Kurs ishi mundarija
Download 118.4 Kb.
|
ILK O\'RTA ASR YEVROPASIDA ILK FEODAL MUNOSABATINING VUJUDGA KELISHI
Kolonlik
Kolonlar deb, Rim Respublikasida quldorlarning latifundiyalaridan (yirik pomesitellaridan) yer uchastkalarini ijaraga olib ishlovchi ijarachi erkin mayday dehqonlarni aytilgan. ...Yerlarni maydalab ijaraga berish (ijaraga oluvchilar esa yerdan mahrum etilgan dehqonlarning o`zi edi) yer egalariga bu yerlardan foydalanish uchun eng qulay usul bo`lib ko`rindi. Shunday qilib, quldorlik sistemasi bilan bir qatorda ma`lum darajada kelgusi feodal tuzumdan darak beradigan yangi munosabatlar (Katta yer egaligining yerlardan maydalab foydalanish usuli bilan birga qo`shilishi, mayda mustaqil, lekin shaxsan qaram bo`lgan ishlab chiqaruvchi dehqonning eksplutatsiya qilinishi) ham rivojlana boshladi. Kolonlik rivojlanib krepostnoylikka tobora yaqinlasha boshladi. Quldorlarning ijarasi bo`lgan, qullar orasida yashagan, kerakli asbob, urug`lik, turar joy va hokazolarni ham ko`pincha quldordan oladigan kolonlar tobora quldorlarga qaram bo`lib qolib, bir emas, bir necha kun pomesitelni - villani tashlab, boshqa joyga ketib qutilish imkonidan butunlay mahrum bo`ldi. 332 yilda imperator Konstantin Buyuk katta yer egalarining manfaatlarini ko`zda tutib, kolonlarning ishlab turgan pomestyesini tashlab ketishni taqiqlaydigan va qochib ketgan kolonlarning majburiy yo`l bilan qaytarib olib kelinishini talab qiladigan farmon chiqardi. Imperator va senatorlarga qarashli pomesitellarda (bu pomesitellar saltuslar deb atalardi) Kolonlar qudratli imperator ma`muriyati yoki hukmi zo`r senatorlar tomonidan ancha ilgariyoq tutqunlikka solingan edi. Shunday qilib kolon yuridik jihatdan qui deb hisoblanmas (qulga nisbatan erkin kishi hisoblanib, davlat undan fuqarolik solig`i undirar edi). Lekin haqiqatda esa erkin ham emas edi, chunki pomestye territoriyasidan chiqib ketolmas va yer egasiga doimiy suratda obrok to`lab turishga yoki uning uchun biror formada "qullik majburiyatini" - barshchina o`tashga majbur edi. Kolonlar ham krepostnoy emas edi, lekin D.Engels iborasi bilan aytilganda ular "O`rta asrlardagi krepostnoylarning o`tmishdoshlari" edi. IV –V asrlarda kolonlarning soni qisman yersiz dehqonlar hisobiga, qisman ozod qilingan qullar ("ozod qilinganlar") hisobiga ko`paya bordi. Shu bilan bir vaqtda quldorlar o`z qullarining bir qismini kazarma holatidan yakka xo`jalik holatiga ("Kulbash qullar") ko`chirdilar. Bu qullar o`z xo`jayinlariga obrok to`lashga majbur edilar. Shartli ravishda yer olgan chetdan kelgan varvarlar ham kolonlarga o`xshash ahvolda edi. Download 118.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling