Kurs ishi reja


Download 220.35 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi220.35 Kb.
#1601490
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi reja

Asosiy qism:
I.Adabiyotning tur va xillari : o‘zbek mumtoz adabiyoti misolida

Adabiy asarlar shakl jihatdan benihoya rang-barang bo‘ladi.Shuning uchun ularni alohida –alohida guruhlarga ajratib o‘rganish lozim.Adabiy asarlar shaklan quyidagicha tasnif qilinib o‘rganilishi maqsadga muvofiq:adabiy asarlarning yirik guruhlari adabiy tur,adabiy turning ichki guruhlari adabiy tur shakllari,adabiy shaklning ichki guruhlari adabiy janrlar(frans.genre)va ,nihoyat,adabiy janrlarning ichki bo‘linishi janr xillari.1


An'anaviy ravishda badiiy asarlarni uchta katta guruhga — epik, lirik va dramatik turlarga ajratib kеlinadi. Adabiyotshunoslikda badiiy asarlarni turlarga ajratish masalasi qadimdan ishlanib kеladiki, bu uning adabiyotshunoslikning muhim nazariy masalalaridan ekanligini ko`rsatadi. Birinchi bo`lib adabiyotni turlarga ajratgan Platon (mil.av.428-348) tasniflash asosi sifatida taqlid qilish usulini oladi. Unga ko`ra,
“shoir va roviylar nima haqda gapirmasin, bu yo o`tmish, yo hozir va yo kеlajak haqidagi hikoya” bo`ladi. Hikoya qilish esa “yo oddiy rivoya, yo taqlid qilish vositasida va yo ikkisining birligi” asosida amalga oshishi mumkin. Shu o`rinda Platon “taqlid qilish” dеganda nimani nazarda tutishini aniqlashtirib olish foydadan holi emas. Platon shoir
yoki roviy o`zganing tilidan aytgan nutqni — pеrsonajlar nutqini taqlid qilish dеb biladi. Chunki bu holda shoir yoki roviy “o`z nutqini o`sha pеrsonaj nutqiga imkon qadar o`xshatishga harakat qiladi, ya'ni taqlid qiladi. Shulardan kеlib chiqqan holda Platon aytadiki, “poeziya va mifnavislikning bir turi to`laligicha taqliddan tarkib topadi — bu, sеn aytgandеk, tragеdiya va komеdiya; boshqa turi to`laligicha shoirning aytganlaridan iborat — buni ko`proq difiramblarda topasan; epik poeziya va boshqa ko`plab xillarda bu ikkala usul” qorishiq holda kеladi. Ko`rib turganimizdеk, bu o`rinda uchta adabiy tur — drama, poeziya va eposga xos xususiyatlar farqlanadi.
Miloddan avvalgi 384-322-yillarda yashagan qadim yunon qomusiy olimi Aristotеl o`zining "Poetika" nomli asarida badiiy asarlarni turlarga ajratish an'anasini davom ettirgan. Aristotеl san'atlarni “nima bilan”, “nimaga” va “qanday” taqlid qilishiga ko`ra
farqlaydi. Aytish kеrakki, hozirgi estеtikada ham ayni shu xil tasnif tamoyili asos sifatida saqlanib qolgan. Agar birinchi jihat — “nima bilan” taqlid qilish asosida musiqa, raqs, haykaltaroshlik, adabiyot kabi san'at turlari farqlansa, ikkinchi jihat — “nimaga” taqlid qilish asosida asarlarning etik va estеtik bеlgilari ajratiladi. Uchinchi jihat — “qanday” taqlid qilish asosida Aristotеl adabiy turlarni bir-biridan farqlaydi. 2


1To‘xta Boboyev.Adabiyotshunoslik asoslari.Toshkent.”O‘zbekiston”2002.459-b.
2Dilmurod Quronov.Adabiyotshunoslikka kirish.Toshkent.Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti.2004.178-b
Unga ko`ra, taqlid “... voqеani, Gomеrga o`xshab, o`zidan tashqaridagi narsadеk hikoya qilish orqali; yoki shundayki, taqlid qiluvchi qiyofasini o`zgartirmagan, o`z-o`zicha qolgan holda; yoki barcha tasvirlanayotgan shaxslarni harakat qilayotgan, faoliyatdagi kishilar sifatida taqdim etgan holda” amalga oshishi mumkin. To`g`ri, bir qarashda Platon va Aristotеlning turlarga ajratish prinsiplari bir xildеk ko`rinishi mumkin. Biroq, e'tibor qilinsa, Platon ko`proq nutq shakliga tayansa, Aristotеl taqlidchi va taqlid qilinayotgan obyеkt munosabatiga tayangani ko`rinadi.
Adabiy turlarni ajratishda taqlid usulini asosga qo`yish an'anasi XVIII asrgacha davom qilib kеldi. XVIII asrga kеlib nеmis faylasufi Gеgеl badiiy adabiyotni turlarga ajratishda “obyеkt” va “subyеkt” katеgoriyalaridan kеlib chiqdi, tasvir pеrdmеtini, ya'ni konkrеt asarda nima tasvirlanayotganini asos qilib oldi: epos — voqеani, lirika — ruhiy kеchinmani, drama harakatni tasvirlaydi. Kеyinroq, XIX asrda yashagan rus tanqidchisi V.G.Bеlinskiy ham, asosan, Gеgеl an'anasini davom ettirdi. Ayni paytda, u asardagi obyеkt (voqеlik) va subyеkt (ijodkor) munosabatiga ko`proq urg`u bеrdi, ya'ni: eposda obyеktivlik, lirikada subyеktivlik, dramada ikkisining qorishiqligi kuzatilishini
ta'kidladi. Eposni "obyеktiv poeziya" (poeziya bu o`rinda umuman badiiy adabiyot ma'nosida) dеb atarkan, Bеlinskiy epik asar muallifi o`zining ixtiyoridan tashqari "o`z-o`zicha amalga oshgan narsaning oddiy hikoyachisi" maqomida turishini, lirikani "subyеktiv poeziya" dеganida esa "unda ijodkor shaxsiyatining birinchi planda turishi va
barcha narsa uning shaxsiyati orqali qabul qilinishi va anglanishi"ni nazarda tutadi. Shuni unutmaslik kеrakki, obyеktivlik va subyеktivlik dеgan tushunchalarni mutlaqlashtirmaslik zarur. Zеro, eposni "obyеktiv poeziya" dеganimizda uning faqat o`quvchi nazdidagina "obyеktivlik" illuziyasini hosil qilishi nazarda tutiladi, aslida esa epik asarda ham subyеktiv ibtido mavjuddir.
Albatta, har bir adabiy turning qator o`ziga xos jihatlari, o`ziga xos xususiyatlari bor. Masalan, shulardan biri — lirik asarlarning asosan shе'riy yo`l bilan, epik asarlarning asosan nasriy yo`l bilan yozilishi. Xo`sh, ayni shu narsa adabiy turning bеlgilovchi xususiyati sanala oladimi? Yo`q, chunki, shе'riy yo`l bilan yozilgan epik va dramatik
asarlar bo`lganidеk, nasriy yo`l bilan yozilgan lirik asarlar ham mavjud. Shuningdеk, konkrеt adabiy turga mansub asarlarning hajmi, ulardagi yеtakchi nutq shakli, konflikt turi, problеmatikasi kabilarda ham sеzilarli farqlar kuzatiladi. Lеkin bu xususiyatlardan qay birlari bеlgilovchi sanalishi mumkin? Mavjud tasnif prinsiplari orasida, bizningcha, Gеgеl taklif etgan tasvir prеdmеtidan kеlib chiqqan holda turlarga ajratish tamoyili
hozircha eng maqbuli ko`rinadi. Ya'ni, biz badiiy asarlarni turlarga ajratishda konkrеt asarda nima tasvirlanganidan kеlib chiqamiz: dramatik asarda harakat, lirik asarda kеchinmalar, epik asarda voqеlik (voqеalar) tasvirlanadi. Mazkur qarashni biroz rivojlantirib, turlarga ajratishda badiiy asarda nimaning obrazi yaratilganini qo`shimcha
asos sifatida qabul qilish mumkinki, bu tasvir prеdmеti asosidagi tasnifni to`ldiradi: lirikada subyеktning noplastik obrazi, buning ziddi o`laroq, dramada obyеktning plastik obrazi, eposda esa obyеkt va subyеktning qorishiq obrazi yaratiladi. Nima uchun lirikada
"subyеktning noplastik obrazi" yaratiladi dеb aytamiz? Ma'lumki, lirik asarning yеtakchi obrazi — lirik qahramon. Biz lirik asarni o`qiganimizda lirik qahramon holatini, kayfiyatini, kеchinmalarning qanday hayotiy holatda yuzaga kеlganligini, uning his-kеchinmalariga turtki bo`lgan voqеlik fragmеntlarini his qilishimiz, tasavvur qilishimiz
mumkin. Biroq lirik qahramonning o`zini, aytaylik, romandagidеk o`zining shakli
shamoyili bilan jonli bir inson (ya'ni, obyеktivlashtirilgan tasvir) sifatida ko`z oldimizga kеltirolmaymiz. Dramada biz obyеktning plastik obrazini ko`ramiz — qahramonlar
rеal xatti-harakatda bo`ladilar, ular jonli inson sifatida ko`rsatiladi.
Ayni paytda, dramada subyеkt obrazi yo`q. Eposda bu ikkisiga xos xususiyat qorishiq: biz so`z bilan tasvirlangan badiiy voqеlikni xayolimizda jonlantirishimiz mumkin, ayni paytda, unda muallif obrazi ham mavjud. Epik asardagi muallif obrazi ham, xuddi lirik asardagidеk noplastik obraz, zеro, biz uning voqеa-hodisalarga munosabati, kayfiyati, o`y-qarashlarini va h. har vaqt sеzib turamiz, biroq muallif obrazi boshqa pеrsonajlar obrazi singari ko`z oldimizda jonli inson sifatida gavdalanmaydi (ya'ni, asarda uning obyеktivlashtirilgantasviri yo`q).
Adabiy turlarga ajratishning bеlgilovchi prinsipini aniqlab olgach,endi har bir adabiy turga mansub asarlarga ko`proq xos bo`lgan (ya'ni, bеlgilovchi bo`lmagan) xususiyatlar haqida ham to`xtalish mumkin. Epik, lirik va dramatik asarlar o`zlarining nutqiy shakllanishi jihatidan bir-biridan farqlanadilar. Lirik asarlar, ma'lumki, asosan tizma (shе'riy) nutq shaklida mavjud. Ayni paytda, sochma(nasriy) masalan, Cho`lpon, Fitrat, Mirtеmir, I.G`afurov singari ijodkorlarning nasriy shе'rlari (ular "mansuralar", "sochma" atamalari bilan ham yuritiladi) adabiyot ixlosmandlariga yaxshi tanish. Shuningdеk,
adabiyotimizda nasriy yo`lda yozilgan lirik dostonlar ham mavjud bo`lib, ularga Cho`lponning "Oktabr qizi", A.A'zamning "O`zim bilan o`zim" singari asarlarini misol qilib kеltirish mumkin. Epik asarlar,asosan, sochma nutq shaklida yaratiladi. Shu bilan birga, adabiyotimizda shе'riy yo`lda yozilgan epik asarlar ham ancha kеng
tarqalgan. Masalan, B.Boyqobilovning "Kun va tun" shе'riy qissasi, H.Sharipovning "Bir savol", Muhammad Alining "Boqiy dunyo" shе'riy romanlari shе'riy yo`lda bitilgan epik asarlardir.1
Yuqoridagi fikrlar adabiyotning barcha davrlariga aloqador,ya’ni umumiy qoidalar sanaladi.Ammo musulmon sharqi adabiyoti doirasi tarkibiga kiruvchi o‘zbek adabiyoti haqida gapirganimizda yuqoridagi qonuniyatdan chiqishimizga to‘g‘ri keladi.Mumtoz adabiyot deganda o‘zbek adabiyotining eng qadimgi davrdan to XXasrgacha bo‘lgan davri tushuniladi.Bu davrlar oralig‘ida lirik va epik asarlar yaratishda katta yutuqlarga erishildi.


1Dilmurod Quronov.Adabiyotshunoslikka kirish.Toshkent.Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti.2004.178-180 b
Dramaturgiya sohasidagi asarlar esa,asosan,keyingi davr uchun xosdir.Islom diniga e’tiqod qiluvchi xalqlar singari o‘zbek adabiyotida ham sahna asarlariga nisbatan ruxsat berilmagani yoxud lirik asarlarimizda tuyg‘u yetarli ko‘lamda yoritilgani sabab bu xildagi asarlar yaratilmagan.Shunday qilib,lirik va epik asarlar xususida so‘z yuritamiz.
Epik tur.Voqealarni keng hikoya qilishga asoslaangan adabiy asarlar guruhiga epik tur va epos (yunoncha epos – rivoya,hikoya, so‘z,nutq)deb ataladi. Epos odamlarni,ularning turli sharoitdagi xulq-atvori va kechinmalarini ,ishtirok etgan voqealarni,turli hodisa va kishilarga bo‘lgan munosabatini tasvirlaydi.Demak,epos voqelikning o‘zini aks ettirar ekan.
Adabiyot xarakterlar va tiplar yaratish san’ati bo‘lgani uchun adabiy turlar ham xarakter yaratish jihatidan xususiyati shundaki,u voqelikning rivojlanish jarayonida ko‘rsatish orqali xarakterlarni tasvirlab beradi.

Epik tur kichik,o‘rta va katta shakllarga bo‘linadi.Kichik epik shakl - hikoya va ocherk janrlaridan iborat. O‘rta epik shakl – povest va katta epik shakl – epopeya va roman janrlarini o‘z ichiga oladi.


Lirika(yunoncha lyricos – lira jo‘rligida kuylash) – badiiy adabiyotning asosiy turlaridan biri bo‘lib,biror hayotiy voqea –hodisa ta’sirida inson qalbida tug‘ilgan ruhiy kechinma,fikr va tuyg‘ular orqali voqelikni aks ettiradi.V.G.Belinskiy shunday deydi:”Eposda subyekt mavzu bilan ko‘milgan bo‘ladi;lirikada esa subyekt mavzuni o‘z ichiga olish,singdirish,uni chuqur o‘zlashtirish bilan cheklanmaydi,balki mavzuga to‘qnashuv uning ichida qanday tuyg‘ular uyg‘otgan bo‘lsa barchasini ichki chuqurligidan olib chiqadi.Lirika tilsiz sezgilarga so‘z va obraz beradi,ularga alohida hayot bag‘ishlaydi.Demak,lirik asarning mazmuni obyektiv voqeaning taraqqiyoti emas,uning mazmuni – subyektning o‘zi va u orqali o‘tgan hamma narsadir…Dunyoni va hayotni harakat qildiruvchi kuchlar bo‘lgan hamma umumiy narsa ,hamma substansiyaga oid narsa,har qanday ideya,har qanday fikr – lirik asarning mazmuni bo‘la oladi,lekin bu umumiy narsa subyektning eng yaqin,eng ichki narsasiga aylanishi , uning sezgisiga kirishi,uning biron tomoni bilan emas,balki butun mavjudiyati bilan bog‘langan bo‘lishi shart.Kishini mashg‘ul etgan,to‘lqinlatgan,shodlantirgan,qayg‘uga solgan,zavqlantirgan,tinchitgan,hayajonlantirgan nima bo‘lsa,qisqasi,subyektning ma’naviy hayotini tashkil qilgan hamma narsa,subyekt ichiga nima kirsa,unda nima paydo bo‘lsa,shularning barchasini lirika,o‘zining qonuniy boyligi kabi qabul qiladi.Mavzu bu yerda o‘z-o‘zicha qimmatga ega emas,hammasi subyektning unga bergan ahamiyatiga bog‘liq”.1


1To‘xta Boboyev.Adabiyotshunoslik asoslari.Toshkent.”O‘zbekiston”2002.460-480b.

“Lirik asarlarda so‘zga parvosiz qaralmaydi.Lirikada so‘z ritmli,ohangdosh qatorlar tashkil etadi.So‘z yolg‘iz mazmunni ifoda qilish vositasi emas,balki,ma’lum tovush,ohang kompleksi kabi badiiy element bo‘lib xizmat qiladi.She’r lirika tilining musiqiyligi,so‘zlarning qo‘yilishi,turli sifatga molik tovush tiplarining tartiblanishi,ularning maxsus birikishi,umuman,tovush qonuniga bo‘ysundirish ila vujudga keladi”.1


Lirik she’riyatimiz quyidagicha tasnif qilinadi: g‘azal, qasida, qo‘shiq, qit’a, ruboiy, tuyuq,fard,munozara,muqaddimot,mustazod,tarji’band,tarkibband,soqiynoma,marsiya, manzuma,musammat va boshqalar.
O‘rni kelganda shuni ham aytish kerakki,o‘tmishda she’rlarga hozirgidek mazmunga mos sarlavhalar qo‘yish odat bo‘lmagan,shu she’r yozilgan janrning nomi (qit’a, ruboiy, tuyuq, fard kabi) yoxud shu she’r qanday band nomi (masnaviy, murabba, muxammas, musaddas, musamman) bilan yuritilgan.

˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗


1V.G.Belinskiy.Tanlangan asarlar.T.,O‘zdavnashr,1955,184-b
II.Milliy mumtoz adabiyotimiz janrlari


Epopeya (yunon.epopoiia – rivoyatlar,qo‘shiqlar majmuyi) – millat yoxud xalq taqdiri hal bo‘ladigan voqea-hodisalarni aks ettiruvchi chuqur mazmunli va yirik hajmli epik asar.Epopeyada xalq hayoti,uning kurashi va qahramonliklarni keng tasvirlanadi.
Epopeya hali jamiyat garmonik holda bo‘lgan paytda (jamiyat bir-biriga dushman sinflarga keskin ajralib ketmagan davrda ) yozuvchilar umumxalq manfaatini (qaysidir bir sinf manfaatini emas) ko‘zlab ijod etayotgan davrlardayoq dastlab qadimgi Yunonistonda paydo bo‘lgan. Milliy tarixning odatda afsonalar qobig‘iga o‘ralgan qahramonlik voqealari epopeya uchun material bo‘lgan.Masalan,Troya urushi haqidagi afsona bir necha epopeya uchun tasvir obyekti bo‘lgan. Gomer mumtoz yunon epopeyasiga asos solgan. “Epopeyaning mazmunini , - debt a;kidlaydi V.G.Belinskiy , - o‘z hayotining individual manbalardan hali ayrilmagan xalqning hayot mohiyati,substansiya kuchlari,vaziyati,turmushi tashkil qilishi kerak.Shuning uchun epic dostonning asosiy shartlaridan biri uning xalqchilligidir : shoirning o‘zi ham voqeaga o‘z xalqining ko‘zi bilan qaraydi, voqeadan o‘z shaxsini ayirmaydi. Lekin epopeya yuqori darajada milliy bo‘lishi bilan baravar, u , ayni paytda , badiiy asar bo‘lishi uchun , individual xalq hayotining formasi o‘z ichiga umuminsoniy, jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan mazmunni olishi kerak…
Epopeya uchun mazmun berishga xalq hayotining voqeada ifodalanishi kerak.Xalqning go‘daklik zamonlarida uning hayoti ko‘proq botirlikda,qahramonlikda ifodalanadi…Epopeyada ishtirok qiluvchi shaxslar to‘la ravishda milliy ruh namoyandalari bo‘lishi kerak ; lekin qahramon o‘z shaxsi bilan kuchlarini ,uning mohiyatining, ruhining butun poeziyasini to‘la-to‘kis ko‘rsatishi kerak”. 1
O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida ham epopeya elementlari mavjud.Haydar Xorazmiyning “Gul va Navro‘z” , Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” , “Saddi Iskandariy” , Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” ,Muhammad Solihning “Shayboniynoma” kabi asarlarida epik tasvir salmoqli o‘rin tutadi,ularda o‘zbek xalqi hayotidagi muhim voqealar (afsonaviy yoxud yarim afsonaviy tarzda bo‘lsa-da) yoritilgan, ommaviy kurash manzaralari chizilgan. 2

˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗


1V.G.Belinskiy.Tanlangan asarlar.T.,O‘zdavnashr,1955,172-174 b.
2To‘xta Boboyev.Adabiyotshunoslik asoslari.Toshkent.”O‘zbekiston”2002.463b.
Povest (rus.povestvovat – rivoyaviy hikoya qilish ) – bosh qahramon taqdiri vositasida hayotning u yoxud bu qirralarini o‘rta epic shaklda rivoyaviy usul bilan aks ettiruvchi asar.
V.G.Belinskiy “Poeziyaning xil va turlarga bo‘linishi “ maqolasida povest janri haqida to‘xtalib,shunday deydi: “Povest ham ayni romanning o‘zginasidir , faqat kichik hajmdadir , asarning hajmi mazmunning hajmi va mohiyatiga qarab belgilanadi”.1
O‘tmish yozma adabiyotimizda , xususan, xalq og‘zaki ijodida qissachilik va qissago‘ylik mavjud bo‘lgan. Masalan, Nasriddin Rabg‘uziyning “Qissayi Rabg‘uziy” , Yusuf Amiriyning “Chog‘ir va Bong” , Yaqiniyning “O‘q va yoy” , Abdulvahobxo‘ja o‘g‘li Poshshoxo‘janing “Miftohul-adl” va “Gulzor” , Siddiqning “Chor darvesh”, Majlisiyning “Qissayi Sayfulmuluk “ kabi asarlari o‘tmish qissachiligining namunalaridir. Biroq bu asarlar tom ma’nodagi povestlar emas, ularda hayot voqea-hodisalari afsonaviy tarzda aks ettirilgan. Shu sababli bu asarlarning janr xususiyatlari ham o‘ziga xosdir. 2
Hikoya,novella (ital. novella – yangilik) – inson hayotidagi u yoxud bu yorqin hodisani, ijtimoiy yoxud psixologik konfliktni xarakter bilan uzviy bog‘liq holda rivoyaviy usulda tasvirlovchi kichik epik asar.Hikoya yoki novella – epik turning kichik janri. Bu asar, odatda, kishi hayotidagi g‘oyatda muhim voqea tasviriga bag‘ishlanadi va unda shu voqeaga qadar va undan so‘ng ro‘y beradigan voqealar batafsil bayon qilinmaydi.Hikoya muayyan vaziyatdagi kishi hayotining bir parchasi.
O‘zbek adabiyoti tarixida ham hikoya janrining o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li bor. Alisher Navoiyning “Xamsa”sidagi hikoyatlar yoxud Poshshoxo‘janing “Miftohul-adl” va “Gulzor”ida keltirilgan hikoyalar ,o‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi ertaklar o‘zbek hikoyachiligining o‘tmishdagi namunalaridir.


Ocherk ( rus.ocherkat – tasvirlash , chizish ) – ijtimoiy hayot voqealarini ,real kishilar faoliyatidagi muhim hodisalarni , zarur muammolarni rivoyaviy usulda aks ettiruvchi epik asar.
Ocherk o‘z tabiatiga ko‘ra hikoyaga yaqin turadi.Shunga ko‘ra, hikoya bilan ocherkni qiyoslab ko‘rsangiz har ikkala janr o‘rtasidagi mushtaraklikni ham,farqlarni ham osonlik bilan payqay olasiz.3
“…Ocherkist o‘zi bevosita ko‘rgan,mushohada qilgan kishilar,hodisalar to‘g‘risida yozgani uchun fantaziyadan …foydalangan taqdirda ham ma’lum chegaradan nari

˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗


1Qarang : Введение в литературоведение. М., “Высшая школа”, 1976, 387-б.
2,3To‘xta Boboyev.Adabiyotshunoslik asoslari.Toshkent.”O‘zbekiston”2002.470-b.
o‘tolmaydi. Hikoyanavis, masalan, o‘zining keksa qahramonida yoshlik tuyg‘usi uyg‘onganini aytmoqchi bo‘lsa,unda shu his uyg‘onganligini ko‘rsatadigan bir ish qildiradi,so‘zlatadi.Ocherkist o‘z qahramonida shunday tuyg‘u uyg‘onganligini aytmoqchi bo‘lsa, unga hech qanday ish qildirolmaydi,so‘z ayttirolmaydi,chunki bu qahramon konkret odam … “1

O‘zbek adabiyoti tarixida ham ocherkning ildizlari uzoq davrlarga borib taqaladi : mumtoz adabiyotimizdagi tarixiy-memuar asarlar,sayohatnomalar,xususan,Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” kabi asarlarida ocherkka xos qator xususiyatlar sezilib turadi.2


Bunga qo‘shimcha qilib aytish mumkinki,Muqimiy,Zavqiy,Furqat,Tajalliy yozgan “Sayohatnoma” , “Sarguzashtnoma” kabi asarlarni ham mumtoz adabiyotimiz davrida yaratilgan ocherklarga namuna sanaladi.

˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗


1Abdulla Qahhor.Asarlar,6-t.G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti,1971,249-252-b
2To‘xta Boboyev.Adabiyotshunoslik asoslari.Toshkent.”O‘zbekiston”2002.477-b.
G‘azal ( arab. G‘azal,ko‘pligi g‘azaliyot,ayollar bilan o‘ynab-kulish) – ishq-muhabbat haqida bahs yurituvchi lirik she’r.
G‘azal Sharq xalqlari lirikasida
keng tarqalgan janr bo‘lib, u o‘z taraqqiyotining dastlabki davrlarida faqat ishq-muhabbat mavzularida yaratilgan. Ammo keyingi davrlarda g‘azalning mavzu doirasi kengayib borgan. Shu tariqa, g‘azal tematikasi insonning sof intim tuyg‘ulari bilan birga ijtimoiy hayot muammolarini ham qamrab oladigan bo‘lgan. «G‘azalning mazmuni, g‘oyaviy mundarijasi, obrazlar sistemasi, tematikasi har bir davrda o‘zgarib borgan bo‘lsa, uning formal xususiyatlari: vazni, qofiyalanish usuli, matla’, maqta’ taxallus qo‘yish odati va boshqalarda katta o‘zgarishlar ro‘y bermadi. Biroq g‘azal formasi qotib ham qolmadi, uning shakllari ko‘paydi» Shu tariqa «g‘azalda yor qiyofasi, qiliqlarini bayon qilish, sog‘inish-u firoq, raqibdan va taqdirdan zorlanishnigina ifodalanmaydi, Shuningdek g‘azal doirasi tabiat manzaralarini tasvirlash, may, qadah haqida bayon qilish bilangina cheklanmaydi... g‘azal tematikasi shaxsning intim kechinmalari doirasida qolmasdan, unda ijtimoiy hayot masalalari ham ifodalanadi».
Lekin, baribir, g‘azal tabiatan, birinchi navbatda, ishq-muhabbat masalalarini yoritib kelgan va bundan keyin hamshunday bo‘lib qolaveradi.
G‘azal formal-poetik jihatdan quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi: a) ikki misrali bayt usulida yoziladi; b) She’rdagi har bir bayt nisbiy mustaqillikka ega;
v) qofiyalanish tartibi: birinchi bayt o‘zaro qofiyalanadi: qolgan barcha baytlarning toq misralari ochiq qolib, juft misralari birinchi bayt bilan qofiyadosh bo‘lib, keladi, sxemasi: a-a, b-a, v-a, g-a, d-a...; g) qofiyadan so‘ng, ko‘pincha radif keladi (radifsiz g‘azallar ham uchrab turadi); d) g‘azalning birinchi bayti «matla’» (boshlanma) va
so‘nggi bayti «maqta’ (tugallanma, xotima) deb yuritiladi; e) She’r maqta’sida muallifning taxallusi yoxud ismi ko‘rsatiladi; yo) She’r musiqabop vaznlarda yoziladi; j)
an’anaga ko‘ra g‘azallar o‘n baytdan oshmasligi lozim bo‘lsa-da, amalda o‘n baytdan ortiq g‘azallar ham yaratilgan. O‘zbek adabiyotida ko‘pincha 7—9 baytli g‘azallar yaratilgan. Masalan, Alisher Navoiyning «Xazoyinul-maoniy» sidagi 2600 g‘azalning 1747 tasi 7 baytli, 695 tasi 9, 2 tasi 5, qolganlari 12—13 baytlidir. G‘azalshunoslarimizning aniqlashicha, o‘zbek g‘azalchiligi tarixida 4 misradan 46
misragacha bo‘lgan g‘azallar uchraydi. O‘zbek adabiyoti tarixining oltin fondini tashkil etgan yo‘zlab, minglab g‘azallarni qofiyalanish tartibiga ko‘ra quyidagicha tasnif qilib o‘rganish odat tusiga kirgan:
a) o‘zbek adabiyotida eng ko‘p tarqalgan g‘azal-oddiy g‘azaldir, Bu xil g‘azal a-a, b-a, v-a, g-a, d-a... tartibida qofiyalanishi bilan xarakterlanadi;
b) g‘azal-husni matla’. Bu g‘azalning boshqa g‘azallardan farqi shundaki, unda matla’dan keyingi bayt misralari ham o‘zaro qofiyalanadi. Sxemasi: a-a, a-a, b-a, v-a, g-a, d-a...;
v) g‘azal qit’a. Bu g‘azalning qofiyalanish tartibi qit’aning qofiyalanish tartibi bilan bir xildir. Sxemasi: b-a, v-a, g-a, d-a...;
g) g‘azal-musajja’. Bu g‘azalda odatdagi qofiyalardan tashqari ichki qofiyalar ham bo‘ladi;
d) g‘azal-muvashshah. Bu g‘azalning tuziliShi muvashshahning ayni o‘zini eslatadi;
e) g‘azal-mushoira. Bu g‘azal ikki yoki undan ortiq shoirning dialogi — munozarasi tarzida tuziladi;
yo) g‘azal-zulqofiyatayn. Bu kam uchraydigan hodisa bo‘lib,
unda har bir bayt o‘zaro qofiyalanadi. Sxemasi: a-a, b-b,v-v, g-g...;

j) g‘azal-zebqofiya. Bu ham kam uchraydigan hodisa bo‘lib, uning qofiyalanish tartibi: a-a, a-a, a-a, a-a, a-a...;


z) g‘azal-chiston. Bu g‘azal-chiston — topishmoqning o‘zi;
i) g‘azal-nazira (tatabbu’, tazmin). Bu Shoirning boshqa bir shoir g‘azaliga ergashib g‘azal yozishi. Chunonchi, Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy g‘azallariga juda ko‘plabshoirlar naziralar bog‘lashgan. G‘azal-nazira yozish o‘ziga xos an’anaga aylanib ketgan.
O‘zbek adabiyotida g‘azal fors-tojik g‘azalchiligi zaminida paydo bo‘lib, XIV asr o‘rtalaridayoq alohida lirik janr sifatida shakllangan. Alisher Navoiy g‘azalni o‘zbek
adabiyotining yetakchi janriga aylantirdi va «g‘azal mulkining sultoni» bo‘lib qoldi. Bobur, Fuzuliy kabi san’atkorlar g‘azal shuhratiga shuhrat qo‘shishdi. Mumtoz shoirlarimizning deyarli barchasi g‘azal janrida qalam tebratishgan. Shu sababli, g‘azal o‘zbek mumtoz adabiyotining boy janri bo‘lib qolgan.
O‘zbek mumtoz g‘azalchiligining namunasi sifatida Alisher Navoiyning «Badoyi-ul-vasat» devonidagi «Kelmadi» radifli g‘azalini keltiraylik:
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqtimu chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘avu ul sho‘xi badxu kelmadi.
Orazidek oydin erkonda gar etti ettiyot,
Ro‘zgorimdek ham o‘lgonda qorong‘u, kelmadi.
Ul parivash hajridinkim yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
Ko‘zlaringdin necha suv kelgay deb o‘lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su (v) kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam,
Yo‘lgakim, avvalqadam ma’shuqa o‘tru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.
Qasida (arab, ko‘pligi — qasoyid) — mashhur tarixiy Shaxslar va buyuk voqealarni madh, etuvchi tantanavor uslubdagi lirik janr. Qasida xuddi g‘azaldek qofiyalanadi (sxemasi: a-a, b-a, v-a, g-a, d-a...). Odatda, qasida kirish (nasib yoki tashbib) bilan boshlanadi, keyin tasvir ob’ektiga o‘tiladi, oxirida duo hamda matlabining
bayoni beriladi. Agar qasidada kirish bo‘lmasa, mahdud deb yuritilgan. Qasidaning umumiy hajmi 15—20 baytdan kam bo‘lmaydi. O‘tmishda podsholar va hukmdorlar, ulug‘ tarixiy shaxslar, buyuk tarixiy voqealar, tabiat manzaralari, may, ishq-muhabbat, shoirning o‘zi yashagan muhitdan shikoyat yoki o‘z fazilatlari haqida qasidalar yaratilgan.
Shuningdek, falsafiy qasidalar, hajviy qasidalar yozilgan. Progressiv shoirlar o‘z qasidalarida adolatli shohlar va ulug‘ kishilarning fazilatlarini madh etishgan,
o‘zlarining hayot haqidagi qarashlarini ifodalashga intilganlar. Ammo ayrim shoirlar hukmdorlarni ko‘klarga ko‘tarib maqtab, ularga xushomadgo‘ylik qilishgan. O‘zbek
adabiyotida o‘z qasidalari bilan shuhrat qozongan shoir Sakkokiy (XV asr) feodal hukmdorlardan Xalil Sulton nomiga bitta va Mirzo Ulug‘bek nomiga to‘rtta qasida, nufuzli ruhoniylar, amaldorlardan Xoja Muhammad Porsoga bir qasida, Arslon Xoja Tarxonga to‘rt qasida bag‘ishlagan. Alisher Navoiyning Husayn Boyqaroga bag‘ishlab yozgan «Hiloliya» nomli qasidasi va, shuningdek ,«Tuhfatul afkor» («Fikrlar sovg‘asi») nomli falsafiy qasidasi mashhur.
Sakkokiy «Ulug‘bek madhi» qasidasida shunday baytlarni tuzadi:

Jahondin ketti tashviShu mabodiyi amon keldi,


Xaloyiq aysh eting bu kun, sururi jovidon keldi.
Tan erdi bu ulus barcha aningtek joni bor yo yo‘q,
Bihamdillah o‘g‘on fazli bila ul tanga jon keldi.
Qo‘shiq — qadimiy lirik janr bo‘lib, kuyga solib aytishga mo‘ljallab yoziladi. Qo‘shiq odatda, ikki xil bo‘ladi: xalq qo‘shiqaari va yozma adabiyot namunasi bo‘lgan
qo‘shiqlar.
Xalq qo‘shiqlari juda qadimiy tarixga ega. U og‘zaki tarzda musiqa bilan birga yaratilgan. qo‘shiq, dastlab, mehnat jarayonida paydo bo‘lgan. Ularda xalqning orzu-umidlari, zavq-shavqi, quvonch va iztiroblari mujassamlashgan. Xalq qo‘shiqlari mehnat qo‘shiqlari, mavsum qo‘shiqlari, marosim qo‘shiqlari, alla, yor-yor, ishqiy qo‘shiqlar,
qahramonlik qo‘shiqlari kabi turlarga bo‘linadi.
Qo‘shiq yozma adabiyot janri sifatida ham mashhur. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mashrab, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va boshqa shoirlarning anchagina she’rlari qo‘shiqqa aylanib ketgan.
Qit’a (arab. parcha) — qadimiy lirik janr.Qit’a shunday bir lirik janrki, u ixcham bo‘ladi, unda fikr lo‘nda va konkret bayon qilinadi, murakkab usullar, qochiriq-kinoyalar deyarli uchramaydi, tasvir ob’ekti bevosita ko‘rsatiladi, baholanadi; voqea-hodisalar asliga monand ifodalanadi. Qit’aning shakliy-poetik belgilari:
a) she’r hajm jihatidan kichikroq (2 baytdan 19 baytgacha) bo‘ladi. O‘zbek adabiyotida bir baytdan o‘n bir baytgacha bo‘lgan qit’alar bor, biroq ikki baytli qit’alar keng tarqalgan;
b) she’rning matla’i bo‘lmaydi;
v)qofiyalanishida qat’iy sxema yo‘q,amalda ko‘pgina qit’alarning juft misralari qofiyalanib, toq misralari ochiq qoldiriladi (sxemasi: b-a, v-a, g-a, d-a...);
g) umuman aytganda, qit’a badihabop janr bo‘lgani uchun uning hajmi,vazni, mavzuyi, g‘oyaviy mundarijasi qat’iy chegaralanmagan. Unda shartli tamoyillar, majburiy shakliy-poetikqoliplar «temir qonun» tusini olgan emas.
O‘zbek adabiyotida deyarli juda ko‘p shoirlar qit’a yaratishgan. Biroq Alisher Navoiygina bu janrni har tomonlama yuksaklikka, to‘la huquqli janr darajasiga ko‘targan.
Shoirning «Xazoyinul-maoniy»sida 210 ta, «Devoni foniy»da 72 ta qit’a berilgan. Bulardan tashqari, «Munshaot», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Xamsatul-mutahayyirin» va boshqa asarlarida bir qancha qit’alar bor. Alisher Navoiy qit’alari ikki baytdan tortib o‘n bir baytgachadir. Ularning aksariyati ikki baytlidir,
Bu o‘rinda o‘zbek mumtoz qit’achiligidan namuna sifatida 2 qit’ani keltiraylik:
Ul mening joni jahonimg‘a salom,
Jondin ortiq mhxribonimg‘a salom,
Bir zamon xoli emasman yodidin,
Munisu jonu ravonimg‘a salom.

Download 220.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling