Kurs ishi mundarija


Hukumat siyosatida ikki tendensiya kurashi


Download 118.4 Kb.
bet4/12
Sana19.06.2023
Hajmi118.4 Kb.
#1600974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ILK O\'RTA ASR YEVROPASIDA ILK FEODAL MUNOSABATINING VUJUDGA KELISHI

Hukumat siyosatida ikki tendensiya kurashi
IV asrda Rim hukumati o`zining III asrdagi og`ir krizis holatidan birmuncha qutuldi. Imperatordan Diokletian (284-305) va Konstantin (306-307) imperiyaning ma`muriy-moliyaviy apparatini mustahkamlashga qaratilgan bir qancha reformalar o`tkazdi. Jumladan: -Soliqlaming natura shaklida olinishi; -Yer va aholining hisobga olib turilishi; -Ish haqinining va mollar narxining normaga solinishi; -Oltin muomalasining (solid) tiklanishi;
-Dehqonlar-kolonlarning, hunarmand-kollegiatlarning amalda tutqunlikka solinishining yuridik yo`l bilan rasmiylashtirilishi va boshqalarning barchasi quldorlik ijtimoiy tuzumini tobora mustahkamlashishiga qaratilgan edi.
Diktatorlikni mustahkamlashga harakat qilindi. Prinsipat o`rnini, yani Republikaga xos bo`lgan ba`zi traditsiyalarni saqlab qolgan imperator hokimiyati o`rnini doimiy, muntazam samaderjavining bir formasi bo`lgan va Sharqdagi qadimgi despotik (mustabid) monarxiya podsholari hokimiyatiga o`xshash despotik hokimiyat tashkiloti bo`lgan dominant egalladi. Diokletian va Konstantin vaqtida chinovniklar byurokratiyasi haddan tashqari kuchaytirildi.
Senatlar amalda haqiqiy hukmron yuqori organlik ahamiyatini yo`qotib, o`z o`rnini imperatorning konsistoriya deb atalgan byurokratik kengashiga berdi, bu kengashning a`zolari imperator huzirida hatto o`tira olmas ham edilar. Bu davrda qo`shinlar safi ham ancha mustahkamlandi, ularning ko`pchilik qismi yollanib xizmat qiladigan varvarlardan iborat edi.
Rimning keyingi asrlardagi imperator hokimiyati o`z oqibati jihatidan markazlashtirishga butunlay zid bo`lgan tadbirlarni amalgam oshirdi. Yuqorida aytib o`tilganidek, imperatorlik mahaliy magnatlarning xususiy hokimiyatini (xalqga hukumronlik qilish funksiyalarini ham) tan olgan edilar, bundan tashqari Diokletian imperiyani to`rt qismga (ikki Avut bilan ikki Sezar o`rtasida) taqsim qilib tetrarxiya deb atlgan narsani joriy qildi, har bir hokimga muayyan viloyatlar va maxsus poytaxt ajratib berdi.
Imperiyaning pereferik turlar deb ataladigan to`rt qismi Italiya, Galiya Jlliriya, Sharqdan iborat bo`lib, Sharq sastaviga Bolqon yarim orolining Janubiy-Sharqiy qismi Fraksiya viloyati ham kiradi. Konstantin vafotidan keyin imperiya ikki yoki uch qismga 395 yilda imperator Feodosiy o`lgandan keyin imperiya butunlay mustaqil bir-biriga qarama-qarshi bo`gan ikki qismga -G`arbiy va Sharqiy qismlarga uzil- kesil bo`linib ketdi. III asr oxirida -IV asrning boshlarida imperiyaning siyosiy markazi bo`lib qoldi, bu shaharniKonstantin Buyuk antik zamondagi Vizantiya shahri o`rnashgan joyda qurgan edi.

Download 118.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling