat uygʻotishga koʻra alohida ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini ta‟minlash yuzasidan 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi3 Shu ma’noda ana besh muhim tashabbuslardan biri - yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda sinfdan tashqari oʻqish darslari ham muhim vosita boʻlib xizmat qildi. Sinfdan tashqari oʻqish darslari yosh avlod qalbida ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat tuygʻularini uygʻotish, matn mazmunini qayta hikoyalash, ma’lum reja asosida qisqartirib yoki shaxsini oʻzgartirib hikoyalash, badiiy tasvir vositalarini aniqlash, asar qahramonlarining fe’l-atvorini, xatti–harakatini baholash orqali ularning bogʻlanishli nutqini oʻstirish, qisqa qilib aytganda, kitobxonlik madaniyatini kamol toptirishda katta imkoniyatlarga ega.Kun sayin jahonga yuz tutib, har jihatdan o‘zgarib borayotgan mustaqil Respublikamiz jadallik bilan ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda rivojlanib borayotganligining shohidi bolib turibmiz. Barcha sohalarda bo‘layotgani kabi ilm-fan sohasida ham ilmiy yangiliklar dunyoga kelmoqda. O‘rta asrlarda mamlakatimizda butun dunyoga taniqli olimu – fozillar yashab ijod etganlari barchaga ma’lum. Bugungi kunda ham ana shunday olimlar, mutaxassislar, umuman olganda barkamol rivojlangan shaxs, o‘z ishining ustasi bo‘lgan kasb – hunar egalari, yetuk kadrlar tayyorlash “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da belgilab berilgan. Shu sababli ham avvalo o‘tmishda allomalar qoldirgan ijodiy meroslari, mamlakatimiz, shuningdek, jahon ilm – fanining zamonaviy yutuqlaridan bahramand bo‘lish, davr talabidir. Bunga esa fagatgina chet tillarini mukammal bilish, tilga oid barcha qonun qoidalari boyicha bilim egallash zarur bo‘ladi. Shu maqsadda boshlang`ich sinf fanlarini o‘rganishning yanada samarali yo‘llarini izlash, turli o‘qitish uslublarini yaratish olimlarimiz, izlanuvchi o‘qituvchilarimiz oldida turgan dolzarb vazifadir. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling