Kurs ishi Toshkent amaliy fanlar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida bajarilgan


Download 250 Kb.
bet4/19
Sana03.06.2024
Hajmi250 Kb.
#1841761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
nozigul

Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • tilshunoslikda darajalanish hodisasining ilmiy tadqiqi, uning leksik-semantik munosabatdosh birliklardan farqi, graduonimik munosabat masalasidagi bahs va munozaralarga oydinlik kiritish;

  • tilshunoslikda daraja paradigmasi va daraja kategoriyasi tushunchalarining leksikografik ahamiyatini yoritish;

  • fe’llarda semantik graduonimiya munosabatida bo‘ladigan so‘zlarning izohli va o‘quv lug‘atlardagi leksikografik talqinini tekshirish va baholash;
    - izohli lug‘atlarda graduonimlar sharhidagi farqlarni kuzatish;
    - o‘zbek tilining graduonimlar o‘quv lug‘atida darajalanish belgilari va darajalanish qatorlarining berilishini o‘rganish;
    - graduonimlarning “O‘zbek tili ta’limiy korpusi”da berilishi va izohlanishi masalalarini tadqiq qilish.


Tadqiqotning obyekti sifatida o‘zbek tilidagi fe’llarda semantik graduonimiya hodisasi tanlangan.
Tadqiqotning predmetini fe’llarda darajalanish hodisasi va uning leksikografik tahlili tashkil qiladi.


I BOB. GRADUONIMIYANING TIL SATHLARIDA VOQELANISHI

1.1. Tilshunoslikda graduonimiya hodisasining o‘rganilishi


Tilshunoslikka sistem tilshunoslik tamoyillari tatbiq qilina boshlanishi bilan sistem leksikologiya shakllanib taraqqiy eta boshladi. Bu esa o‘z navbatida leksik-semantik paradigmalarning yangi qirralari ochilishiga zamin yaratdi. Natijada leksik-semantik guruhlar tarkibida graduonimiya, giponimiya, xolonimiya, taksonomiya kabi birliklar paydo bo‘ldi. “Graduonimiya (gr. gradatio – “ko‘tarilish”, “o‘sish”, onymo –“nom)”28. Tilshunoslikda so‘z ma’nolari darajasining ma’nosi, bo‘yog‘i, miqdori, hajmi jihatidan kuchayishi yoki kamayishi jarayonlarini tadqiq qiluvchi soha. Graduonimiya hodisasini aniqlashda belgi (hodisa) miqdorining ma’lum bir yo‘nalishda ozayishi yoki ko‘payishi bosh mezon hisoblanadi. Darajalanishning falsafiy asoslari va undagi shakllanish ko‘lami shuni ko‘rsatadiki, bu hodisa tillarning tiplari orasidagi29 bog‘lanishlarda va umuman tilning barcha sathlari, ularning birliklari, umumiy va xususiy tizimlarda o‘z ifodasini topadi.30
Graduonimiya asrlar davomida tadqiqotchilarni o‘ziga jalb qilib kelgan. Shuni aytib o’tish joizki, leksik-semantik munosabatlar tarkibiga kiruvchi graduonimiya hodisasi dastlab sinonimiya hodisasi tarkibida o‘rganilgan. Yunon faylasuf olimi Platonning «Kratil» asarida mazkur masalaga Suqrot bilan munozara tarzida javob izlanganligini ko‘rish mumkin. Qadimgi Yunon tilshunosligining falsafiy davrida faylasuflar notiqlikka alohida urg‘u berdilar. Binobarin, notiqlikka bevosita xizmat qiladigan stilistika va sinonimiyaga oid ishlarni miloddan avvalgi VI-V asrdayoq yunon tilshunosligida juda ko‘plab uchratish mumkin edi. Xususan, miloddan avvalgi V asrda sinonimlar nazariyasini ishlab chiqqan Prodik omonim va sinonimlarni yaxshi bilish notiq va shoirlar uchun muhim ekanini qayd etgan edi31. Ushbu ma’lumotlar tadqiqotimizning qadimgi rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumot beradi. Graduonimiya masalalari bilan XV asrda yashab ijod qilgan buyuk mutaffakkir Mir Alisher Navoiy hazratlari o‘zining “Muhokamat ul- lug‘atayn” asarida aniq dalillar keltirib o‘tganligini alohida qayd qilishimiz lozim. Buyuk mutafakkir o‘zbek tilining ifoda imkoniyatlari kengligini dalillash jarayonida yig‘lamoq fe’lining va boshqa so‘zlarning sinonimlarini tahlil qiladi, fors-tojik tili so‘zlari bilan qiyoslaydi. Bu holat darajalanish hodisasi ijod ahllarining ham e’tiborini tortganligidan dalolat beradi. Navoiy yig‘i holatini ifodalovchi leksik birliklarning quyidagi darajalanish qatorini ajratadi:
ingramoq~singramoq~yig‘lamsinmoq~siqtamoq~yig‘lamoq~o‘kurmak~hoy-hoy yig‘lamoq.
Navoiy bu so‘zlarning barchasini “bir umumiy ma’no – iztirob chekib, uni ifodalash ma’nosi atrofiga birlashishini va ingramoq (ya’ni iztirob chekib juda past ovoz chiqarib, ich-ichidan yig‘lamoq) dan hoy-hoy yig‘lamoq (baland ovoz bilan oshkora va uzoq yig‘lamoq) so‘ziga tomon belgi darajasining o‘sib borishini ta’kidlaydi”32. Tadqiqotchi Q.Eshboyev “Alisher Navoiy so‘zlarning ma’noviy darajalanishi orqali poetik tasvir samaradorligini ta’minlashga erishgan degan xulosaga keladi33. Buni mavjud fikrlar asoslaydi:
1. “Charx zulmidaki, bo‘g‘zimni qirib yig‘larmen,
G‘urur charx kibi inchkirib yig‘larmen.
Mazmuni: Charx zulmi ostida bo‘g‘zimni qirib yig‘layman, ingrayotgan charxga o‘xshab g‘ing‘illab yig‘layman.
2. Istasam davr ahlidin ishqingni pinhon aylamak,
Kechalar gah ingramakdur odatim, gah singramak.
Mazmuni: Odamlardan ishqimni yashirishni istayman, shuning uchun odatim goh ingramoq, goh singramoq.”34.
Keltirilgan misollardan ma’lum bo‘ladiki, Alisher Navoiy tizimli ravishda so‘zlarning ma’noviy darajalanish bilan bog‘liq semantik xususiyatini teran anglagan hamda badiiy tasvirning o‘ziga xos usuldagi ifodasiga erishgan. Tilshunoslikda gradatsiya (klimaks), graduallik terminlarini graduonimiya bilan yondosh qo‘llash holatlari mavjudligini ushbu terminlarga berilgan ta’riflar va misollardan anglash mumkin. Klimaks stilistik vosita sifatida nutqda qo‘llanadi, graduonimiya (darajalanish) esa undan farq qilgan holda tildagi sinonimiya, antonimiya, omonimiya, meronimiya, taksonomiya, giponimiya kabi leksik-semantik munosabatlarni ifodalovchi til hodisasi. Tadqiqotchi J.Jumabayeva ham gradatsiya tushunchasini graduonimiyadan farqlagan holda stilistik gradatsiya atamasining bitta matn ichida ishlatiladigan ibora, metafora, metonimik ko‘chma ma’nolarning kuchayib/pasayib borishini ifodalashini, graduonimiya esa, umuman, so‘zlarning denotativ darajalanish asosidagi munosabatini o‘zida aks ettiruvchi lisoniy hodisa ekanligini35 ko‘rsatib o‘tadi.
Ushbu jadvaldan shu narsa ma’lum bo‘lmoqdaki, qayd qilingan uchta tushuncha alohida belgi-xususiyatlarga egaligi jihatidan o‘zaro farqlilik va alohidalik kasb etadi, keltirilgan tavsiflarda ularning alohida hodisalar bilan bog‘liqligi ham anglashiladi. Tilshunos olima J.Jumabayeva ingliz tilshunosligida graduonimiya (darajalanish) hodisasining ilmiy tadqiqi haqida fikr yuritib, Ingliz olimlarining semantika sohasida qilgan ishlari bilan tanishib chiqish jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, graduonimiya hodisasiga yaqin bo‘lgan hodisalar, tushunchalar ko‘pgina munozaralarga sabab bo‘lgan38 ligini ta’kidlaydi.
English” risolasida asosan ingliz tilidagi sifat so‘z turkumiga kiruvchi
o‘zaro antonim bo‘lgan ba’zi so‘zlarni neytrallashuvchi antonimlar deb atab,
ular orasiga normal so‘zini qo‘yish mumkin, degan fikrni bildiradi va ana
shu tariqa antonimlar asosida graduonimik qatorlar hosil qiladi. Nemis
tilshunosi M.Biervish “The Semantics of Gradation” nomli tadqiqotida
nemis va ingliz tillari misolida sifatlarda gradatsiya hodisasini
atroflicha o‘rgangan40ligini bayon etadi. Rus tilshunosligida ham graduonimiya terminiga o‘xshash bir qancha atama bor, ular ham mazkur tushuncha bilan bir xil talqin qilinishini kuzatish mumkin. S.M.Kolesnikova, T.S.Gennadyevna, S.A.Tixomirov, Z.Tarlanov, I.V.Nazarova, G.V.Kireyeva, S.S.Kadiseva41 kabi tilshunos olimlarning ishlarida alohida tadqiq qilingan gradualnost, graduirovaniye, graduator, gradosema, gradatsion shkala terminlari haqida ma’lumotlar berilgan. Mazkur terminlar ham bevosita nutqqa oid darajalanish hodisalarini ifodalab, ularda boshqa lingvistik vositalarsiz muayyan belgining o‘sib yoki kamayib borishiga ko‘ra o‘zaro zidlanishini aks ettiruvchi leksik graduonimiya paradigmasidan farqli jihatlarni ko‘rish mumkin. “O‘zbek va ingliz tillarida fe’llar graduonimiyasi” mavzusida ilmiy izlanish olib borgan tadqiqotchi M.Otaboyeva darajalanish hodisasining rus tilshunosligida o‘rganilishiga e’tibor berib, rus tilshunosi I.A.Isayeva fe’llardagi gradual semantikani fe’llarning leksik-semantik va so‘z shakllantirish darajasida namoyon bo‘lishi misolida tadqiq etganligini bayon etadi. Muallifning ta’kidlashicha, fe’llarning gradual semantikasi qo‘shimcha vosita – graduatorlar (affikslar, qo‘shimcha gradatsion ma’nolar) dan foydalanish orqali yuzaga chiqadi va rus tilidagi pre-prefiksini qo‘shish bilan fe’ldagi ma’noning kuchayishi mumkinligiga vzoyti–prevzoyti so‘zini misol qilib keltiradi. Bu biz o‘rganayotgan graduonimiyadan ko‘ra ko‘proq gradatsiyaga yaqinroq va nutqdagi darajalanishni o‘zida aks ettiradi. G.V.Kireyeva o‘z tadqiqotida emotsionallikni ifodalovchi undov so‘zlarni graduallik kategoriyasi sifatida o‘rgangan bo‘lsa, I.V.Nazarova ingliz tilida graduallik (gradualnost)kategoriyasining ravishlarda namoyon bo‘lishi tadqiqi bilan shug‘ullandi. Muallif ravish-graduatorlar(rus tilshunoslari graduallik darajasini anglatuvchi so‘zlarni graduator deb nomlaganlar) ifodalagan ma’nolarda belgining paydo bo‘lishiga ko‘ra, o‘ta yuqori darajadagi ravishlar (awfully, greatly, very, much); yetarlicha yuqori darajadagi ravishlar (considerably, pretty, rather); yetarli darajada bo‘lmagan ravishlar (inconsiderably, insufficiently) ga ajratadi va bu orqali darajalanishning morfologik sathda namoyish bo‘lishini ochib beradi.42
Graduonimiya umuman olganda tilning leksik-semantik munosabatlar tizimi tadqiqi masalasining ilmiy-nazariy jihatdan chuqurroq o‘rganlishi rus tilshunosligiga borib taqaladi. Tilshunoslikda gradatsiya, ya’ni sintaktik (matniy) ifodadagi kuchaytirilish, ko‘tarilish (klimaks) yoxud kuchsizlantirish (antiklimaks) kabi umumiy yo‘llar haqidagi qarashlar43, shuningdek, til birliklari va tizimida ma’lum belgining miqdoran ozayish – ko‘payishi asosida tadrijiylik yoki oraliqlanish orqali aks eta olishi haqidagi fikrlar uchraydi.44 Rus tilshunosligida bu masala bilan tilshunoslikka fonema tushunchasini ilk bor olib kirgan olim N.S.Trubetskoy hamda R.Yakobson, Katsnelson, Galperinlar o‘z ishlarida fonemalarning gradual (darajali) oppozitsiya (ziddiyat)lari ma’lum bir belgining ozayish yoki ko‘payish darajasi asosida turli vaziyatlarda o‘zaro zidlanishi haqida muhim ma’lumotlar berib o‘tgan45. Graduonimiya hodisasi tilshunoslikda keng tadqiq etilganligiga guvoh bo‘lamiz. S. Lokk, E. Sepir, D. Bolinjer, Y. D. Apresyan, I. V. Chervenkova, T. N. Grigorenko kabi olimlar tomonidan graduonimiya (darajalanish) hodisasi haqida qimmatli fikr-mulohazalar bildirilgan46.
E’tibor berilsa, tilshunoslik aspektida bo‘lsak, graduonimiya hodisasi dastlab fonemalar doirasida ko‘rib chiqilgan. Undan so‘ng tilning boshqa sathlarida graduonimiya masalasi dunyo tilshunosligida tadqiq obyektiga aylandi. O‘zbek tilshunosligida graduonimiya hodisasi XX asrning 80-90-yillarida ilmiy muomalaga kiritildi. O‘zbek tilining akademik lug‘atlarida va tilshunoslik terminlarining izohli lug‘atlarida graduonimiya terminiga sharhlar berilmagan. O‘zbek tilshunosligida graduonimiya (darajalanish) hodisasi haqidagi dastlabki ilmiy-nazariy qarashlar E.Begmatov, H.Ne’matov va R. Rasulovlarning “Leksik mikrosistema va uning tadqiq metodikasi (sistem leksikologiya tezislari)” nomli maqolalarida graduonimik munosabatli leksik-semantik guruh (LSG) yangi tadqiq manbalaridan biri sifatida
ajratiladi47. Darajalanish hodisasi o‘zbek tilshunosligida tadqiqot obyekti sifatida so‘zlararo ma’noviy munosabatlarning bir ko‘rinishi sifatida talqin etilib, unga graduonimiya hodisasi deb nom berildi, ya’ni o‘zbek tilshunosligida lisoniy ma’noviy munosabatni aks ettiruvchi sinonimiya, omonimiya, antonimiya kabilarning umumiy tarkibiy qismi bo‘lgan – onimiya qismini lotincha gradu (daraja, bosqich) so‘zi bilan biriktirish asosida sun’iy ravishda yasaldi48. 1990-yilda tilshunos olima R.Safarova o‘z nomzodlik ishida ilmiy faraz sifatida graduonimiya haqidagi fikrlarini bayon qilar ekan quyidagicha fikr yuritadi: “Graduonimiya atamasi ostida denotatlarning yoki tushunchalarning turlicha darajasini ifodalovchi lu­g‘aviy birliklardan iborat leksik-semantik qatorlar tushuniladi: tuzuk, durust, yaxshi”49. Ushbu fikrlar darajalanish hodisasinining o‘zbek tilshunosligiga kirib kelish jarayonidagi dastlabki qarashlar sifatida qimmatlidir. 1996-yili Sh.Orifjonova «O‘zbek tilida lug‘aviy graduonimiya» mavzusidagi nomzodlik ishini himoya qildi. Uning ta’kidlashiga ko‘ra, graduonimiya (o‘zbek tilidagi ma’nodoshi darajalanish) absolyut/mutlaq sinonim sifatida so‘zlararo ma’noviy munosabatlarning bir ko‘rinishini ifodalovchi ilmiy tushuncha sifatida ommalashmoqda. Sh.Orifjonova o‘z monografiyasida sof lisoniy va g‘ayrilisoniy asoslariga ko‘ra lug‘aviy paradigmalarning darajalanishidagi umumiy hamda xususiy holatlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tgan.


  1. Download 250 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling