Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Download 242.97 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi242.97 Kb.
#1515738
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yaxyojonov Xurshidjon


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Jahon xalqlarini tarixini chuqurroq oʻrganish, tarixan hamda hozirda mamlakatimizda yuz berayotgan jarayonlarni aniq anglash, tahlil qilish, tegishli xulosalar chiqarishimizda bizga keng koʻlamli imkoniyatlarni taqdim qiladi. Zero Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek “Biz jahonda yuz berayotgan har qandaay siyosiy, iqtisodiy, madaniy oʻzgarishlar va yutuqlarni kuzatib borishimiz, manfaatli oʻzgarish hamda yangiliklardan unumli foydalanishimiz, zararli oqibatlarni keltirib chiqaruvchi omillardan toʻgʻri xulosa chiqara bilishimiz kerak”1. Darhaqiqat bugungi kunda tarixan yuz bergan va hozirda sodir boʻlayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlardan toʻgri xulosa qila bilish zamon talabidir. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek “Globallashuv Oʻzbekistonga allaqachon oʻz ta’sirini oʻtkazib ulgurgan, hozirda mamlakatimizda bir qancha xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy, diplomatic aloqalarni yoʻlga qoʻygan, bir qancha konfessiyalar, milliy madaniy markazlar faoliyat yuritadi2”. Shunday ekan jahondagi yuz bergan tarixiy jarayonlarni toʻgʻri tahlil qilish, holisona baholash, kerakli xulosalarni chiqara bilish va amaliyotga tadbiq qilish ijtimoiy va siyosiy sohaning bir boʻlagi boʻlgan tarixchilar uchun gʻoyatda muhim va kerakli unsurdir.
Kurs ishining maqsadi va vazifasi: Jahon tarixini o'rganish orqali dunyo hamjamiyati bilan yaqindan aloqa bog'lash, hamkorlik qilishda boshqa xalqlarning urf – odat, an`analarini bilishga va ma'naviy – madaniy rivojlanish darajasini o'rganish orqali munosabatlarni umuminsoniy manfaatlar asosida o'rnatishga xizmat qiladi.
Shuni unutmaslik kerakki, turli sivilizatsiyaga mansub kishilar jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlarda, xalqlarning shakllanishida o'ziga xos urf-odat, an'analarga ega bo'lib, ular yuz yillar davomida shakllanadi. Bu tushunchalar siyosiy tartiblar, mafkuralarga qaraganda bardoshli bo'ladi. Shuning uchun jahon tarixi bilan yaqindan tanishish jahondagi yuz berayotgan muammoli vaziyatlarni yaqindan oʻrganish va tahlil qilish, ularning umuminsoniy asoslari, taraqqiyot darajasi va yutuqlaridan chuqur bilim va ko'nikmalar hosil qilish, kishilarni vatanparvarlik, umuminsoniy g'oyalarga sadoqat ruhida madaniyatli qilib tarbiyalashda yordam beradi deb hisoblaymiz.

Download 242.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling