Kurs ishi mundarija


Shaharlarning tushkunlikka uchrashi. Kuriallar va kollegiatlar


Download 118.4 Kb.
bet3/12
Sana19.06.2023
Hajmi118.4 Kb.
#1600974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ILK O\'RTA ASR YEVROPASIDA ILK FEODAL MUNOSABATINING VUJUDGA KELISHI

Shaharlarning tushkunlikka uchrashi. Kuriallar va kollegiatlar
G`arbiy Rim imperiyasida kolonlikning rivojlanishi feadallashuv jarayonning asosini tashkil etadi. G`arbiy Rimning Italiya, Galiya Ispaniyadagi shaharlari imperiyaning keyingi davrida qattiq krizisni boshidan kechirmoqda edi. Qui mehnatiga asoslangan hunarmandlarning unumdorligi past edi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish nihoyatda qiyinlahsdi, chunki pomesitellarning biqiqligi, kolonlar xarid quvatining pastligi, natural xo`jaligining ko`payishi asosiy sabab edi. Bundan tashqari O`rta dengizdagi savdo balansi Sharqiy qismga qaraganda ancha qoloq edi. Shahar xo`jaligining tushkunlikka yuz tutishi sabali shahrlarda ham bo`lg`usi feodal munosabatlar paydo bo`la boshladi.
Chunonchi, shahrlarda yashovchi o`rta hol yer egalari, shahar kuriyalarining a`zolari (kuriallar), ya`ni aholining soliqlarni to`lashi va hokazolar uchun javobgarliklar yuklatilgan, o`z vazifasidan mashaqqat chiqayotgan kuriallar majburiy suratda kuriyalarga biriktirib qo`shila boshladi. Hukumat kuriallik unvonini nasldan -naslga meros bo`lib o`tadigan qilib qoydi. O`z shahri va quriyasini o`zicha tashlab ketadigan kuriallar yo`li bilan jazolanishi hatto tyurmaga qamalishi kerak edi.
Shu bilan birga shahar hunarmandlari majburiy suratda maxsus ittifoqlarga -kollegiyalar uyushtirildi. Hunarmandlar, ya`ni kolegiya a`zolari yashab turgan joyidan ketish huquqidan mahrum qilindi. Kollegiyalar quldorlik davlatiga o`z hunarining mahsulotlarini topshirishga majbur edi. O`zining yashab turgan joyidan qochib ketgan shahar hunarmandlari qo`lga tushurilsa, ularning badaniga temir qizdirib bosilar edi. Hujjatlarda ular "davlat qullari" deb yuritiladi.
Pomestye -kastellum. Yer -egalari magnatlar xususiy hokimiyatning kuchayishi
Natural xo`jalik hukmronligi kuchayib borayotgan davrda pomestye – villa xo`jalik va ijtimoiy hayotning asosiy yacheykasiga aylanib bordi. Senatda va badavlat shahar aholi qatlamlari pomestye-villalarda yashashni afzal ko`rdilar. Villalarning tashqi ko`rinishilari o`zgara boshladi, o`rta asr qasrlariga o`xshay boshladi.
Yer egasi – magnatning odatda o`z qasrida turmasi va o`z qo`shini bo`lar edi. Bu qo`shinlar qasr atrofidagi pomesitellani tashqi hujumlardan himoya qilishda ko`maklashar va o`z navbatida dehqonlar ham qo`shinlar oldidagi homiylik vazifasini bajarar edilar. Shunday qilib katta yer egalarining xususiy hokimiyati davlat hokimiyati tusiga, ya`ni xalq ustidan yurgiziladigan hokimiyat tusiga kira boshladi. Imperiyaning oxirgi davrida Rimda quldor yer egasi ma`lum darajada hukmdor, o`z pomestyesining va o`z atrofidagi butun okrugning hokimi, egasi edi.



Download 118.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling