Kurs ishi mavzu: Tafakkurida buzilishlari mavjud bemorlar psixologiyasi Ilmiy raxbar : Alijonov Nurbek 2023 mundarija kirish I bob. Tafakkurni o‘rganishning ijtimoiy psixologik muammolari


Download 245.5 Kb.
bet3/8
Sana26.01.2023
Hajmi245.5 Kb.
#1127316
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Anvarjonov Azimjon

Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish qismi, 2 bob, 3 paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Kurs ishining hajmi
40 ta sahifadan iborat.


I BOB. TAFAKKURNI O‘RGANISHNING IJTIMOIY- PSIXOLOGIK MUAMMOLARI
1.1. Tafakkur tushunchasining nazariy o‘rganilishi
E. Torndayk va J. Piaje ta’lim va taraqqiyotni ayni bir narsa deb tushuntirishiga qarshi L.S.Vigotskiy ushbu fikrni bildiradi: “Bola tarqqiyotni hech mahal maktab ta’limidan tashqaridagi soya deb hisoblash mumkin emas” 1 Bundan tashqari ta’lim va taraqqiyot bir-biriga tobe bo‘lmagan protseslar degan yo‘nalishdagi psixologlarni ham u qattiq tanqid ostiga oladi.
Hozirgi zamon ta’limi psixologiyaning yirik namoyandalaridan hisoblangan L. S. Vigotskiy ta’kidlaganidek, “o‘quvchining aqliy rivojlanishini o‘z orqasidan yetaklab borishi kerak”. Shu sababli o‘quvchini aqliy rivojlantirish psixologiya fanining aktual masalasi hisoblanadi. Ta’lim o‘quvchini bilimlar bilan qurollantirishdan tashqari uning aqliy jihatdan kamol topishini ham ta’minlashi lozim. Bilim egallash aqliy rivojlanish bilan chambarchas bog‘liqdir. Ya’ni bilimlarni egallash aqliy rivojlanishsiz, aqliy rivojlanish esa bilimlarsiz amalgam oshmaydi1.
P. Ya. Galperinning aqliy harakatlarni bosqichma- bosqich tarkib toptirish nazariyasi psixologiyada alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur nazariya L. S. Vigotskiy va A. N. Leontevlarning interiorizatsiya g‘oyasidan kelib chiqqan bo‘lib, nson ontogenezda rivojlanish protsessida, tashqi harakatlarni asta- sekin ichki, aqliy harakatlarga aylanish jarayonini ro‘y berishini nazarda tutadi. P. Ya. Galperin va uning xodimlari tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, dastavval aqliy harakatni orientitlash asosi aniqlanadi va u uchta tipga ajratiladi. Aqliy harakatlarni orientrlash asosining birinchi tipi mahsulot namunalaridan iborat bo‘lib, xarajatni qay yo‘sinda bajarish to‘g‘risida yo‘llanma berilmaydi. Sinaluvchilar “buzib – tuzatish” yo‘li bilan o‘zicha harakat qiladi. Aqliy harakatni orientrlash asosining ikkinchi tipida esa berilayotgan material spetsifikasiga oid harakatlarni qaysi usul bilan aniq bajarish yuzasidan yo‘l yo‘riq beriladi. Aqliy harakatni orientrlash asosining uchinchi tipida topshiriqni tahlil qilishni planli tarzda o‘tkazish nazarda tutilib, uni to‘g‘ri bajarish shart sharoitlari ajratib ko‘rsatiladi. Uchinchi tipdan foydalanib ish tutilganda aqliy harakatlar xatosiz yangi sharoitga ko‘chiriladi.
Aqliy harakatlarni bosqichma- bosqich shakllantirish nazariyasiga binoan, orientrlash asosining tiplarini o‘quvchi topshiriqni bajarishdan oldin amalga oshiriladi. O‘quvchi bevosita topshiriqni bajarishga kirishgandan keyin harakatning moddiy bosqichi boshlanadi : unda o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlarga taaluqli tasviriy materiallar yoki ularning natural formasi namoyish qilinadi. Navbatdagi bosqichda aqliy harakatlarning moddiy namunalarga tayanmagan holda ovoz chiqarib mulohaza yuritish bosqichi boshlanadi. Nutq vositasida mulohaza yuritish moddiy harakatning in’ikosi tariqasida namoyon bo‘ladi. Aqliy harakatlarning keyingi bosqichida ovoz chiqarib mulohaza yuritish ichki planga ya’ni ichda gapirishga ko‘chishdan iboratdir. Vanihoyat, aqliy harakatlarning oxirgi bosqichi ichki nutq vositasi bilan o‘zi uchun “dilda” harakat qilish bilan xarakterlanadi. Oxirgi bosqich mulohaza yuritishning yig‘iqligi bilan boshqa bosqichlardan keskin ajralib turadi.
P. Ya. Galperin rahbarligida o‘tkazilgan tadqiqot o‘quvchilar tafakkurini o‘stirish imkonini ko‘rsatmoqda.
D. B. Elkonin va B. B. Davidov rahbarligi ostida o‘tkazilayotgan tajribalar kichik yoshdagi o‘quvchilarning intelektual rivojlanish rezervlarini o‘rganish va bu rezervlarni ishga solish yo‘l va vositalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ularning ta’kidlariga qaraganda, maxsus tashkil etilgan ta’lim sistemasi natijasida o‘quvchilarni abstrakt fikr yuritish darajasi yanada ko‘tarilishi mumkin. Tajribalarda nazariy va umumlashtiruvchi xarakterdagi bilimlarning berilishi, o‘quvchilarga umumiy qonuniyatlardan konkret ko‘rinishlarga o‘tish imkonini yaratmoqda, ya’ni umumiy hollardan xususiy holatlarga o‘tish amalgam oshirilmoqda.
N. A. Menchinskaya tadqiqotiga ko‘ra matematika predmetida kichik yoshdagi o‘quvchilarning aqliy taraqqiyotini aniqlash jarayonida ularning mavjud bilim fondini, bilimlarni amalda qo‘llash darajasini hamda mantiqiy fikr yuritish holatini belgilashga harakat qiladi. Avtor bu asnoda o‘zlashtirish sur’atiga, konkret va abstrakt tafakkurning jips aloqasiga, analitik- sintetik faoiyat bosqichiga ahamiyat beradi. Bundan tashqari, tadqiqotchi uchun eng muhimi o‘quvchilar fikrini xususiydan umumiy mulohazaga almashtirish imkoniyati hisoblanadi. Chunki busiz aqliy taraqqiyot darajasi to‘g‘risida fikr yuritish maqsadga muvofiq emas.
Yirik psixologlardan biri hisoblangan E. N. Kabanova-Meller tadqiqotlarida o‘quvchilar aqliy taraqqiyotini ta’limiy usullar, o‘quv ko‘nikma, malaka va aqliy faoliyatning yangi sharoitga “predmetlararo” qo‘llanishga ko‘chishda, ularda tarkib topgan ko‘nikma, malaka, usul va aqliy faoliyat shaxsning o‘z aqliy faoliyatini bevosita idora qilishga, boshqarishga o‘tishda, tashqi ta’sir natijasida sinaluvchilarning bilishga qiziqish faoliyati qay darajada ekanligini aniqlashda deb talqin qiladi. Bundan tashqari E .N. Kabanova- Meller o‘quvchilar aqliy taraqqiyotini “silliqlashtirish” va bilimlarini “tenglashtirish” metodini ham ishlab chiqadi. Mazkur nazariya o‘quvchilardagi mavjud kamchiliklar va tafovutlarni kamaytirishga yordam beradi. Mazkur yo‘l bilan ta’sir o‘tkazish o‘quvchilar bajarishi zarur bo‘lgan topshiriqlarni ularni serqirra faoliyati funksiyasiga aylantirib yuboradi.
B. G. Ananyev va uning shogirdlari tomonidan fazoviy tafakkur muammosi tadqiq qilingan bo‘lib, keyingi yillarda bu muammo yuzasidan taniqli psixolog I. S. Yakimanskaya intensiv ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borib, sermahsul natijalarni qo‘lga kiritgan. Tajribalarning aksariyati hunar- texnika maktabi o‘quvchilari ustida olib borilgan. Fazoviy tafakkur deganda narsa va hodisalarning fazoda ratsional joylashishi, zamon va makon munosabatlarini, murakkab bog‘lanishlarini adekvat ravishda aks ettirishdan iborat fikr yuritish protsessi tushuniladi. U insonning fazoviy tasavvurlari, xotira va Qiz bola tasavvurlari bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.
T. V. Kudryavtsev olib borgan tadqiqotlarida muammoli vaziyatni umumiy holda tushunib yetish, uni analiz qilish asosida ma’lum ifodaga keltirish, gipoteza yaratish, vaziyatni isbotlash, uni bosqichma- bosqich tekshirib chiqish hamda muammo yechimining to‘g‘riligini aniqlash maqsadida tekshirish jarayonlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Ushbu metodikani soddalashtirish, ya’ni kichik yoshdagi o‘quvchiga yoki murakkablashtirish , ya’ni yuqori sinf o‘quvchisi va talabalar uchun ishlatilsa, turli yoshdagi odamlarning aqliy taraqqiyot darajasini aniqlash imkoniyati tug‘iladi, lekin bu holatning hammasi ham muammoli vaziyat deb atalmasligi aniqlangan.
P. P. Blonskiy o‘zining tadqiqotlarida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar tafakkurining o‘sishiga ta’sir etuvchi omillarni organgan. U mazkur yoshdagi o‘quvchilar tafakkurining o‘sishiga xotiraning, xotirasining taraqqiyotiga tafakkurning ta’sir etishini genetic metod yordamida ochib berdi. Ayniqsa tafakkurning “intizomli” sifatining namoyon bo‘lishini inson tomonidan tafakkurni boshqarish va nazorat qilish faoliyatidan aniqlash mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tgan.
A. N. Menchinskaya tafakkur muammosini chuqur o‘rganib, uning taraqqiyot ko‘rsatkichlarini quyidagi jihatlarni o‘rganishda ko‘radi: a) bilimlarni o‘zlashtirish tezligi, b) fikr yuritish jarayonining epchilligi, s) uning mavhum hamda yaqqol komponentlarining o‘zaro aloqasi va nihoyat d) analitik- sintetik faoliyatning turli darajalari kabilar. Avtor tafakkur taraqqiyoti belgilari sifatida o‘quvchilarda bilimlar fondining ortishi, aqliy faoliyat usullarining egallanishi hamda ta’lim jarayonida ularda uquvchanlik qobiliyatining paydo bo‘lshini sanab o‘tadi.
G. S. Kostyuk tafakkurning rivojlanishini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olingan materiallarning mazmunidan tashqari o‘quvchilarning o‘quv faoliyatni, topshiriqlarni bajarish usullarini va bilish faoliyati formalarini sifat jihatidan o‘zgarib borishini e’tiborga olishda ko‘radi.
A. A. Lyublinskaya tadqiqotlarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tafakkurning o‘sishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarida ularda mazkur protsesning rivoji ko‘p jihatdan analitik – sintetik faoliyatga bog‘liq ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi. Bu faoliyat birlamchi sintez va analiz, ikkiamchi sintez hamda yaqqol – harakat analiz va sintez kabi zvenolardan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, bu yosh davrida yaqqol – harakat, yaqqol – obrazli va so‘z – mantiq yoki nazariy tafakkur bosqichlarini bosib o‘tishi to‘g‘risida mulohaza yuritiladi.
Turli ruhiy kasalliklarda tafakkur jarayonining kechishi, tasavvurlar va goyalarning kushilishi, tafakkur mazmunining buzilishi ko‘riladi. Masalan ruxiy jarayonlarning qo‘zgalishi yoki tormozlanishi bilan kechadigan kasalliklarda odatda tasavvurlar kechishining tezlashishi yoki sekinlashishi kuriladi. Aksari maniakal xolatlarda uchraydigan goyalar xarakterli misoldir. Bunda assotsiatsiyali boglanishlar darrov xosil bo‘ladi, juda boy fikrlar, obrazlar paydo buladi. Nutq, shunga ko‘ra tez va tartibsiz bo‘ladi. Bemor bir fikrni tugatmay ikkinchi, uchinchisiga o‘tadi va hokazo. Shu narsa qiziqarliki, nutqing uzuq,-yuluq, va ma’lum darajada pala-partish bo‘lishiga qaramay, atrof borlikdagi konkret obyektlar ustida fikr yuritish yo‘qlmaydi. Tasavvurlar kechish sur’atining sekinlashishi sirkulyator psixozniig depressiv bosqichlarida uchraydi. Bunday holga tushgan bemorlar eng oddiy aqpiy ishlarni ham zo‘r qiyinchiliklar bilan bajaradilar, ular o‘z tarjimai hollarini aytib berishga qiynaladilar, chunki bir tasavvur ortidan ikkinchi tasavvurning kelishi qiyin bo‘ladi. Turli xildagi tafakkur buzilishlaridan dastlab, masalan, shizofreniyada uchraydigan kuruk, maxmadonalikni, go‘yo donishmandlikni aytib utish kerak. Bu shundan iboratki, bemor mutlaqo mazmunsiz va «tuzsiz» muxokamalarni to‘g‘ri, biroq, oxiri tugamaydigan dabdabali so‘z libosiga uraydi.
Tafakkur buzilishlariga yana epilepsiya bilan og‘rigan shaxslarga xos bo‘lgan fikrlashdagi ortiqcha tafsilotlar kiradi. Bunda bosh miya po‘stlogidagi asosiy fiziologik jarayonning kechishidagi inertlik va differeniiatsiyaning buzilishi yaqqol yuzaga chiqdi. Tafakkurning bog‘lanmasligi tafakkur uzilishiga tashkil jihatdan uxshash bo‘lib, bunda bemor qisman qabul qilib, umumlashtirilgan mantikqiy xulosa chiqarish qobiliyatini yo‘qotadi. Masalan, bemor soatga qarab, soat va daqiqada strelka (mil)larining qayerda turganini to‘g‘ri aytib beradi, biroq, soat necha bo‘lganini aytib bera olmaydi. Perseveratsiya — bir marta aytilgan fikrni bir xil tarzda tashqi ta’sirotlarga, yoki xech qanday sababsiz, bir xil tarzda takrorlanishidir. Perseveratsiyalar bosh miyaning qoldiq, organik zararlanishida ko‘riladigan tafakkur buzilishiga kiradi. Masalan, bemordan: «Ismingiz nima?» — deb so‘ralganda u: «To‘lqin Imomovich Normurodov», deb javob beradi. Yana savol: «Qayerda tugilgansiz?» Javob: «To‘lqin Imomovich Normurodov». Savol: «yoshingiz nechada?» Javob: «To‘lqin Imomovich Normurodov» va hakazo. Miyadan ketmaydigan g‘oyalar— shunday fikrlardirki, kishi garchi ulardan kutulishni istasa xam qutula olmaydi. Masalan, dazmolning tokka ulanganligi xaqidagi fikr sog‘lom odamda xam paydo bo‘lishi mumkin, lekin bu fikr dazmolni tokdan sug‘urilganligini eslasa yoki bunga ishonch xosil qilsa yo‘qoladi. Miyadan ketmaydigan fikr esa sog‘lom kishilardagi shubxalanishdan farqdi ularoq kishi bu fikrning asossizligiga ishonch xosil qilganda xam yuqolmaydi. O‘ta qimmatli g‘oyalar — kishi ongida emotsional, aniq, rang-barang fikrlar ustun bo‘lsa, shu xaqida so‘z yuritilali. Odatda bu fikrlar bema’ni tabiatli bo‘lmaydi, lekin bemor unga shunday katka axamiyat beradiki, ular aslida bunga arzimaydi. Masalan, xafalik xissi shu qadar kuchli axamiyatga, dil ogrishi shu qadar kuchli xisga ega bo‘ladiki, u kishi ongida xukmron bo‘lib qoladi. Bemor boshqa xech narsa xaqida o‘ylay olmaydi, u atro(1)da ro‘y berayotgan narsalarga o‘ziga yetgan alam nuqtai nazaridan qaraganda, uning fikri-yodi, birdan-bir maqsadi — qasos olishga qaratilgan bo‘ladi.
Aqlpastlik — tafakkurning buzilishi bo‘lib, bunda odamning xodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishni tushunish qobiliyati pasayib ketadi, asosiy narsani ikkinchi darajali narsadan farq, qilish qobiliyati yo‘qoladi, odam o‘z fikrlari. yurish-turishiga tanqidiy ko‘z bilan qaray olmaydigan bo‘lib qoladi, xotirasi pasayadi, bilim va tasavvurlarining zabirayem kamayib ketadi. Aqlpastlikning ikkita turi tafovut qilinadi: tugma aqlpastlik va turmushda orttirilgan aqlpastlik. Tug‘ma aqlpastlik asosida bolaning ona qornida zararlanishi yoki juda go‘daklik davrida kasal bo‘lib qolishi natijasida miyasining yetarlicha rivojlanmay qolishi yotadi. Turmushda orttirilgan aqlplastlik (lemeniiya) ko‘pinchaprogressiv falajlik, karilik psixozlari: bosh miya tomirlari aterosklerozi, bosh miya shikastlarida bosh miyaning tutilishdan ancha keyingi davrda organik kasallikka uchrashining oqibati bo‘lib xisoblanadi. U yalpi va lakunar (uchoqdi) aqlzaiflikka bo‘linadi. Aqlida nuqsonlari bo‘lgan bemorlarga xizmat ko‘rsatish ancha mushkul vazifadir. Ular ko‘pincha duxtriga qaratilgan savolni noto‘g‘ri tushunadilar. Ularning beuxshov gaplari va xatti-xarakatlari atrofdagilarning g‘azablanishiga sabab bo‘ladi. Bunday bemorlarga xizmat qilish tibbiyot xodimidan zo‘r sabr-matonatni va shafqatli bo‘lish xislarini talab qiladi. Munosabatning eng yaxshi shakli xayrixohlikdir. Bu toifadagi bemorlarni savollar bilan qiynab qo‘ymaslik, gaplarini yaxshi eshitib ma’qullab turish kerak. Bemorning xulqiga va xarakteridagi patologik xususiyatlariga vrach xotirjamlik, bosiqlik bilan munosabatda bo‘lishi shart.

Download 245.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling