Kurs ishi mundarija


Sharq mamlakatlarida feodalizm


Download 118.4 Kb.
bet7/12
Sana19.06.2023
Hajmi118.4 Kb.
#1600974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ILK O\'RTA ASR YEVROPASIDA ILK FEODAL MUNOSABATINING VUJUDGA KELISHI

Sharq mamlakatlarida feodalizm
XIX asr davrlarida Yevropa tarixchilari feodal taraqqiyot faqatgina Yevropaga xos deb tushuntirib keldilar. Hatto rus tarixiga va G'arbiy slovyanlar tarixiga nisbatan olganda ham, bu yerlarda hech qanday feodalizm bo'lmagan, degan fikrlar aytilgan. Ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini chuqur o'rganish asosida jahondagi barcha xalqlar tarixiy taraqqiyotining xuddi ana shu bosqichini bosib o'tishi muqarrarligiga ishonch hosil qilish mumkin. Albatta, shu bilan birgalikda Sharq mamlakatlaridagi (Hindiston, Yaponiya, Turkiya va h.) turli feodal munosabatlarning konkret xususiyatlariga ham ega.
Sharq feodalizmi ilk vujudga kelgan, bu yerdagi feodalizm G'arqbdagi feodalizmga nisbatan ancha uzoqroq yashagan. Hatto XVIII asrning II yarmida va butun XIX asr davomida Sharq mamlakatlarining ko'pchiligida feodal munosabatlar deyarli o'zgarmasdan o'shandayligicha qolib qolavergan. Sharq feodalizmi Yevropa feodalizmidan farq qilgan holda ikkita xususiyatga ega:
1) Sharq feodalizmi sharoitida quldorlik tuzumining anchagina sarqitlari saqlanib qolganligidir. U yoki bu Sharq mamlakatidagi mehnat ahlining deyarli anchagina proyekti qullardan iborat ekanligi. Sharq feodalizmida muayyan quldorlik unladining uzoq vaqt saqlanib qolganligi to'g'risida gapirishga imkon beradi.
2) O'rta asrlarda Sharqda feodal yer egaligining o'ziga xos xususiyatiga ega bo'lganligidir. Feodal xususiy mulkchiligi o'rta asrlarning birinchi yuz yilligidayoq xususiy xarakter kasb etgan va dehqonlarning ko'pchilik ommasi yer egalari-feodallarga qaram bo'lgan Yevropadan farq qilib, Sharqning bir qancha mamlakatlarida keyingi o'rta asrlargacha yer feodal davlat ixtiyorida bo'lgan.
Sharq mamlakatlarida davlat yer egaligi hisobidan xususiy feodal mulk egaligi ham yashab va rivojlanib kelmoqda edi. Feodal yer egaligining bu ikki turk o'rtasidagi kurash o'rta asrlar Sharqining butun tarixida boshdan oxirigacha davom etib keldi. Bu tarix feodal hukmron sinflarining turli qatlamlari o'rtasidagi ichki ziddiyatlarni ochib berdi, bularning har biri yerga egalik qilishining va qaram dehqonlarni eksplutatsiya qilish usulining o'ziga qulay formalarini joriy qilish uchun kurashar edi.
Butun o'rta asr davomida feodal eksplutatsiyasining uchta asosiy formasi bo'lib keldi, feodal eksplutatsiyasining bu formalari birin-ketin almashinib turdi, ba'zan uchala formasi ham bir-biri bilan qo'shilib bir vaqtda amal qilib turdi.
Feodalizm sharoitida krepostnoy dehqonning ahvoli qulning ahvolidan bir muncha farq qilar edi. Uning yer uchastkasi chek yeri bo'lib, bu yerni unga feodal berar va u yer otadan o'gilga meros bo'lib qola berar edi: dehqonning o'z uyi, qo'rasi, ish hayvoni, juda ibtidoiy bo'lsa ham, turli xildagi dehqonchilik invertarlari bo'lar edi.
O'zidan oldin o'tgan quldorlik sistemasiga qaraganda, feodalizm iqtisodiy sistemasining asosiy afzalligi ham shundadir: shu yangi vaziyat tufayli yangi feodalizm jamiyatida (quldorlik jamiyatiga nisbatan) ishlab chiqarish kuchlarini yanada keng miqyosda va yanada tezroq rivojlantirish mumkin bo'ldi, bu feodal jamiyat zaminida kapitalistik tuzum elementlarini rivojlantirib boradi.
O'rta asrlardagi jamiyat va davlat taraqqiyotida asosiy bosqichlarning xronologik ramkalari

O'rta asrlar tarixi odatda uchta katta bo'limga bo'linadi.


I. Ilk o'rta asr V asrdan boshlab taxminan XI asr oxirigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi, bu davr feodal tuzumining tashkil topishi, feodal jamiyatning asosiy iqtisodiy hujayrasi bo'lgan feodal pomestiyasining vujudga kelishi, feodallar tabaqalarining va feodal serarxiyasi deb atalgan israrxiyaning tashkil topishi, o'rta asr feodal Yevropasida asosiy idealogik kuch bo'lgan katolik cherkovi ta'sirining butun G'arbiy Yevropaga yoyilishi davridir.
II. O'rta asrlarning ravnaqi Xl-XV asr o'rtalarini o'z ichiga oladi, bu davrda feodal ishlab chiqarish usuli qishloqda to'la rivojlanibgina qolmay, balki sex hunarmandchiligiga va o'ziga xos shahar ijtimoiy tuzumiga ega bo'lgan o'rta asr shaharlari ham rivojlanib, muvaffaqiyatlarga erishdi, bu tuzumning xususiyati shaharlarning feodal hukmronligidan ilk xalos bo'lishi, erkin shahar deb atalgan shaharlarning yoki Respublika-shaharlarning vujudga kelishidir. O'rta asrlarning birinchi davrdagi siyosiy tarqoqlikka qarama-qarshi o'laroq, ikkinchi davrda markazlashgan yirik davlat tashkil topdi, shu bilan birga qirol hokimiyatining obro'-e'tibori oshdi, sasloviyalik monarxiya deb atalgan monarxiyalar tashkil topdi. Dehqon g'alayonlari jamiyatni larzaga keltirdi, bu harakatlar shahrlardagi pastki tabaqalar plebitlar bilan qo'shilib ketdi.
III. Keyingi o'rta asrlar -XVI asrni va XVII asrning birinchi yarmida o'z ichiga olib, bu davr feodalizmning chirishi va feodalizm ichida kapitalizm elementlarining yetilish davridir, ya'ni dastlabki yetilish davri boshlandi. Dehqonlar urushlari va burjua revolyutsiyalari davridir. Bu davrda Yevropada davlatning asosiy xalq ommasinng kurashini bostirish uchun markazlashgan hokimiyatning kuchayishidan manfaatdor bo'lgan dvaryanlarga tayanar edi, hamda hokimiyatni to'g'ridan-to'g'ri o'z qo'liga olish uchun xalq yetarli darajada kuchli bo'lmagan burjuaziya bilan ham ittifoqda edi.

IV asr oxirlariga kelib Rim imperiyasining har tomonlama, iqtisodiy, siyosiy jihatdan zaiflashuvi varvarlar qabilalarining imperiya territoriyasiga bemalol kirishi imkonini yaratdi. Imperiyaning federat - ittifoqchi davlatlarga keng huquqlarni berishi ularning osongina ajralib chiqishi uchun sharoit hozirlari II - IV asr davomida german qabilalarida ro'y bergan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar bu qabilalarning ko'proq Janubga, yani Rim imperiyasi territoriyasiga yurish boshlashga olib keldi. Bu davrda german qabilalarida chorvachilik, hunarmandchilik, dehqonchilik, non sanoat bilan bog'liq ishlab chiqarish sohalari rivojlandi. Rim imperiyasi viloyarlari bilan savdo - sotiq yaxshi yo'lga qoyildi. Varvarlarning aholisi tobora ko'payib borganligi sababli yer masalasi muhim masala bo'lib qoldi. Ular imperiyasining serhosil va qisman butunlay ishlov berilgan yerlarni ishg'ol qilishga intildilar.


Germanlarda bu davrda ijtimoiy o'zgarishlar sodir bo'lib, tabaqalanish
- zadagonlarning ajralib chiqishi, qabilalarning katta - katta ittifoqlari
vujudga kelayotgan edi:
- Quyi Reynda hamda Yutlandiya yarim orolida anglo-saks qabilalar
birlashmasi :
- O'rta reynda frank qabilalari ittifoqi:

  • Yuqori Reynda allemanlar ittifoqi (bunga kvadlar, Markomanlar, qisman svevlar)

  • Elbada va Elbaning narigi tomonida langobardlar, vandallar, burgundlarning ittifoqi tashkil topdi.

IV asr oxiri Vizantiya asr boshlariga kelib varvar qabilalari yoppasiga imperiya territoriyasiga yurish boshladilar. Ular istelo qilingan joylarga aholini oilasi, ro'zg'or anjomlari bilan o'rnashtira boshladilar. Qulab borayotgan Rim imperiyasi IV asr oxiri Vizantiya asrning boshlarida Xalqlarning buyuk ko'chishiga qarshilik ko'rsata olmas edi.
Gotlar va Qora dengiz bo'ylari xunnlarning kelishi

Tarixchilar xalqlarning buyuk ko'chishini gotlarning imperiya territoriyasiga bostirib kirishidan boshlangan deb hisoblaydilar. Ostgotlar ham Vestgotlar ham imperiya bilan tinch totuvlikda yashayotgandek ko'rinar edi. Ular o'rtasidagi munosabatlar, savdo - sotiq ishlari, yer masalasi qiyinchiliksiz hal qilinar edi. Gotlar xristiyanlikni Sharqiy rimliklardan qabul qilgan edilar. Gotlar Ostgotlar o'rtasida xristiyanlikni targ'ib qilgan kishi episkop Ulfila bo'ldi, u injilni va diniy kitoblarni got tiliga tarjima qildi. Ostgotlar davlati kuchli bo'lib, u ko'provoslav qabilalarni, hamda slovyan va sharqiy sarmat qabilalarini birlashtirgan edi. Bu davlat korol Germanarix 50 yil boshchilik qildi ( u 375 yilda vaf. etdi). Qora dengiz bo'yidagi Gotlarga Qora dengiz boyidagi Gotlarga qora dengiz bo'yidagi Grek koloniyaliklarining va ayniqsa Bospor podsholigining antik madaniyati anchagina Ostgotlar o'z ta'sirini o'tkazdi.

  1. yilda Qora dengiz bo'yiga Osiyodan juda ko'provoslav sonli gunnlar qabilasi keldi. Gunnlar bularning bir qismi turk irqidan bo'lib, bir qismi mo'g'ul irqidan bo'lsa kerak, bir vaqtlar Xitoy chegarasida yashar edilar, key in ular butun Ostgotlar O'rta Osiyoni bosib o'tib, nihoyat, janubiy Ural bilan Kaspiy dengiz Ostgotlar'rtasidagi "Kaspiy darvozasi" orqali Don va Dnepr havzasiga kirib bordilar. Gunnlar ostgotlar ittifoqiga qaqshatgich zarba berdilar. Gunnlar Ostgotlarni Ostgotlar'zlariga bo'ysundirib, ular bilan birgalikda Vestgotlar ustiga yurish qildilar. Vestgotlar Sharqiy Rim imperiyasidan panoh izlab, Dunaydan Ostgotlar'tib, federatlar sifatida Bolqon yarim oroliga joylashish uchun ijozat so'radilar.

  2. yilda konstantinapol hukumatining ijozati bilan bir shillionga yaqin Vestgotlar (bulardan 200 mingi qurollangan erkaklar edi) Dunaydan o'tdilar. Ularga joylashish uchun hozirgi Bolgariyaning Meziya oblasti ajratib berildi.
Vestgotlar Imperiyada



Vestgotlarning Bolqon yarim orolida pay do bo'lishi Shiterriya amaldorlari bilan chiqisha olmasligi oqibatida Rim imperiyasi uchun xavfli oqibatlarga olib keldi. Vestgotlar tez orada Rim hukumatiga qarshi qo'zg'alon ko'tarib "federatlikdan" endi imperiya hukumatining xavfli dushmanlariga aylandilar.
Vestgotlar Bolqon yarim orolining Janubiga qarab yo'l oldilar. 378 yili ular Adrionapolga eminjoyda Rim qo'shinlarini tor - mor qildilar; bu qo'shinlarga qo'mondonlik qilgan imperator Valent o'ldirildi. Vestgotlar hujimidan qo'rqqan Feodosiy Imperiya (1379-1395) hiyla ishlatib, ularni tinchlantirish maqsadida Bolqon yarim orolining serhosil yerlardan ajratib berdi. 90 yillarda hozirgi Yugaslaviya territoriyasidagi illiriya viloyati Vestgotlarga berildi.
Feodosiy o'lgandan key in Rim imperiyasi uning o'gillari ortasida taqsimlandi. Sharqda Arkadiy ( 395 - 423 ) idora qila boshladi. Aka-uka imperatorlarning ikkalasi bir - biriga dushman edi. Konstantinapol hukumati Vestgotlarni g'arbiy Rim imperiyasiga qarshi qo'zg'atishga qastdan harakat qildi.
... Vestgotlar koroli Aralix endi qattiq qarshilikka uchramay, 409 yilda Italiya territoriyasiga kirib bordi. Alarix Rimni qullar yordami bilan oldi. Rimda va uning atrofida yashagan 40 mingga yaqin qul Аlarix tomoniga o’tdi. Vestgotlar 410 yilning 24 avgustida Rimni bosib oldilar. Rimdagi quldor zadagonlarning ko'plari o'ldirildi, asir olindi va qui qilib sotildi, rimliklarning bir qismi qo'rquvga tushib, Shimoliy Afrikaga va Bolqon yarim oroliga qarab qochdilar.
Alarix so'ngra Slisiyaga, u yerdan esa Shimoliy Afrikaga yurish qilmoqchi edi. Lekin 410 yili Alarix o'lganligi sababli bu yurishi to'xtatildi.

Download 118.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling