Kurs ishi mundarija
G'arbiy Rim imperiyasining qulashi
Download 118.4 Kb.
|
ILK O\'RTA ASR YEVROPASIDA ILK FEODAL MUNOSABATINING VUJUDGA KELISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ostgotlar Italiyada. Teodorix Buyuk
G'arbiy Rim imperiyasining qulashi
Atilla vafotidan keyin saroydagi fitnalar avj olgach, Aetsi ham halok bo'ldi. Imperator buyrug'i imperiya bilan o'ldirilgan Aetsidan keyin Valentinian III ham o'ldirildi. Shundan keyin vandallar 455 yilda Rimga hujum qilib, uni 14 kun taladilar, bu hujum imperiyani uzil-kesil halok qildi. Shu drujina boshliqlaridan biri Odoakr 467 yilda Rimning oxirgi imperatori go'dak Romup Avgustukni taxtdan tushirib, imperatorlik nishonlarini Konstantinapolga, Sharqiy imperatorga yubordi. Shunday qilib, G'arbiy Rim imperiyasi rasmiy jihatdan ham tamom bo'ldi. Uning markazi Parij bolgan Shimoliy Galiyadagi qolgan. - qutgan territoriyasini 10 yildan keyin (486 yilda) frank koroli Xlodvig bosib oldi. Odoakr davlati etnik sastavi jihatidan qurama bir davlat edi. Uning qo'l ostida Skerlar, Gerullar, gotlarning bir qismi, alanlar (Shimoliy Kavkaz qabilasi) va boshqalar bor edi. U Italiya zadagonlari ixtiyoridagi yerlarning 1/3 qismini musodara qilib, o'z tarafdorlariga berdi. lekin italiyalik - rimlik aholininh ichki idora ishlariga aralashmadi. Odoakrni davlatni boshqarishga layoqatsizligi sababli Konstantinapoldagilar Ostgotlar koroli Teodorixni tayyorlanmoqda edilar. Ostgotlar Italiyada. Teodorix Buyuk Vizantiyaning yordami bilan Teodorix 439 yilda Italiyani bosib oldi va shundan keyin 30 yi81dan ortiqoq (493-526) "Totlar va italyaliklar koroli" bo'lib hukumronlik qildi. Uning poytaxti Ravena shahri edi. Teodorix Vizantiyaga nisbatdan mustaqil holatda ichki va tashqi siyosat olib bordi. Ichki siyosatda Tepdorix aholining ikkala etnik gruppasini-rimliklar va varvarlarni murosaga keltirishga harakat qildi. U o'z saroyiga Rim olimlari va yozuvchilarini tortdi, eski Rim yodgorliklarini tikladi, atrofiga rimliklardan maslahatchilar to'pladi. Bular ichida rimlik Kassiodor davlat sekretari bumich bilan birga Teodorix topshirig'iga asosan "Gotlar tarixi"ni yozdi. Rimliklar uchun ilgarigi qonunlar o'z kuchini saladi. Gotlarga qui va kalonlardan foydalanish imtiyozlari berildi. Teodorix rimliklar uchun ham, gotlar uchun ham umumiy qonunlar (155 moddan iborat) to'plamini yaratdi. Ammo bu qonunlarni amlga oshirish qiyin edi. Teodorix davlatining siyosiy tuzumi Teodorix hukmronligining oxiriga qadar ikki yonlama bo'ldi. Gotlar rimliklarga qo'shilmay, alohida vaziyatda yashadilar. Ular alohida sudlarga ega bo Tib, harbiy xizmatlarni o'z zimmasiga olgan edilar. Din jihatdan ular katolik emas, balki arian edilar, mahaliy aholi esa katolik dinida edi. Teodorixning rimliklarga hayrihoh bo'lishi got zadagonlari orasida unga nisbatdan narozolik pay do qila boshladi. Download 118.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling