Reflektr — naturaga tushayotgan yorug‘-soyalami m e’yorda bo'lishi uchun qo‘llaniladi.
Molbertlar — rasm chizish moslamalari bo‘lib, darsda va
darsdan tashqari mashg'ulotlarda ishlatiladi. Tasviriy san’atini o ‘qitishda ko‘proq epidiaskop qo‘llaniladi.
Epidiaskop — tasvirlami kattalashtirib ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Diapozitivlardan foydalanish uchun L E T I — apparati qo‘l keladi. Tasviriy san’at darslarida foydalanilayotgan texnik vosita-lardan yana biri filmoskopdir. Unda diafilmlar namoyish etiladi.
San’at asarlarini tahlil qilishda texnika vositalaridan foydalanish dars samaradorligini oshiradi.
TASVIRIY SAN’AT BO‘YICHA SINFDAN
VA MAKTABDAN TASHQARI ISHLAR
0 ‘quvchilaming tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirishda, dars va mashg‘ulotlarda o'quvchilarning faolligini va ijodkorligini ko‘tarishda sinfdan va maktabdan tashqari ishlar alohida ahamiyatga ega bo‘lgan vositadir.
Tasviriy san’at bo'yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlaming 40 dan ortiq turi mavjud.
Ulardan eng asosiylari:
1. To‘garaklar.
2. Konsultatsiyalar (qo‘shimcha darslar).
3. Suhbat, leksiya, ma’ruzalar.
4. Sayohat, yurishlar.
5. Ko‘rgazma -va tanlov (konkurs)lar.
6. Badiiy — san’at kechalari.
7. Matbuot ishlari.
8. Stend, albom, individual ko‘rgazmalar.
9. ICinofilm, teleko‘rsatuvlami ko‘rish.
10. Rassomlar ijodi bo‘yicha konferensiya, uchrashuv, yubiley tantanalarini o ‘tkazish kabilar.
To‘garaklar. Maktab sharoitidan kelib chiqib, „rasm chizish“
(yosh rassom), ,,grafika“, ,,naqqoshlik“ , ,,kulolchilik“ , „san’at tarixini o ‘rganish“ , ,,yog‘och, ganch o‘ymakorligi“ , „haykaltaroshlik“ kabi to‘garaklar tashkil etiladi. To‘garakka rasm chizishga qiziquvchi o ‘quvchilar jalb etiladi. 10—12 o'quvchidan iborat guruhlar tashkil etilib, haftada 2—3 mashg‘ulot rejalashtiriladi.
Mashg‘ulotlar 2—3 soatgacha davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |