Kurs ishi mavzu: Tenglamalarni kvadrat radikallarda yechish bajardi


Download 251.57 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi251.57 Kb.
#1593655
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mi203 Mahmudova B. ASN 2



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
60110600-MATEMATIKA VA INFORMATIKA
TA’LIM YO’NALISHI
KURS ISHI
MAVZU: Tenglamalarni kvadrat radikallarda yechish
BAJARDI: MI 203-guruh talabasi Mahmudova B.
ILMIY RAXBAR: Algebra, Geometriya, Matematik analiz kafedrasi katta o’qituvchisi, PhD Boltayev H.H.
TOSHKENT-2021
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………………3
1-§.Yuqori darajali tenglamalar………………………………………………….7
2-§.Uchinchi va to’rtinchi darajali tenglamalarni yechish………………….….12
3-§.Kvadrat tenglamaga keltiriladigan yuqori darajali tenglamalar……………23
4-§.Tenglamalarning radikallarda yechilish tushunchasi………………………26
5-§.Tenglamalarni taqribiy yechish……………………………………….……31
6-§.Ba’zi yuqori darajali tenglamalarni yechish……………………………….33
Xulosa………………………………………………………………………….35
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………….36

KIRISH

Ilm – sahroda do’st,
Hayot chorrahalarida – tayanch,
Yolg’iz damlarda - yo’ldosh,
Baxtiyor daqiqalarda – raxbar,
Qayg’uli onlarda – madadkor,
Odamlar orasida – zeb-u ziynat,
Dushmanlarga qarshi kurashda – quroldir.

Ilm o’rganish har bir inson uchun hayot yo’llarida asqotadigan, odamlar uni ajratib turadigan, yolg’iz qolgan paytlarda yo’ldosh bo’lib, tishkunlikka tushganda doimo madadkor bo’luvchi yengilmas quroldir. Shu nuqtai nazardan bugun har birimiz ilm olishimiz, mukammal bilim egallashimiz, kasb-hunar o’rganishimiz va bu orqali o’z kelajagimizni o’zimiz yaratib, mamlakatimiz gullab-yashnashi, ravnaq topishi hamda rivojlanga davlatlar qatorida munosib o’rin olishi uchun o’z hissamizni qo’shishimiz zarur va shartdir.


Biz erishgan yutuq va marralarning asosiy omili o’zimizning dunyoqarashimiz, ong-u tafakkurimiz, hayotga, mehnatga, yon – atrofga munosabatimiz bilan belgilanadi. Biz bugungi erkin fikrlaydigan, ongliy yashaydigan, siyosiy, huquqiy va ma’naviy saviyasi tobora o’sib borayotgan, o’z kelajagini, kim uchun va nima uchun mehnat qilayotganini o’ziga aniq tasavvur etayotgan xalqmiz. Shu o’rinda Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini eslatib o’tishni joiz deb bilaman: “ Ilm-fan – taraqqiyot asosi. Zamonaviy ilm – fanyutuqlariga, innovatsion g’oyalarga tayanmagan davlatning ham, jamiyatning ham kelajagi yo’q. Faqat ilm va ma’rifat, intellektual salohiyat, har tomonlama bilimli kadrlar hisobidan biz O’zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa olamiz.”1
O’zining ahamiyati va mohiyatiga ko’ra hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydigan hayotimizdagi o’zgarishlar haqida gapirganda, avvalo odamlarimizning dunyoqarashi kayfiyati, fikr-u zikri, ularning hayotga, o’z mehnati natijasiga munosabati tubdan o’zgarib, yuksalib borayotgani haqida to’xtalmasdan o’ta olmaymiz. Bugun insonning o’zi o’zgarmoqda, uning grajdanlik va siyosiy onggi, huquqiy madaniyati o’smoqda. Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega bo’lgan navqiron yoshlarimiz hayotga ishonch bilan kirib kelmoqda, jamiyatimizda mustahkam o’rin olmoqda va mamlakatimizning taraqqiyoti yo’lida hal qiluvchi kuchga aylanmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturining amalga oshirilishi samaralari mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilayoygan ulkan e’tiborning yaqqol tasdig’idir. Shu o’rinda Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning quyidagi fikrlari o’rinlidir: “Mammlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi. O’tgan davr ichida matematika ilm - -fani va ta’limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi:
Birinchidan, ilg’or ilmiy markazlarda faoliyat yuritayotgan vatandosh matematik olimlarning taklif qilinishi va xalqaro ilmiy – tadqiqotlar olib borilishi uchun zarur shart – sharoitlar yaratildi;
Uchinchidan, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqotlarning o’zaro integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining (keying o’rinlarda Institut) yangi va zamonaviy binosi barpo etildi. Matematika sohasidagi fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish hajmi bir yarim barobarga oshirildi, budjet mablag’lari hisobidan superkompyuter, zamonaviy texnika va asbob uskunalar xarid qilindi; …
Ta’limning barcha bosqichlarida matematika fanini o’qitish tizimini yanada takomillashtirish, pedagoglarning samarali mehnatini qo’llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot ishlarining ko’lamini kengaytirish va amaliy ahamiyatini oshirish, xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, 2017 – 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilanga vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
… 2. 2020 – 2023-yillarda O’zbekiston Respublikasida matematika fanlari bo’yicha ta’lim sifatini yaxshilash, ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirishning maqsadli dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligining har bir tumanda (shaxarda) matematika fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni (keying o’rinda – ixtisoslashtirilgan maktablar) bosqichma- bosqich tashkil etish to’g’risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O’zbekiston RespublikasiXalq ta’limi vazirligi 2020-yil 1-noyabrga qadar Ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish bo’yicha manzilli dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
….20. Institut raxbariyati ilmiy kengash a’zolarining yarmidan ko’pi Institutda faoliyat yuritishini, shu jumladan o’rindoshlik asosida jalb etilishini hamda izlanuvchilarning dissertatsiyalariga ilmiy raxbarlik va maslahatchilik qilishini ta’minlasin.
…25. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston reaspublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.”2
Sport mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashning ajralmas tarkibiy qismiga aylangan. Uni bolalar va o’smirlar, ayniqsa, qizlar o’rtasida ommalshtirish, sog’lom turmush tarzini keng qaror toptirish bo’yicha noyob tizim yaratildi. Nafaqat shaharlarda, balki eng olis tumanlarda ham zamonaviy sport komplekslari ham barpo etildi. Bolalarni ommaviy tarzda sport bilan muntazam shug’ullanishga va ularning salomatligini mustahkamlashga ko’maklashmoqda. Mamlakatimizda ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirishga, bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur kurs ishi “Tenglamalarni kvadrat radikallarda yechish” mavzusiga bag’ishlangan bo’lib, o’quvchilarning matematik ta’lim jarayonida egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini hamda o’z-o’zini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.


Download 251.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling