Kurs ishi mavzu: ’’xitoy tilini o'qitishda til o'rgatish bosqichlari talablari’’
Download 28.76 Kb.
|
Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning organilganlik darajasi.
- Mavzuning nazariy metodologik asoslari
- I BOB. XITOY TILINI OQITISHDA TIL ORGATISH BOSQICHLARI TALABLARI 1.1. Maktab yoshidagi bolalarga xitoy tili grammatikasiga o qitish metodikasi
Mavzuning dolzarbligi: Hozirda ta`lim tizimida zamonaviy ta`limning ustuvor yo`nalishi bo`lib xizmat qilib kelayotgan multimediya texnologiyalari yordamida o`quvchilarning chet til o`rganish mobaynida tinglab tushinish, bo`lajak chet tili o`qituvchilariga kasb mahoratlarini yanada oshirishda, zamonaviy multifikatsion vositalarning ahamiyati va ulardan foydalanishning pedagogik-psixologik asoslari xususida tushuncha va tavsiyalar berish va og`izaki nutqini rivojlantirish, chet tili darslarini metodik jihatdan samarali tashkillashtirishga doir ilmiy ma'lumotlar va yangicha yo'llar bilan tanishtirishga qaratilgan.
Mavzuning o'rganilganlik darajasi. Ushbu kurs ishini yoritishda ilmiy asarlar tahlili va internet saytlari ma`lumotlaridan foydalanildi. Ushbu mavzuni ko`plab tilshunos olimlar tadqiq etishgan, chet tillarini, xususan, xitoy tilini o`qitish davomida o`quvchilarning tinglab tushunish hamda og`izaki nutqini rivojlantirish asoslari hamda metodlari ilmiy tushuntirib, asoslab berishgan hamda ushbu mavzuning xususiyatlarini yoritishga harakat qilgan va o`z hissalarini qo`shishgan. Mavzuning nazariy metodologik asoslari: Mavzuni amalga oshirishda mantiqiy, zamonaviy, qiyosiy-tipologik va sintez, kontent tahlili kabi metodlardan foydalanildi. Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi: kirish, ikkita bob, to`rtta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. I BOB. XITOY TILINI O'QITISHDA TIL O'RGATISH BOSQICHLARI TALABLARI 1.1. Maktab yoshidagi bolalarga xitoy tili grammatikasiga o qitish metodikasi Sobiq birinchi prezidentimizning maktablarda chet tilini o'rgatish bo'yicha qarorlariga asosan, maktablarda chet tilini o'rgatish zarur degan xulosaga kelindi. Ularda chet tilini o'rgatish o'quvchilarni har tomonlama rivojlangan qilib tayyorlashda yordam beradi. Ayniqsa, O'bekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan so'ng kadrlar tayyorlash masalasida chet tilini o'rgatish yuqori o'ringa ko'tarildi. Shuni hisobga olib, kadrlar tayyorlash, yoshlarni har tomonlama rivojlangan, kamol topgan qilib tarbiyalashda, ilmli qilishda, fanlarni o'qitishda chet tillarini uzluksiz o'qitish belgilandi. Respublikamizda rivojlanish, taraqqiyot, davr, vaqt ham chet tilini, shu jumladan, ingliz, xitoy tilini o'rgatish zarurligini ahamiyati yaqqol ko'zda tashlanib kelmoqda. O'quvchi, talabalar, mutaxassislar har bir insonning chet tillaridan bittasini bilishi tashqi aloqalarning kengaytirishga, chet elga borib ularning texnologiyasini o'rganib, respublikamizni kelajakda rivojlangan, taraqqiy etgan mamlakatlar, davlatlar qatoriga olib chiqishga yordam beradi. Xozirgi paytda chet tilini uzluksiz o'rgatish hisobga olinib, turli tipdagi o'quv yurtlarda chet tili o'rgatish masalasi va ular uchun dastur, darslik, qo'llanmalar ishlab chiqish, ularning metodikasi bilan shug'ullanish masalasi dolzarb bo'lib turibdi. O'zbekistonda umumiy o'rta ta'lim tizimida chet tilini o'qitish jarayoni hozirgi kunda maktablarda chet tilini o'rgatish boshqa o'quv yurtlariga qaraganda eng chuqur va puxta ishlab chiqilgan o'rta maktablarda chet tilini o'qitish bo'yicha qo'llanmalar, dasturlar, darsliklar, qo'shimcha ma'lumotlar, vositalar eng ko'p yozilgan, chop etilgan va amaliyotda qo'llanib kelinmoqda. Hozirgi kunda barcha maktablarda chet tilini o'qitish majburiy tarzda olib borilmoqda. Chet tilini o'qitish dasturi mavjud bo'lib, uning o'z maqsadlari mavjuddir. Ular quyidagilar: ta'limiy, amaliy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi. Chet tilini o'qitishni sifati va mazmun o'zgarishini hisobga olib, O'1zbekistonda chet tili o'qitish, rivojlanish bosqichlarni ikkta bosqichga bo'ldilar. Birinchi bosqich, 1924-1960-yillarni o'z ichiga olsa, bu davrda o'zbek maktablarida rus maktablari uchun nashr qilingan chet tili darsliklarini o'zbek maktablariga moslashtirib qo'llanish hususiyatiga egaligi bilan tasvirlanadi. Ikkinchi bosqich esa 1961-yildan 1980-yilgacha bo'lgan davrni o'z ichiga olib, o'zbek maktablarining ingliz, fransuz, nemis tili darslarini yaratilishi bilan ifodalanadi. Bugungi kunga kelib maktablarda birinchi yoki ikkinchi sinfdan boshlab, chet tili o'rgatish odat tusiga kirdi. O'quvchi bog'chada chet tilini o'rgangan bo'lsa, birinchi sinfdan boshlab o'rgatishni davom ettirish maqsadga muvofiqdir. Chet tilini o'rgatish oldinlari birinchi, ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi sinflarda chet tilini o'rgatish majburiy bo'lmagan, o'z xohishlari bilan o'rgangan bo'lsalar, hozirda esa vaziyat o'zgardi. Barcha maktablarda chet tili o'qitish majburiy tusga kirdi. Chet tilini o'rgatishning birinchi yili yoki yarim yilida chet tili asosan og'zaki o'rgatiladi, o'qish, yozuv, grammatika o'rgatilmaydi. Bizning O'zbekistonimizda hozirda boshlang'ich ta'limni yanada takomillashtirish uchun bir qancha islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Maktablarda o'qitish jarayonida asosiy maqsad qilib bolaning o'qishga bo'lgan ijobiy munosabatini shakllantirish, o'qish savodxonligini oshirish, turli ma'lumotlar bilan ishlash, mantiqiy va ijodiy fikrlay olish, o'z-o'zini boshqara olish, jamoada o'zini tuta bilish, yozma va og'zaki muloqot madaniyatini egallash, ta'limiy faoliyatni tashkil etish kabi ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat deb tayyilangan bo'lsa, muhtaram sobiq birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov 2012- yil 10-dekabrda qabul qilingan «Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga ko'1ra, yuqorida sanab o'tilgan maqsadlar qatoriga maktab yoshidagi o'quvchilarga 1-sinfdan boshlab chet tilini o'rgatish vazifasi ham qo'shildi. Hozirgi kunda respublikamizdagi 9698 ta umumta'lim maktabining hammasida chet tillari, ya'ni: 8643 maktabda ingliz; 1589 maktabda nemis; 1076 maktabda fransuz; 27 maktabda boshqa (ispan, hind, arab, koreys, xitoy va h.k.) tillar malakali mutaxassislar tomonidan o'rgatilib kelinmoqda. Bularning barchasi maktab yoshidagi bolalarda chet tilini o'rganishga qiziqishni oshirish uchun amalga oshirilmoqda. 1-sinfda bolalarga chet tilini o'rgatayotganimizda ancha soddaroq atamalardan foydalanishimiz, rangbarang, qiziqarliqoq mavzularda dars o'tishimiz darkor. Chunki bu yoshdagi bolalarda o'yinqaroqlik juda yuqori darajada bo'ladi. Birinchi sinfda o'qiyotgan bolalarimiz o'yinlar, qo'shiqlar orqali chet tilidagi 100dan ortiq so'zni bilib olgan bo'lsalar, ikkinchi sinf o'quvchilari bu tilda o'qish va yozishni o'rganib, 250ga yaqin so'zni muloqotda ishlatish ko'nikmasiga ega bo'ldilar. Bu albatta chet tili o'qitayotgan pedagoglarning yutuqlari hamdir. Ular chet tilida bolalarda tinglab tushunish, fikrni bayon eta olish kabi vazifalarni amalga oshiradilar. Lekin bu jarayon nafaqat pedagoglarga balki o'quvchilarga bog'liqdir. Ta'lim sohasidagi bobolarimizdan biri yozganidek, «Agar o'quvchida o'qishga ishtiyoq bo'lmasa, qilayotgan barcha orzularimiz, tadqiqot va ixtirolarimiz sarobga aylanadi». O'quvchida ishtiyoq esa maktab ostonasiga, boshlang'ich sinf xonasiga ilk bor qadam qo'ygandan boshlanadi va bu ishtiyoqni uyg'otuvchi, albatta, boshlang'ich sinf o'qituvchisidir. Boshlang'ich sinf o'qituvchilari chet tilini o'rgatayotganda bolalar uchun qiziqarli mavzular tayyorlashlari darkor. Bu mavzular o'qish bosqichlariga qarab belgilanadi. Chunki o'quvchining bilim darajasiga mos tarzda to'g'ri kelishi kerak. 5-6-sinflar uchun quyidagi mavzularni kiritish maqsadga muvofiqdir: 1. Biz chet ellik do'stlarimizga chet tilida nimalar haqida so'zlab berishimiz mumkin. 2. Chet eldagi tengdoshlaringiz hayoti to'g'risida nimalarni bilasiz, yoki bildik? 3. Chet tilida ertaklar aytish kechasi. 4. Chet tilida maqollar va topishmoqlar aytish kechasi. 7-8-sinflar uchun esa biroz murakkabroq: 1. Tili o'rganilayotgan mamlakat xaritasi. 2. Muhim kunga bag'ishlangan kecha. 3. Mening sevilmi yozuvchim. 4. Chet tilidagi gazetalardan biz nimalarni bildik. 5. Chet elliklar bilan uchrashuv kechasi. 6. Buyuk kishilar hayotidan. 9-sinflar uchun: 1. Yoshlar tinchlik uchun kurashda. 2. Tili o'rganilayotgan mamlakatlar davlat arboblari haqida nimlarni bilasiz? 3. Texnika axborot kechalari chet el jurnallari va gazetalari sahifalarida. 4. Tili o'rganilayotgan mamlakatning mashhur shoirlari va kompozitorlari. 5. Adabiy muzikali montaj. 6. Chet ellik do'stlar bilan uchrashuv kechasi. Shu mavzular asosida chet tili o'rgatishni yanada shakllantirsa bolalarda esda qolish yanada ko'proq osonroq kechadi. Buning uchun maktab yoshidagi bolalarda tilni o'rganishga qiziqishni uyg'otish darkor. Maktab yoshidagi bolalarga chet tilini o'rgatish ko'proq tarbiyaviy bo lib, o quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga yordam beradi, o'quvchilarning chet tilidan bilim, malaka va ko'nikmalarini chuqurlashtiradi, oshiradi, rivojlantiradi. O'quvchilardan vatanparvarlik, baynalmilal ruhida tarbiyalashga, kattalarni, mehnatni hurmat qilishga o'rgatadi. Bunday ishlar orqali o'quvchilarni jamoatchilik bo'yicha alohida qobilyatlari, qiziqish tomonlari namoyon bo'ladi. O'qituvchi maktab yoshidagi bolalarga chet tilini o'qitayotganda darslarni yaxshi, xilma-xil, qiziqarli tashkil qilsa, o'quvchilarni chet tiliga qiziqishi, o'qituvchiga hurmati ortadi. Buning uchun esa o'qituvchi darsni yaxshi, qiziqarli tashkil qilishi, o'quvchilarni qiziqtirishi zarur. O'qituvchi o'quvchilarni qiziqtira olsa, chet tiliga bo'lgan qiziqish o'quvchilarda yanada ortadi, o'quvchilar o'z vaqtida xitoy tili bo'yicha vazifani bajaradilar, o qituvchining aytganini qiladilar, darsda intizom yaxshi bo ladi. Bular esa o'qituvchiga darsni bemalol, qiziqarli qilib o'tishga yordam beradi, rag'batlatiradi, osonlashtiradi. Chet tilidan bunday ishlarni tashkil qilish, o'tkazish bo'yicha juda ko'p ilmiy ishlar qilingan, qilinmoqda, qo'llanmalar bor, ular metodik adabiyotlarda keng yoritilgan, yoritilib kelinmoqda. Metodik adabiyotlarda maktab yoshidagi bolalarga chet tilini o'rgatishning maqsad, vazifalari, mazmuni, ularga bo'lgan talablar ko'rsatilgan. Ularning shakl, turlari, tashkil qilish, o'tkazish yo'llari ishlab chiqilgan. Shunday qilib O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori e'on qilinganligi hamda chet tillarni o'qitish tizimini tubdan isloh qilish vazifasi butun mamlakat pedagogik jamoasi va mutaxassislar oldiga qo'yilganligi, chet tilllarni o'qitishda ilg'or pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya tizimlari, elektron va multimediya darsliklarini yaratish vazifalarini amalga oshirish taqozo etilayotganligi, biroq, aynan innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llash va ular asosida yangi mazmundagi turli axborot kommunikatsiyalariga asoslangan metodik qo'llanmalar, darsliklar, ishlanmalarni, chet tillarni o'qitishdagi innovatsion pedagogik texnologiyalarni yaratish darkor. Shundagina o'qituvchi chet tili o'qitish jarayonidagi asosiy maqsadiga to'laqonli erishgan bo'ladi. Download 28.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling