Kurs ishi mavzu: Turkiyada erkin iqtisodiy hududlarni barpo etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari


Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida


Download 465.44 Kb.
bet17/21
Sana19.06.2023
Hajmi465.44 Kb.
#1626389
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Ikromjonov

Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Erkin iqtisodiy zonalarida (keyinchalik EIZ deb ataladi) soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini jadallashtirish va kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmonining 3-bandiga muvofiq EIZ ishtirokchilari:
yer solig‘i, foyda solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari umumta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar;
o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
respublikada ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha chetdan olib kelinadigan qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini jadallashtirish va kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmonining 3-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiya hajmiga bog‘liq ravishda 3 yildan 10 yil muddatgacha beriladi, shu jumladan ekvivalentda:
300 ming AQSh dollaridan 3 mln AQSh dollarigacha investitsiya kiritilganda — 3 yil muddatga;
3 mln AQSh dollaridan 5 mln AQSh dollarigacha investitsiya kiritilganda — 5 yil muddatga;
5 mln AQSh dollaridan 10 mln AQSh dollarigacha investitsiya kiritilganda — 7 yil muddatga;
10 mln AQSh dollari va undan ortiq investitsiya kiritilganda — 10 yil muddatga, keyingi 5 yil mobaynida foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi stavkalari amaldagi stavkalardan 50 foiz past miqdorda qo‘llanilgan holda beriladi.
4. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy zona tashkil etish” to‘g‘risida 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-son Farmonining 4-bandiga muvofiq EIZda ro‘yxatga olingan xo‘jalik yurituvchi subyektlar chetdan olib kelinadigan uskunalar, shuningdek EIZ faoliyatining butun davrida mahsulotlarni eksport qilish uchun mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadilar;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmonining 5-bandiga muvofiq “Angren” EIZ va “Jizzax” EIZ ishtirokchilari erkin iqtisodiy zonalarning butun faoliyati davrida chetdan olib kelinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadilar (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish” to‘g‘risida” 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-son Farmonining 6-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmonining 5-bandi qoidalari “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ ishtirokchilariga tatbiq etiladi.
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarorining 7-bandi bilan soliqlar haqidagi qonunlar o‘zgarganda erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha ular ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanada amal qilgan norma va qoidalarni qo‘llashga haqli ekanligi, aksiz solig‘i olinadigan tovarlarga soliq solishni tartibga soluvchi hujjatlarning normalari va qoidalari bundan mustasno ekanligi belgilangan.
d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 5-dekabrdagi PF-5273-son Farmonining 3-bandi bilan “Chorvoq” erkin turistik zonasiga va erkin turistik zona ishtirokchilari sifatida ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlariga erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonunchilik qoidalari, shu jumladan erkin iqtisodiy zonalar va ularning ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi.
5. Ushbu Nizomning 2 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan imtiyozlar faqat EIZ ishtirokchisining investor (investorlar) va erkin iqtisodiy zona Direksiyasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) o‘rtasida tuzilgan Erkin iqtisodiy zona hududida investitsiyalash to‘g‘risidagi shartnomada (keyingi o‘rinlarda Investitsiyalash uchun bitim deb ataladi) nazarda tutilgan faoliyat turiga tatbiq qilinadi.
6. Bojxona va soliq imtiyozlarini qo‘llash muddati EIZ ishtirokchisiga beriladigan EIZ ishtirokchisi guvohnomasi berilgan kundan e’tiboran boshlanadi.
Bunda foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati EIZ hududida ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan boshlab hisoblanadi.
Tadbirkorlik subyekti EIZ ishtirokchisi maqomidan mahrum bo‘lganda, u EIZ ishtirokchisi maqomidan mahrum qilingan oydan keyingi oyning 1-kunidan EIZ ishtirokchilariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanmaydi.
7. EIZ ishtirokchisi tomonidan oldin berilgan imtiyozlar muddatidan uzoqroq muddatli imtiyozlar huquqi qo‘llaniladigan hajmga yetuvchi investitsiyalar miqdori oshirilgan taqdirda, imtiyozlarni qo‘llash muddati uzoqroq muddatga uzaytiriladi.
Bunda, agar investitsiyalar hajmi oldin berilgan imtiyozlar muddati tugaganidan keyin ko‘paytirilsa, bojxona imtiyozlari uzoqroq muddatli imtiyozlar huquqini beruvchi miqdordagi investitsiya kiritilgan kundan, soliq imtiyozlari esa — uzoqroq muddatli imtiyozlar huquqi yuzaga kelgan oydan keyingi oyning 1-kunidan e’tiboran qo‘llaniladi.
Imtiyozlarni qo‘llash muddati imtiyozlar qo‘llash boshlangan kundan e’tiboran hisoblanadi.
8. Direksiya tegishli davlat soliq va bojxona organlarining so‘roviga muvofiq EIZ ishtirokchilari tomonidan Investitsiyalash to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan investitsiyalar miqdori haqidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi.
9. Davlat statistika organlari davlat soliq va bojxona organlariga EIZ ishtirokchilari tomonidan elektron shaklda taqdim qilingan investitsiya miqdori ko‘rsatkichlari bilan birgalikda tegishli davlat statistik hisobotlaridan foydalanish imkonini beradi.
10. EIZ ishtirokchilarining soliq va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobotida aks ettirish tartibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tartibga solinadi.

Download 465.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling