Kurs ishi mavzu: Turkiyada erkin iqtisodiy hududlarni barpo etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
Download 465.44 Kb.
|
Ikromjonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-bob. Eksportga yuboriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish yuzasidan asbob-uskunalar, xomashyo va butlovchi buyumlarga bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi
4-bob. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida chetdan olib kelinadigan qurilish materiallariga bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi
20. Loyihalarni amalga oshirish doirasida chetdan olib kelinadigan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari ro‘yxati EIZ ishtirokchisi tomonidan loyiha-smeta hujjatlari va qurilish materiallarini yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida shakllantiriladi. 21. Hukumat qarori loyihasini tayyorlash, kelishish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish EIZ ishtirokchisi faoliyat olib borayotgan tegishli tarmoqqa mutasaddilik qiluvchi tashkilot, tegishli viloyat hokimligi yoki EIZ Direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 22. Chetdan olib kelinayotgan qurilish materiallari respublikada ishlab chiqarilgan, biroq belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan davlat standartlari va texnik shartlarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, Hukumat qarori loyihasiga O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilish materiallarining texnik va fizik xususiyatlarini hisobga oluvchi xulosasi ilova qilinadi. 5-bob. Eksportga yuboriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish yuzasidan asbob-uskunalar, xomashyo va butlovchi buyumlarga bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi 23. Mahsulotni eksport qiluvchi EIZ ishtirokchisi davlat soliq xizmati organlariga: eksportga yuboriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun chetdan olib kelinadigan xomashyo, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlarga bojxona to‘lovlarini qo‘llash uchun arizani; ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha EIZ ishtirokchisi rahbari tomonidan tasdiqlangan va Direksiya bilan kelishilgan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelinadigan xomashyo, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlarning ro‘yxatini; EIZ ishtirokchisi rahbari tomonidan tasdiqlangan hamda bosh buxgalter va texnolog bilan kelishilgan ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar sarfi normasini taqdim etadi. 24. Davlat bojxona xizmati organlari eksportga yo‘naltiriladigan mahsulotlar bo‘yicha xomashyo, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlarni bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilgan holda “erkin muomala” rejimida chiqaradi. XULOSA Ushbu kurs ishi jahon iqtisodiyotida EIHlar, ularning mohiyati, turlari va ularni tashkil qilish bo’yicha jahon amaliyoti, shuningdek Turkiyada EIHlar tashkil qilishning o’ziga xos tomonlari, mavjud muommolar va kelajakdagi istiqbollari kabi masalalar tahliliga bag’ishlandi. Kurs ishining yakuni sifatida quyidagi xulosalarga kelindi: 1.Erkin iqtisodiy hududlar asosiy mohiyati mintaqani jadal ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish uchun ichki va tashqi kapitalni, istiqbolli texnologiyalar va boshqaruvga oid tajribalarni jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo’lgan maxsus ajratilgan hududlarni anglatadi. 2.Erkin iqtisodiy hududlar jahon xo’jaligining muhim bo’g’ini sifatida ko’plab mamlakatlarda o’zinining ijobiy samarasini ko’rsatdi va ba’zi mamlakatlar iqtisodiyotining ajralmas bo’lagiga aylanib qoldi. EIHlar turli davlatlarda turli ko’rinishlarda mavjud bo’lib, ularni asosan bir xususiyat, ya’ni mana shu hududlarda joriy qilingan imtiyozli sharoit birlashtirib turadi. Mana shunday imtiyozli muhit chet el investitsiyalarini jalb qilishning eng samarali yo’llaridan biri hisoblanadi. 3.EIHlar hozirgi kundagi integratsiyalashuv va globallashuv jarayonlarining yirik omillaridan hisoblanadi. Chunki aynan EIHlar chet el investorlarini jalb qilish orqali kapitalning internatsionallashuviga sabab bo’ladi va transmilliy kompaniyalarning kirib kelishi orqali integratsiyalashuv jarayonlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqadi. MIHlar tashkil qilish bo’yicha jahon tajribalarini o’rganib chiqib, ulardan eng ma’qulini tanlab olish, Turkiya mamalakati sharoitiga moslashtirib, ya’ni uni ko’r-ko’rona ko’chirmasdan bizda tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Chunki kurs ishda aytib o’tilgan ba’zi mamlakatlarni ko’radigan bo’lsak, ularning hammasi ham EIH tashkil qilib, yaxshi natijaga erishmagan. Faqatgina ba’zilari to’g’ri siyosat olib borgani sababli yuqori natijaga erishdi. Shunda ham ularda bir qator kamchiliklar mavjud. Ishning asosiy maqsadi ham jahon tajribasini o’rganib chiqish va EIHlarni tashkil qilishdan oldin unga asos va sharoit yaratish, loyihalarni to’g’ri yaratish kabi bir qator muhim masalalarni bartaraf etish yo’llarini o’rganishdan iborat bo’ldi. Bugun iqtisodiyotni erkinlаshtirish vа modernizаtsiyаlаsh, shu orqаli jаhon stаndаrtlаrigа jаvob berаdigаn mаhsulot ishlаb chiqаrishgа erishish xorijiy sаrmoyаlаrni, eng аvvаlo, to’g’ridаn-to’g’ri investitsiyаlаrni jаlb qilish bo’yichа qulаy shаrt-shаroitlаr yаrаtish hаr qаndаy mаmlаkаt uchun eng dolzаrb vа kechiktirib bo’lmаydigаn mаsаlаdir. Аlbаttа, bundаy vаzifаlаrni аmаlgа oshirishdа, ochiq milliy iqtisodiyotni shаkllаntirishdа erkin iqtisodiy hududlаrning roli muhim o’rin tutаdi. Bu esа innovаtsion fаoliyаtni rivojlаntirish, ilg’or texnologiyаlаrni joriy qilish, eksport, shuningdek trаnsport vа telekommunikаtsiyа infrаtuzilmаsini jаdаl rivojlаntirish, mаhаlliy mаhsulot vа xizmаtlаrning ichki vа tаshqi bozorlаrdа xаlqаro sifаt, sertifikаtlаshtirish tаlаblаrini joriy etish orqаli rаqobаtdoshligini oshirish, yаngi ish joylаrini bаrpo etish, mаlаkаli ishchi-muhаndislаr, xo’jаlik vа boshqаruv kаdrlаrini tаyyorlаsh vа ulаr mаlаkаsini oshirish kаbi bir qаtor muhim mаsаlаlаrni hаl etish imkonini berаdi. Download 465.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling