Kurs ishi mavzu: Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani Rossiyada o’rganilishi (V. A. Vanger,N. N. Ladigina-Kots va boshqalar) Ilmiy rahbar 2023 mundarija


Zopsixologiya va qiyosiy psixologiya usullari


Download 48.34 Kb.
bet4/13
Sana30.04.2023
Hajmi48.34 Kb.
#1409092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Qiyosiy psixologiya

Zopsixologiya va qiyosiy psixologiya usullari
Zoopsixologiyani o'rganish metodlari ikki asosiy guruhga bo'linadi:

  1. empirik ma'lumotlar va faktlar asosida olingan metodlar;

  2. empirik ma'lumotlar va faktlarni tahlil qilish asosidagi metodlar.

Empirik ma'lumotlar va faktlar asosida olingan metodlar bu faktik materiallarni tadqiqot predmeti va holatlari orqali olingan xisoblanadi. Shuning uchun ham bu metodlar fanning ma'lum bir sohasiga va tadqiqotni ma'lum bir tadqiqiga aloqador hisoblanadi. Zoopsixologiyada bu hayvonlarning xatti xarakatlari xisoblansa, qiyosiy psixologiyada inson va hayvonlarning xatti-harakatlarni solishtirish xisoblanadi. Bir biriga uyqash bo'lgan fanlar bir biriga o'xshash ba'zi bir holatlarda bir xil usullardan foydalanishlari mumkin1. Bu zoopsixologiyaga bilan bog'liq bo'lgan fanlarga ham aloqador, fiziologiya va etologiya. Empirik ma'lumotlar va faktlarni tahlil qilish asosidagi metodlar bu fanlar metodologiyasi xisoblanadi. Bunda fanlarning nazariy holatlari, kelib chiqish vaqtlari nazariy va amaliy ahamiyatlarini o'rganish mumkin. Tadqiqotning predmeti haqidagi ma'lumotlar albatta nazariy asoslar orqali tahlil qilinadi. Shu tariqa hayvonlarning xatti-g'arakatlarini o'rganib zoopsixologiya, etologiya va fiziologiya fanlari bir xil predmetni o'rganib, biroq ularni turlicha talqin etishlari kerak bo'ladi. Psixologiya sub'ekt psixikasining ichki holati bo'lib, psixik jarayonlarni tuzilishi, funktsiyasi; etologiya hayvonlarning turlarini vujudga kelishi va moslashish ahamiyatini, fiziologiya insonlar va hayvonlarning psixikasini ichki mexanizmlarini o'rganishdan iborat.
Ilmiy tahlil nazariyalari metodlari o'rganiladi, ular tafakkurning mexanimzlari asosida shakllanadi. Buning uchun albatta fanning metodologiyasi bo'lishi shart. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiya psixologik yondoshuvlardan foylanadi, bunda psixikani evolyusion jabhada tahlil qilish mumkin. Evolyusion yondoshuvda:evolyusion tizimli yondoshuv, faoliyatli yondoshuv, madaniy tarixiy, qiyosiy psixologik. Bularning nazariy tahlili keyingi bo'limlarda ko'riladi.
Empirik ma'lumotlar va faktlar asosida olingan metodlar zoopsixologiya va qiyosiy psixologiya fanida ikki asosiy guruhga bo'linadi. Kuzatish usuli eksperiment metodi. Har bir sulning qo'llanish holatlari ma'lumotlarni tahlil qilishga doir haolatlar bilan belgilanadi. Hayvonlar psixikasining paydo bo’lishi va o‘sib taraqqiy qilinishini yuksak darajada taraqqiy etgan psixikaning, ya’ni faqat insonga xos bo‘lgan ongning ilk tarixi arafasi desa bo‘ladi. Inson ong egasi bo‘lganligi tufayli hodisalaming o‘zaro sababiyatlari, bog‘lanishlarini va bu bog'lanishlarning natijalarini ochib ola biladi, o‘z oldiga muayyan maqsadlar qo‘yadi va shu maqsadlarga yarasha ish ko‘radi. Odam ongi, psixikasi yuksak darajada tashkil topgan materiyaning, ya’ni
miyaning xossasidir. Shu bilan birga, odam ongini ijtimoiy hayot sharoitiga bog'lagan holda taraqqiy qiladi. Ong insonning eng awalgi ota-bobosi
qurol yasab, mehnat qila boshlagan va shu tufayli ijtimoiy hayot kechira
boshlagan paytdan e’tiboran paydo bo‘lgan. Odamning eng awalgi ota-bobolari to‘da-to‘da boiib yashagan. Mehnat jarayonida insonni jamiyatiga yaqinlashtiradi. Odam tashqi tabiatga ta’sir etib va uni mehnati bilan o‘zlashtirish jarayonida o‘zining tabiatini ham o‘zgartirib boradi. Odamning eng awalgi ota-bobolari mehnat jarayonida qayta tuzilib odam organizmi takomillasha borgan. Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ ajralmas, aloshida zot degan ma'no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkashollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog’lom (esi-shushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q, oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb atash an'ana tusiga kirib qolgan, chunki o’sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mashsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo’la oladi.
Individ sifatida yorug’ dunyoga kelgan odam ijtimoiy mushit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog’idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo’lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a'zolari, mashalla ashli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning og’ushida, ularning qalb to’risida) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog’liq bo’lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. Jahon psixologiya fanining ilg’or taraqqiyparvar, gumanistik tadqiqotchilarning tajribasida ko’rsatilishicha, shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlari (xarakter xislati, temperament xususiyatlari, irodaviy sifatlari, aqliy qobiliyatlari, iste'dod darajalari, barqaror qiziqishlari, shukmron motivlari, shissiyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, aloshida odamda betakror, barqaror, turg’un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o’z navbatida shaxsni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qat'iyligi, stereotipligi to’g’risidagi fikrni qat'iy tasdiqlashga imkon yaratadi. Psixik holatlar, hodisalar (shissiyot, xoshish, orzu, tafakkur va shu kabilar) uzluksiz ravishda o’zgarib turishi, ijtimoiy guruhlarda, shayotiy vaziyatlarda odam o’z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvorning o’zgarishi, yoshni ulg’ayib borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi (milliylik, etnik ta'sir asosida) muayyan darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barqarorlik odam qatnashadigan uning yashash haroitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg’unlikda shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig’indisining doimiyligi bilan uzviy bog’liqdir. Biroq biz qayd qilib o’tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki shaxsni psixik tuzilishining o’zgarishi jahon psixologlarining bir qator tadqiqotlarida o’rganilgan. Bu o’zgarishlar odamning yashash mushiti, amalga oshiradigan faoliyatida namoyon bo’luvchi shisoblanib, ular ijtimoiy ta'sir, tarbiya
haroitiga bevosita aloqadordir. Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy (sosial) omil (faktor) ning, voqelikning ta'siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo’lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan "ichki psixik" ("endopsixik" - yunoncha "endo" ichki degan ma'noni bildiradi) qismlarga ajratiladi, degan g’oyani ilgari suriladi. Ushbu talqinga ko’ra "endopsixika" shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o’zaro bog’liqligi aks ettiriladi. Uning negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan "endopsixik" aynan bir narsa degan tushunchani tasdiqlash yotadi, go’yoki u odam shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning "ekzopsixik" qismi bo’lsa shaxsning tashqi mushitiga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-qarshi bo’lgan barcha jishatlarini, shaxslararo va ob'ektiv munosabatini belgilaydi. "Endopsixika" o’z navbatida shaxsning ta'sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo’r berish xislatlarini, ixtiyorsiz harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. "Ekzopsixika" esa o’z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi, ustunlik qiluvchi, shukmron shissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni va shu singarilarni qamrab oladi. Tabiiy omilga (asosga) ega bo’lgan "endopsixika" biologik hart-haroitlarga bog’liqdir, aksincha, "ekzopsixika" ijtimoiy voqeliklar ta'siri ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi. Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog’liq degan nazariyaning namoyandalari bo’lmish Hozirgi zamon uzoq chet el (AqSh, Angliya, Fransiya, Germaniya, Shvesariya va boshqalar) psixologlari oqibat natijasida shaxsning tuzilishini o’sha ikkita asosiy omillarga, ya'ni biologik va ijtimoiy (sosial) voqeliklarning ta'siriga bog’liq bo’lgan tuzilishining mavjudligidan manfaatdordirlar. Ob'ekt-sub'ekt munosabatini belgilaydi. Shaxsning psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari insonning shayoti-faoliyati davomida o’zgarib turuvchi eshtiyojlari bilan ularni qondirishning shaqiqiy imkoniyatlari o’rtasidagi qarama-qarshiliklar bo’lib shisoblanadi. Bular to’g’risida jahondagi ilmiy psixologik adabiyotlarda bir qator qimmatli va boy materiallar mavjuddir.
Odatda shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarkib toptirish, kamolotga yetkazish mavjud qarama-qarshiliklarni, ziddiyatli vaziyatlarni yengish, irodaviy zo’r berish, zo’riqish, tanglik, jiddiylik holatlarini boshqarish, o’zini qo’lga olish orqali ushbu faoliyatni amalga oshirishning oqilona, omilkor vositalarini (yo’llari, usullari, operasiyalari, ko’nikmalari, uquvlari, malakalari, odatlari, harakatlari, sa'i-harakatlari kabilarni) o’zlashtirish, egallash natijasida vujudga keladi. Bularning barchasi imitasiya (taqlid), identifikasiya, refleksiya, stereotipizasiya, ta'lim, o’qitish, o’qish, o’rganish, o’rgatish, saboq olish, o’zlashtirish, mustaqil bilim olish jarayonida yuzaga keltiriladi. Mazkur holatda aniq faoliyat orqali eshtiyojni qondirish qonuniy ravishda yanada yuksakroq, yuqori bosqichdagi yangi xususiyatga ega bo’lgan eshtiyojni tug’diradi. Hayvonlarning psixologik jihatdan o'rganish bilan birga, hozirgi kunda hayvonlarni biologik tarzda o'rganish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu etologiya soxasining tarkibiga kirib ular shu soha bilan shug'illanishadi. Etologlar birinchi navbatda hayvonlarning xattiharakatini ekologik omil asosida o'rganishadi, bunda hayvonlarni ma'lum bir sharoitlariga moslashish holatlari o'rganiladi. Bir vaqtning o'zida etologiya filogenezdagi hayvonlarning xatti-harakatini o'zgarish holatlarini ham tadqiq etadi. etologik o'ziga xoslik asosida albatta hayvonlarning instinktiv xulq-atvorlari yotadi. Dala sharoitida kuzatishlar natijasida etologlar hatti-xarakat biologiyasi nazariyasini yaratdilar. Bunda asosiy o'rinda instinktiv xulq atvor birlamchi o'ringa chiqadi. Ular evolyusion bilimlarga, funktsional morfologiyaga, ommaviy ekologiyaga, hayvonlar tizimiga, googeografiyaga va boshqa sohalarga qimmatli foyda keltirdilar. Zoopsixologiya o'zining xatti-harakatlarini hayvonlar xulq-atvorini o'rganishga qaratadi, etologlar esa biologik holatlarga. Biroq psixik omillarsiz xayvonlarning biologik holatlarini o'rganish mumkin emas, va aksincha2. Zoopsixologiyani fiziologiya bilan aloqasi ham uzviylik holati mavjud. Ayniqsa neyrofiziologiya oliy nerv fiziologiyasi bilan, zoopsixologdan farqli ravishda fiziolog psixik aks ettirish holatlarini o'rganadi. Fiziologik tadqiqotlar xuddi zoopsixologiya kabi o'tkaziladi, unda xatti-harakatlar tahlil qilinadi, bunda albatta fiziolog oliy nerv faoliyatiga o'z e'tiborini qaratadi. Uning birlamchi vazifasi faoliyat tizimlari va a'zolarini o'rganishdan iborat. Sodir bo'layotgan holatlarni o'rganayotgan vaqtda albatta psixik aks ettirishlarni ham kuzatish mumkin, biz organizmni bir butun sifatida idrok qilishimiz zarur bo'ladi. Biroq fiziologik jarayotnlarda xatti-harakat shakli, fiziologik mexanizmlarni anglashga yordam beradi, demak fiziologik mexanizmlar va alohida jarayonlar orasidagi chegaralarni yo'qotadi. Shuning uchun ham fiziologiyani o'rganayotgan vaqtda etologik yoki zoopsixologik nuqtai nazarlar bilan yondoshish mumkin emas. Fiziologlarni vazifasi zoopsixolog va etologlarnikidan farqlidir. Yuqoridagi xech bir fan boshqasining o'rnini bosa olmaydi, ular faqatgina xamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishlari mumkin. Bu yo'nalishlar orqali hayvonlarni to'liq tahlil qilish imkoniyatini yaratishimiz mumkin. Hayvonlarni tadqiq qilish asosan laborotoriya sharoitida amalga oshiriladi. Zoopsixologiya fanida hayvonlarni atrof muhit bilan munosabatlarini o'rganish holatalari ham mavjud. Hayvonlar o'zlarini oldingi tajribalaridan kelib chiqqan holda ularni nazorat qilish oson bo'ladi. Labirint usuli. Bu usulni Smoll (Small) Albion Vudberi o'ylab topgan, amerikalik sosiolog sosial darvinizmning nomoyondasi xisoblanadi. "Amerika sosiologiya jurnali" asoschisi 1895 yilda tashkil toptirgan, 1892 yilda Chikago universiteti sosiologiya fakultetiga asos solgan. Tajriba xayvonchasiga turli xildagi emak qo'yiladi, bunda tajriba hayvonchasi mummoni echimini topgandan so'ng mukofot tariqasida emak berilgan. Agar hayvonchalar noto'g'ri yo'lni tanlaganlarbo'lsalar ularga jazo beriladi. Oddiy shakldagi labirint sifatida T obrazli koridor yoki trubka olinadi. Bu holatda hayvon to'g'ri yo'lni tanlasa mukofot oladi, noto'g'ri yo'lni tanlasa mukofotsiz qoladi, xattoki jazo olishi mumkin. Murakkab labirintlar sifatida T shaklining murakkab turlari keltirilishi mumkin. Natijalar tahlili hayvonlarning xatolari va reaktsiya tezligi orqali aniqlanadi. Labirint usuli hayvonlarning ko'nikma va malakalarini o'rganish holatlari bilan bevosita bog'liqdir. Bu usul orqali hayvonlarda ko'nikmalar xosil bo'lishi mumkin. Ko'nikmalardan tashqari hayvonlarda sezuvchanlik xususiyatini oshirishimiz mumkin. Labirint usuli hayvonlarda xotira, diqqat, idrokni shakllantirishiga asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.

Download 48.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling