Kurs-ishi-tasviriy-sanat
Download 38.93 Kb.
|
kurs-ishi-tasviriy-sanat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning turi
- Darsning boshqa о ‘ quv fanlari bilan bogianishi
Didaktika (yunoncha — o ‘rgatuvchi, ta’lim beruvchi demak) pedagogikaning ta ’lim va tarbiya nazariyasiga oid sohasidir.
Hozirgi zam on pedagogikasida didaktikaga ta ’lim va tarbiya berish nazariyasi bilan shug‘ullanadigan alohida soha sifatida qaraladi. T a’lim m azm unini aniqlash ham da o ‘qitishning eng samarador usul va yo‘llarini topish didaktikaning asosiy vazifasidir. Didaktika — o‘qituvchida m a’lum qonun va qoidalar asosida ishlashni talab qiladi. Didaktika — o ‘qituvchining mashg‘ulot olib borishiga yordam beradi, uni nazorat qiladi. Shu boisdan didaktika — sinf, sinf doskasi, parta, darslik, o ‘quv qurollari, tarqatma materiallar, ko‘rgazmalar va boshqa texnik qurollam i doimiy, sifatli, talab darajasida bo'lishini taqozo etadi. Shuningdek, u o ‘quv jarayonining ilmiy asosda bo'lishini ham nazorat qiladi. D idaktika o ‘z xususiyatiga k o ‘ra dars berish yoki o ‘quv-tarbiya ishining qonuniy chegarasidir. 0 ‘qituvchi undan chiqib ham ketolmaydi, e ’tibordan ham qoldirmaydi. Didaktika juda qadim dan shakllangan b o ‘lsa-da, XVII asrga kelib, buyuk chex pedagogi Y.O.Komenskiy (1592—1670) pedagogika fani tarixida yaratilgan didaktik prinsiplam i to'plab, uni bir butun sistemaga soldi. Bu prinsiplam ing maktab faoliyatida qo ‘llanishiga oid qonun-qoidalam i ishlab chiqdi va butun bir didaktika sistemasini yaratdi. Y.O. Komenskiy o ‘zining buyuk xizm atlari bilan maktab, o ‘quv-tarbiya sistemasini yaratib berdi. U maktab sistemasiga, ta ’lim sistemasiga va tarbiya nazariyasiga asos soldi. Mustaqillik yillarida o ‘rta um um ta’lim maktablarida tasviriy san’atning o‘qitilish samaradorligi bo ‘yicha juda katta tadbirlar ishlab chiqildi. Shunga ko‘ra 1—4-sinflarda tasviriy san’at darslari 2 soatga ko‘paytirildi. Birinchi sinfdan boshlab tasviriy san’at darslarini mutaxassis rassom-pedagoglar o ‘tadigan bo‘ldi. 0 ‘zbekiston Badiiy akademiyasi „Milliy san’at va dizayn“ instituti va respublikadagi barcha ,,Rassomchilik“ fakulteti bo ‘lgan universitetlarning o ‘quv rejasiga pedagogika, psixologiya va tasviriy san’atni o ‘qitish m etodikasi kurslari kiritildi. M ustaqillik yillarida respublikaning qator viloyat, shahar, tum anlarida yoshlarga tasviriy san’atni o ‘qitish b o ‘yicha litseylar, kollejlar, maxsus intem at maktablar ochilib, iste’dodli yoshlarga tasviriy san’atdan chuqurlashtirilgan bilim va m alakalar berish keng yo‘lga qo ‘yildi. Oliy o ‘quv yurtlarida tasviriy san’atni o ‘qitish metodikasi, nazariyasi va tarixi bo‘yicha magistratura va aspiran-turalar ochilmoqda. U yerda xalqimizning iste’dodli yoshlari bilim olib, jahonga m ashhur rassom, san’atshunos, pedagog-olimlar b o ‘lib yetishib chiqib, 0 ‘zbekiston tasviriy san’atini jahon san’ati darajasiga olib chiqishdek sharafli va m as’uliyatli vazifani amalga oshirmoqdalar. DARS KONSPEKTI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR Pedagogik tajribalardan shu narsa ma’lumki, o‘quvchilarga beriladigan bilim va malakalarning samarali b o ‘lishi asosan o‘qituvchining darsga qay darajada tayyorgarlik ko‘rishiga bog‘liqdir. Har bir tasviriy san’at o ‘qituvchisi o‘z darsiga ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘rsagina uning dars samaradorligi ham yuqori darajada bo‘ladi. M a’lumki, maktab tasviriy san’ati mashg‘ulotlarini tashkil etish an ch a m urakkab. C h u n k i tasviriy s a n ’atnig dars mashg‘ulotlari uchun bir qator didaktik va ko‘rgazmali materiallar (rasm daftar, qalam, o‘chirg‘ich, akvarel bo‘yog‘i, palitra qog‘ozlari kabilar) zarur bo‘ladi. Shuningdek, natura va naturmort postanovkasini qo‘yish uchun tagUk, fon uchun material, yorag‘- soyani m e’yorda ko‘rsatish uchun yoritish reflektrlari va hokazolar zarur bo‘ladi. Shuningdek, rasm chiziladigan predmet-natura yoki obyektlar haqida ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur. Bulaming hammasi bo‘ladigan dars konspektida o‘z ifodasini topmog'i darkor. Shunga ko‘ra tasviriy san’at o‘quv predmetining har bir mashg‘uloti uchun mukammal holda, ilmiy asosda yozilgan dars konspekti bo‘lishi kerak. Tasviriy san’at darsi bo‘yicha yozilgan konspekt 45 daqiqali dars jarayonining har bir elementini ilmiy asosda ifodalab, unda amalga oshirilayotgan ta’limiy va tarbiyaviy faoliyatni bir me’yorda, tartibda, sistemali bo‘lishini ta’minlamog‘i lozim. Tasviriy s a n ’a t darslari konspekti: 1. Darsning turi — tasviriy san’at mashg‘ulotlari 5 turga bolinadi. Bulardan qaysi biri bo‘yicha dars o‘tishi ko‘rsatiladi. 2. Darsning m avzusi — darsda qanday mavzu o ‘rganilishi, o‘qitilishi bayon etiladi. 3. Darsning m aqsadi — darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadi Davlat dasturi va standarti asosida ko‘rsatib beriladi. 4. D arsn in g jih o z la n ish i — tasviriy san ’atning har bir mashg‘uloti uchun o ‘nlab o ‘quv-didaktik materiallar — jihozlar ro‘yxati bayon etiladi. 5. Darsning boshqa о ‘ quv fanlari bilan bogianishi — ma’lumki, tasviriy san’at hamma fanlami o ‘qitishda eng asosiy rnanbaa va didaktik material hisoblanadi. 6. Dars rejasi — konspektda quyidagicha o‘z aksini topadi: 1) tashkiliy davr — 2—3 daqiqa; 2) uy vazifasini ko‘rish — 4—6 daqiqa; 3)yangi mavzuni bayon etish — 10—12 daqiqa; 4) yangi mavzu bo‘yicha amaliy ish — 24—28 daqiqa; 5) uyga vazifa berish — 3—4 daqiqa; 6) darsni yakunlash — 1—2 daqiqa. Tasviriy san’at о ‘quv predmeti b o ‘yicha yoziladigan dars konspekti ayniqsa yosh, yangi ish boshlayotgan tasviriy san’at o‘qituvchilari uchun juda zarur va ahamiyatlidir. Chunki tasviriy san’at bo‘yicha yoziladigan dars konspekti o‘qituvchining keyingi faoliyati u chun ilm iy-ijodiy m aterial, pedagogik-m etodik tajribalaming monumental bazasini bunyod etadi. Chunki katta pedagogik tajribalar ana shu dars konspekti asosida yig‘ib boriladi. Yangi m avzuni bayon etish. Yangi mavzu. Kubning o'ziga qarab rasmini chizish (qalamtasvir). Kub bir-biriga teng 6 ta tomon, 12 ta qirraga ega boigan geometrik shakldir. Kub hajm birligi sifatida qabul qilingan. Kub shaklidagi buyumlar turmushimizda ko‘plab uchraydi. Masalan, akvarium, quticha va boshqalar. Agar siz kub rasmini chizishni bilib olsangiz, shunga o ‘xshash narsalarning rasmini bemalol chiza olasiz. Mana bu kub, uni yaxshilab kuzating, uning tomonlari, qirralarini ko‘ring, ular bir-biriga teng. Uning rasmini chizishda daftaringizdan kub rasmi sig‘adigan joyni belgilang. Doimo hajmli predmetlarni chizishda kontur chiziqlardan foydalaning. Ya’ni kubning umumiy balandligi va enini topib oling. So‘ngra tik qirralarini topib belgilang. Kubning tik qirralari balandligini ko‘z bilan chamalab, belgilangan nuqtalami qo‘shib chiqing. Shunda kubning umumiy tasviri chiqadi. So‘ngra chiziqlarning egri-bugri joylarini to‘g‘rilab chiqing. Shu yerda sizga yaqin turgan qirralarning biroz uzunligini sezyapsizmi? Doskadagi rasmlarni kuzating. Kubning shakli to ‘g‘ri topilgan bo‘lsa, kontur chiziqlaringizni o ‘chirib tashlaysiz. Shundan keyin kubning ko‘rinib turgan uchta tomonini shtrixlar bilan bo‘yab chiqing. Tomonlami bo‘yaganingizda tomonlar bir-biridan oq-qoraligi bo‘yicha farq qilsin. Jadvaldagi kub rasmini yaxshilab kuzating. Undagi qaysi qirralar sizga uzunroq, qaysilari qisqaroq ko‘rinyapti? Siz doskadagi jadvalda kubning chiziqlarini qis-qarishini ko‘rib chiqing, yaqindagi narsadan uzoqdagi narsaning kichik bo‘lib ko'rinishini eslang. Shuning uchun kub qirralarida ham shu kichrayish — perspektiva hodisasi sodir bo‘ladi, uni rasmda tasvirlaysiz. So‘ngra qalamda bo‘yashga kirishasiz. Download 38.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling