Kurs ishi reja


Download 220.35 Kb.
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi220.35 Kb.
#1601490
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi reja

[Alisher Navoiy)
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila...
(Alisher Navoiy)
Yor qadrin bilmadim to yordin ayrilmadim.
Yor qadri menga ham dushvor ekandur, bilmadim.
(Bobur)
Fardlar, ko‘pincha, nasriy asarlar, sarguzasht qissalar, tarix kitoblari, memuarlar tarkibida muallifning xulosasi, qissadan hissa qabilida berilgan. Masalan, Abdulvahobxo‘ja o‘g‘li Poshshoxo‘janing «Gulzor» nomli hikoyatlar kitobidagi bir hikoyat oxirida adib matla’ deb quyidagi fardni bergan:
Gar alifdek rost bo‘lsang, bol ichinda tut maqom,
Lom alifdek bo‘lsang egri bo‘l balo ichra mudom.
Mustazod (arab. — orttirilgan, orttirma) — mumtoz poeziyamizda keng qo‘llanilgan lirik janr. Mustazod,asosan, g‘azalga o‘xshash yo‘lda yoziladi. Mustazodning ilk shakliy-poetik belgisi shundaki, she’rning har bir misrasi oxiriga aruz qoidasi asosida bir necha so‘z orttiriladi. Bu orttirilgan so‘zlarni, shartli ravishda, nim misra deb ataymiz. Shu tariqa, she’r baytida ikki to‘la va ikki nim misra bo‘ladi. She’riyatimizda yetti baytli mustazodlar keng tarqalgan. Ammo to‘qqiz baytli mustazodlar ham
uchrab turadi. Alisher Navoiy «Mezon ul avzon» asarida deydi: «Va yana xalq orasida bir surud bor ekandurkim, hazaji musamman vaznidan anga bayt bog‘lab har misraidan so‘ngra hamul bahrning ikki rukni bila ado qilib, surud nag‘omatiga rost keltirurlar va ani “mustazod» derlar ermish”.

Mustazod, odatda, quyidagi tartibda qofiyalanadi:


a) birinchi baytning to‘la misrasi shu baytning ikkinchi to‘la misrasi bilan, birinchi to‘la misraning nim misrasi ikkinchi to‘la misraning nim misrasi bilan o‘zaro qofiyalanadi. Qolgan barcha baytlarning toq — to‘la misrasi va toq — nim misrasi ochiq qoladi; juft misralari — to‘la misrasi birinchi baytning to‘la misrasi bilan, nim misrasi birinchi baytning nim misrasi bilan qofiyalanadi.
Alisher Navoiyning «Navodirush-shabob», «Badoyiulvasat» devonlarida, Huvaydo, G‘oziy va boshqa shoirlarning devonlarida berilgan mustazodlar ana shu tartibda
qofiyalangan. O‘zbek she’riyatida mustazodning yuqoridagidan farqli qofiyalanish tartibi ham uchrab turadi. Masalan, shoir Boborahim Mashrab devonidagi mustazodning barcha baytlaridagi to‘la misralar va birinchi nim misralarining qofiyalanishida qat’iy tamoyilga amal qilinmagani holda har bir baytning ikkinchi nim misralari qat’iy tartibda ohangdosh bo‘lib kelgan — shu vosita she’rning barcha baytlarini bir-biriga ulaydi, unga yaxlitlik tusini beradi. Bu mustazod besh baytdan tuzilgan .

Soqiynoma — mumtoz she’riyatimizda qo‘llanilgan yirikroq hajmli ijtimoiy-falsafiy lirik janr. Soqiynomaning shakliy-poetik belgilari: a) She’r bir necha banddan tarkib topadi; b) har bir bayti masnaviy usuli (sxemasi: a+a, b+b, v+v, g+g, d+d...)da qofiyalanadigan bir necha baytdan tuziladi; v) She’r bandlari bir vaznda — aruzning mutaqorib bahridagi vaznlarning birida yoziladi; g) muallif she’rning bir bandida soqiyga murojaat qiladi, hayotning u yoki bu jumbog‘i haqidagi fikr-mulohazalarini u bilan o‘rtoqlashadi.


Alisher Navoiyning “Favoyidul kibar” devonida berilgan bir soqiynomani olib ko‘raylik.
Marsiya (arab. v V ) — qalbga juda yaqin bo‘lgan maqsur kishining vafotiga bag‘ishlanib, uning yaxshi sifatlari bayon qilingan va o‘limiga afsus bildiriluvchi g‘am-alam va hasratli lirik she’r. Chunonchi, Alisher Navoiyning Abdurahmon Jomiy, Xondamir va Mavlono Sohib Doroning Alisher Navoiy vafotiga bag‘ishlab yozilgan she’rlari mumtoz marsiya namunalaridir. Ba’zi shoirlar podsholar vafotiga atab yozgan marsiyalarida maddoxhlik qilganlar va pessimistik g‘oyalarni targ‘ib etganlar. Progressiv
shoirlar esa o‘z marsiyalarida hayotga umid bilan qarashlarini ifodalagan.
Manzuma {arab. tizilgan, tizma) — yirikroq voqeaband she’r, kichikroq doston. Manzumaning shakily poetik belgilari qat’iylashtirilmagan. Ba’zan hajmi u qadar katta bo‘lmagan voqeaband she’rni ham, doston deb atasa bo‘laveradigan she’riy asarni ham manzuma deb yuritilavergan. Shu ma’noda Alisher Navoiyning bir qator voqeaband she’rlari, xususan, Muqimiyning “Tanobchilar” satirasi, Furqatning “ Suvorov haqida” kabi asarlari manzumalardir. Bu xil manzumalar, odatda, masnaviy yo‘lida yoziladi. Masalan:
Suvorovkim emish bir katta odam,
Bahodirlik bila mashhuri olam.
Emish Rusiyaga sardori lashkar,
Yurub amri bila bisyor askar.

Musammat (arab.tasmit — marvarid donalarini ipga tizmoq, tasmitlamoq — Sharq mumtoz she’riyatida keng qo‘llanilgan she’riy shakllar turkumining umumiy nomi. Musammat she’r tuzilishining yasama shakli bo‘lib, unda bir necha band bo‘ladi, she’rning har bir bandi o‘zaro qofiyalashgan misralardan tashkil topadi. Musammatlarning har bir bandida uch misradan tortib o‘n misragacha bo‘ladi. Qofiyalanish tartibi quyidagicha:


a+a+a+a+a, b + b + b + b + a , v + v + v + v + a ...;
ba’zan —
a+a+a+a+h b+b+b+b+h v+v+v+v+x...
“ Musammat bandlardagi misralar soni, — deb yozadi taniqli olim R. Orzibekov, formal-poetik xususiyatlariga ko‘ra musallas (uchlik), murabba’ (to‘rtlik), muxammas (beshlik), musaddas (oltilik), musabba’ (yettilik), musamman (sakkizlik), mutassa’ yoki tasni’ (to‘qqizlik) muashshar yoki mashru’ (o‘nlik) kabi xillarga, tuzilishiga ko‘ra esa mustaqil hamda g‘azal asosida yaratilgan musammatlarga bo‘linadi” .
Ilmiy adabiyotlarda musammat she’rdagi barcha misralar faqat bir shoirning qadamiga mansub bo‘lsa — musammati “tab’i xud” (o‘z tab’i) va boshqa biror shoirning g‘azali asosida yaratilgan musammatlar esa “tazmin” musammat (boshqa shoir she’ridagi ayrim misralarni o‘z she’ri ichiga kiritish) deb yuritiladi. O‘zbek adabiyoti tarixida musammatning murabba’, muxammas, musaddas kabi formalari keng tarqalgan. Ayniqsa, mumtoz she’riyatimizda g‘azaldan so‘ng faol qo‘llanilgan lirik janr mustaqil va tazmin muxammaslardir. Muxammaschilikda Alisher Navoiy, Turdi Farog‘iy, Mashrab, Roqim, Ravnaq, Nishotiy, Andalib, Mujrim Obid, Munis Xorazmiy, Maxmur, Hoziq, Xiromiy, Miriy, Ogahiy, Nodira, Muqimiy, Furqat kabi shoirlar barakali ijod qalgan bo‘lsa, murabbachilikda Boborahim Mashrab, Ogahiy, Avaz O‘tar o‘g‘li, Muqimiy va boshqa shoirlar qalam tebratishgan. Xususan, Alisher Navoiy O‘zbek mumtoz she’riyati tarixida musammatchilikni yuksak bosqichga ko‘targan. Shoirning “ Subhidam maxmurliqdir tortibon dardi sari” , “ Necha, ey oy, mendin ayru aylagay davron seni” , “ Ishq o‘tidin jismi zori notavonim o‘rtading” , “ Ohkim tarki muhabbat qildi jonon oqibat” ,“ Ohkim, vola men ul sarvi xiromondin judo” misralari bilan boshlanuvchi o‘z va Lutfiy g‘azallari zamonida yaratilgan tazmin musammatlari mashhurdir.1

˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗


1To‘xta Boboyev.Adabiyotshunoslik asoslari.Toshkent.”O‘zbekiston”2002.480-500b.


Xulosa
"O‘zbek lirikasi janr va janr shakllariga juda-juda boy. Ulardan ayrimlarinigina ko‘zdan kechirdik xolos. Biz to‘xtalib o‘tgan poetik janrlarning ko‘pchiligi aruz zaminida paydo bo‘lgan va shakllangan. Ular mumtoz she’riyatimizda keng qo‘llanilgan, ba’zi birlari (g‘azal, ruboiy, tuyuq, qo‘shiq muvashshah marsiya, qasida va boshqalar) hozirgi zamon lirikasida ham an’anaviy janrlar sifatida ishlatilmoqaa, biroq yangi zamon, yangi ijodiy metod taqozosi bilan an’anaviy poetik janrlar va shakllarning ichki tuzilishida, obrazlarida, tili va uslubida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Ayni chog‘da, ularning shartli poetik alomatlari asosan saqlanib qoldi”.

˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗


1To‘xta Boboyev.Adabiyotshunoslik asoslari.Toshkent.”O‘zbekiston”2002.502-b

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. To‘xta Boboyev.Adabiyotshunoslik asoslari.Toshkent.”O‘zbekiston”2002.560b.


2. Dilmurod Quronov.Adabiyotshunoslikka kirish.Toshkent.Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti.2004.242b


3. https//yuz.uz/uz/news/talim-tarbiya 30-oktyabr,2020-yil
4.Hotam Umurov .Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent.Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti.2004.262b
5. Rahmonqul Orzibekov.Lirikada kichik janrlar.T.1976
6.https://fayllar.org
7.Obidjon Karimov.Mumtoz she’riyat janrlari.Uslubiy qo‘llanma.Namangan nashriyoti,2015 78b
Download 220.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling