Kurs ishi mavzu: Tafakkurida buzilishlari mavjud bemorlar psixologiyasi Ilmiy raxbar : Alijonov Nurbek 2023 mundarija kirish I bob. Tafakkurni o‘rganishning ijtimoiy psixologik muammolari


Tafakkur jarayonlarini rivojlantirish usullari


Download 245.5 Kb.
bet5/8
Sana26.01.2023
Hajmi245.5 Kb.
#1127316
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Anvarjonov Azimjon

1.2 Tafakkur jarayonlarini rivojlantirish usullari
Bolalar narsalarning o‘zgarmaydigan ba’zi belgilari doimiyligini payqay olmasligi ulardagi tafakkurning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Ta’limning dastlabki bosqichida bolani umumlashtirishi juda sodda bo‘ladi va faqat o‘xshashlik belgisiga asoslanadi. Keyinchalik esa bola narsa va hodisalarning tashqi sifat va xususiyati belgilarini guruhlarga ajratishi va tasniflashga, narsa va hodisalarning xossalari, qonuniyatlari, murakkab ichki bog‘lanish va munosabatlarning muhim belgilari boyicha umumlashtirishga o‘tadi.
I va II sinf o‘quvchilari o‘quv faoliyatlarini buyumlarning jozibador tashqi belgilariga tayanib fikrlaydilar: quyosh, momoqaldiroq, avtomobil, qush va boshqalar to‘g‘risida fikr yuritishda ―Quyosh isitadi, yoritadi‖ ―Momoqaldiroq guldiraydi‖ ―Avtomobil yuk tashiydi‖ ―Qush sayraydi‖ kabi hukmlar chiqaradilar, shuning uchun agar o‘rganilayotgan materiallarning muhim belgi va alomatlarini bevosita aniqlash zarurati tug‘ilsa, darrov ko‘rinadigan misolga murojat qiladilar.O‘quvchilar III sinfga o‘tgandan so‘ng umumlashtirishdan moddiy dunyodagi voqeylikning eng muhim munosabat va bog‘lanishlarni aks ettiruvchi ichki belgilariga tayanadilar. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ta’lim jarayonida ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirsalarda oldingi darslarda o‘zlashtirilgan turli alomatlar, belgilar, xususiyatlarini qorishtirib, chalkashtirib ham yuboradilar.
Chunki ularda tushunchalar tarkibiga kiradigan narsa va hodisalar bilan ularning belgilari o‘rtasida uzviy bog‘lanish tarkib topmagan bo‘ladi. I va II sinf o‘quvchilari uzunlik o‘lchov birliklarini o‘zlashtirishda ham qiynaladilar, chunki ular uzunlik o‘lchovining asosiy belgisi uning uzunligini ajratishni bilmaydilar .
III sinfga o‘tganlaridan keyin murakkab fazoviy munosabatlarni egallashga kuchlari yetadi. Chunki ta’lim jarayonida ularning fazo to‘g‘risidagi tasavvurlari, tushunchalari kun sayin reja, masshtab, yer shari va qator shartli belgilar haqidagi bilimlar bilan boyib boradi. O‘quvchilarning bilim doirasi kengaygani sari ular qat’iy hukmlardan taxminiy hukmlarga ko‘cha boshlaydilar narsa va hodisalarning turli xususiyatlariga egaligini voqelik atigi bir harakatdan bir sababdan emas, balki ko‘p sabablardan paydo bo‘lishligini anglash bosqichiga ko‘tariladilar. Taxminiy hukmlar II sinfdan boshlab paydo bo‘ladi. III sinfdan boshlab o‘quvchilarda tushuncha va hukm rivojlanishi bilan birga turli narsa va hodisalar haqida yuritilgan muhokamalar asosida xulosa chiqarish ham o‘zgarib boradi. O‘quvchilarda induktiv va deduktiv xulosa chiqarish alohida ahamiyat kasb etadi. Xulosa chiqarish avval bevosita idrok qilinayotgan narsalar asosida vujudga keladi. U bevosita kuzatish, idrok qilish jarayonida narsa va hodisalarning munosabatini turli ruhiy kasalliklarda tafakkur jarayonining kechishi, tasavvurlar va goyalarning kushilishi, tafakkur mazmunining buzilishi ko‘riladi. Masalan ruhiy jarayonlarning qo‘zgalishi yoki tormozlanishi bilan kechadigan kasalliklarda odatda tasavvurlar kechishining tezlashishi yoki sekinlashishi kuriladi. Aksari maniakal holatlarda uchraydigan goyalar xarakterli misoldir. Bunda assotsiatsiyali boglanishlar darrov xosil bo‘ladi, juda boy fikrlar, obrazlar paydo buladi. Nutq, shunga ko‘ra tez va tartibsiz bo‘ladi. Bemor bir fikrni tugatmay ikkinchi, uchinchisiga o‘tadi va hokazo. Shu narsa qiziqarliki, nutqing uzuq,-yuluq, va ma’lum darajada pala-partish bo‘lishiga qaramay, atrof borlikdagi konkret obyektlar ustida fikr yuritish yo‘qolmaydi. Tasavvurlar kechish sur’atining sekinlashishi sirkulyator psixozniig depressiv bosqichlarida uchraydi. Bunday holga tushgan bemorlar eng oddiy aqpiy ishlarni ham zo‘r qiyinchiliklar bilan bajaradilar, ular o‘z tarjimai hollarini aytib berishga qiynaladilar, chunki bir tasavvur ortidan ikkinchi tasavvurning kelishi qiyin bo‘ladi. Turli xildagi tafakkur buzilishlaridan dastlab, masalan, shizofreniyada uchraydigan kuruk, maxmadonalikni, go‘yo donishmandlikni aytib utish kerak. Bu shundan iboratki, bemor mutlaqo mazmunsiz va «tuzsiz» muxokamalarni to‘g‘ri, biroq, oxiri tugamaydigan dabdabali so‘z libosiga uraydi.
Tafakkur buzilishlariga yana epilepsiya bilan og‘rigan shaxslarga xos bo‘lgan fikrlashdagi ortiqcha tafsilotlar kiradi. Bunda bosh miya po‘stlogidagi asosiy fiziologik jarayonning kechishidagi inertlik va differeniiatsiyaning buzilishi yaqqol yuzaga chiqdi. Tafakkurning bog‘lanmasligi tafakkur uzilishiga tashkil jihatdan uxshash bo‘lib, bunda bemor qisman qabul qilib, umumlashtirilgan mantikqiy xulosa chiqarish qobiliyatini yo‘qotadi. Masalan, bemor soatga qarab, soat va daqiqada strelka millarining qayerda turganini to‘g‘ri aytib beradi, biroq, soat necha bo‘lganini aytib bera olmaydi. Perseveratsiya — bir marta aytilgan fikrni bir xil tarzda tashqi ta’sirotlarga, yoki xech qanday sababsiz, bir xil tarzda takrorlanishidir. Perseveratsiyalar bosh miyaning qoldiq, organik zararlanishida ko‘riladigan tafakkur buzilishiga kiradi. Masalan, bemordan: «Ismingiz nima?» — deb so‘ralganda u: «To‘lqin Imomovich Normurodov», deb javob beradi. Yana savol: «Qayerda tugilgansiz?» Javob: «To‘lqin Imomovich Normurodov». Savol: «yoshingiz nechada?» Javob: «To‘lqin Imomovich Normurodov» va hakazo. Miyadan ketmaydigan g‘oyalar— shunday fikrlardirki, kishi garchi ulardan kutulishni istasa xam qutula olmaydi. Masalan, dazmolning tokka ulanganligi xaqidagi fikr sog‘lom odamda xam paydo bo‘lishi mumkin, lekin bu fikr dazmolni tokdan sug‘urilganligini eslasa yoki bunga ishonch xosil qilsa yo‘qoladi. Miyadan ketmaydigan fikr esa sog‘lom kishilardagi shubxalanishdan farqdi ularoq kishi bu fikrning asossizligiga ishonch xosil qilganda xam yuqolmaydi. O‘ta qimmatli g‘oyalar — kishi ongida emotsional, aniq, rang-barang fikrlar ustun bo‘lsa, shu xaqida so‘z yuritilali. Odatda bu fikrlar bema’ni tabiatli bo‘lmaydi, lekin bemor unga shunday katka axamiyat beradiki, ular aslida bunga arzimaydi. Masalan, xafalik xissi shu qadar kuchli axamiyatga, dil ogrishi shu qadar kuchli xisga ega bo‘ladiki, u kishi ongida xukmron bo‘lib qoladi. Bemor boshqa xech narsa xaqida o‘ylay olmaydi, u atrofda ro‘y berayotgan narsalarga o‘ziga yetgan alam nuqtai nazaridan qaraganda, uning fikri-yodi, birdan-bir maqsadi — qasos olishga qaratilgan bo‘ladi.
Aqlpastlik — tafakkurning buzilishi bo‘lib, bunda odamning xodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishni tushunish qobiliyati pasayib ketadi, asosiy narsani ikkinchi darajali narsadan farq, qilish qobiliyati yo‘qoladi, odam o‘z fikrlari. yurish-turishiga tanqidiy ko‘z bilan qaray olmaydigan bo‘lib qoladi, xotirasi pasayadi, bilim va tasavvurlarining zabirayem kamayib ketadi. Aqlpastlikning ikkita turi tafovut qilinadi: tugma aqlpastlik va turmushda orttirilgan aqlpastlik. Tug‘ma aqlpastlik asosida bolaning ona qornida zararlanishi yoki juda go‘daklik davrida kasal bo‘lib qolishi natijasida miyasining yetarlicha rivojlanmay qolishi yotadi. Turmushda orttirilgan aqlplastlik (lemeniiya) ko‘pinchaprogressiv falajlik, karilik psixozlari: bosh miya tomirlari aterosklerozi, bosh miya shikastlarida bosh miyaning tutilishdan ancha keyingi davrda organik kasallikka uchrashining oqibati bo‘lib xisoblanadi. U yalpi va lakunar (uchoqdi) aqlizaiflikka bo‘linadi. Aqlida nuqsonlari bo‘lgan bemorlarga xizmat ko‘rsatish ancha mushkul vazifadir. Ular ko‘pincha duxtriga qaratilgan savolni noto‘g‘ri tushunadilar. Ularning beuxshov gaplari va xatti-xarakatlari atrofdagilarning g‘azablanishiga sabab bo‘ladi. Bunday bemorlarga xizmat qilish tibbiyot xodimidan zo‘r sabr-matonatni va shafqatli bo‘lish xislarini talab qiladi. Munosabatning eng yaxshi shakli xayrixohlikdir. Bu toifadagi bemorlarni savollar bilan qiynab qo‘ymaslik, gaplarini yaxshi eshitib ma’qullab turish kerak. Bemorning xulqiga va xarakteridagi patologik xususiyatlariga vrach xotirjamlik, bosiqlik bilan munosabatda bo‘lishi shart. bog‘lanishini aks ettiradigan xulosa chiqarish bo‘lib, bolaning tafakkurida asosiy o‘rin egallaydi. Chunki bunda yaqqol–obrazli tafakkurga tayanib xulosa chiqariladi. Keyinchalik mavhum shart-sharoitlardan vujudga keladigan xulosa chiqarish turi paydo bo‘ladi.
Ta’lim jarayonida tafakkurning analitik – sintetik faoliyati muhim ro‘l oynaydi. O‘quvchilar tahlil qilishi jarayonida yahlit munosabatni yoki narsani bo‘laklarga ajratib ularning, uzviy bog‘lanishini aniqlaydi, sintezda esa buning aksini bajaradi, ya’ni bo‘laklarning yaxlit buyumga bog‘lanishini aniqlaydi. O‘quvchilar tahlil va sintezni, taqqoslashni mashq qilish orqali narsa va hodisalarning muhim belgilarini tasodifiy bilishlaridan ajratishni o‘rganadilar va shu tariqa o‘zlarining mavxumlashtirish faoliyatlarini takomillashtiradilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining umumlashtirish faoliyatini rivojlanish maqsadida amalga oshirilgan tadqiqotlardan ma’lumki, yil oxiriga borib, bolalarning o‘zlari mustaqil ravishda narsalarni muhim belgilariga asosan umumlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ularda mahalliy tushunchalar, atamalar, tushunchalar miqdori keskin kamayadi. Bolalarda mavhumlashtirish va umumlashtirish usullarini o‘rgatish bolalar tafakkurining rivojini yangi bosqichga ko‘taradi. Ularning tafakkuri mantiqiy fikrlash, mulohaza yuritish, hukm va xulosa chiqarish, taqqoslash, tahlil qilishning turli usularini qo‘llashdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan maktabgacha yoshdagi bolalardan va o‘smirlar tafakkuridan keskin farq qiladi. Bolalar tafakkurida ma’lum darajada ustun turadi va ularning tafakkuri yosh xususiyatiga mutloqo mosligini ko‘rsatadi. Ta’lim jarayonida tafakkur operatsiyalarini, mustaqil fikirlashni o‘rgatish kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarni kamol toptirish garovidir.
Kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarda nutqining rivojlanishi. Maktabga kelish arafasida bolaning so‘z boyligi o‘z fikrini bayon eta oladigan darajada ortadi. Agar bu yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o‘z nutqida 500–600 so‘zni ishlatsa, olti–yoshli bola 3000–7000so‘zni ishlatadi. Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar nutqi asosan ot, fe’l, sifat, son va bog‘lovchilardan iborat bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z nutqlarida qaysi so‘zlarni ishlatgani afzalu, qaysilarini ishlatish mumkin emasligini farqlay oladilar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kreativligini rivojlantirish uchun o‘qituvchilar ularni obrazli fikrlashga undashi; muammoni aniq ifodalashi; fikrning doimo tugallangan jumla bilan hamda muhim joylariga urg‘u berib ajratgan holda ifoda etishi; xushmuomalali va ziyrak bo‘lishi, «Faraz qiling‖, ―Tasavvur eting‖, 77 ―Ijodiy parvoz eting ...‖ va shu kabi so‘z birikmalaridan foydalanishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, o‘qituvchi o‘quvchiga o‘z psixologik ta’sirini nigoh orqali o‘tkazishi, har bir javob va taklif uchun rag‘batlantirishi kerak. Kreativlikni rivojlantirish uchun o‘qituvchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishlari maqsadga muvofiq.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ijodiy tafakkur, kreativlikni rivojlantirish usullaridan psixologik trening eng samarali usuldir.
Trening dasturi o‘z ichiga boshlang‘ich sinf o‘quvchisining xususiyatlarini va differentsial yondoshuvni qo‘llaga sharoit yaratishga imkon beradigan turli psixologik mashq va oyinlarni qamrab olishi kerak. Treningda qo‘llaniladigan mashqlar o‘quvchilarni faollashtirish, motivatsiya qilish, ijobiy psixologik muxit yaratish, kreativlikni rivojlantirishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.


Download 245.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling