Kurs loyiha va kurs ishlarini bajarish boʻyicha uslubiy koʻrsatma mundarij a


VI. SALT ISH ISROFLARINI HISOBLASH


Download 1.92 Mb.
bet13/15
Sana07.05.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1437287
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kurs Loyiha ishi topshiriq

VI. SALT ISH ISROFLARINI HISOBLASH.

Transformatorning ikkilamchi chulgʻami ulanmagan holda ( Zn=∞, I2=0) ishlash rejimi uning salt ishashi deyiladi. Bu holda EYuK lar va toklar tenglamalari quyidagi koʻrinishni oladi:





I0a - salt ish tokining aktiv tashkil etuvchisi;
I0p - reaktiv tashkil etuvchisi.
I0p<10% I0 boʻlgani uchun I0≈I0p.
Transformator salt ishlaganda foydali quvvat nolga teng boʻlganligi uchun transformatorga kirishdagi quvvat P0 salt ishlash rejimida magnit oʻtkazgichdagi magnitaviy isroflar Ppoʻl ( uyurma toklar va gisterezisdagi isroflar ) bilan faqat birlamchi chulgʻam misidagi elektr isroflar ga sarflanadi. Lekin tok I0 qiymati unchalik katta boʻlmaganligi, ya’ni I1n ning 2-10% dan oshmaganligi va chulgʻam aktiv qarshiligi tufayli elektr isroflar 3·I20r1 ni hisobga olmaslik va salt ishlash quvvatining hammasi magnit oʻtkazgich poʻlatdagi magnitaviy isroflarni qoplashga sarflanadi, ya’ni P0=Ppoʻl. Shuning uchun transformatordagi magnitaviy isroflarni salt ish isroflari deyish qabul qilingan.

100. Sterjendagi indukstiya


101. Yarmodagi indukstiya
102. Egri stikdagi indukstiya
103. Egri stikdagi sterjen kesimi maydoni

104. Ad-2, 8.10-jadvaldan sterjen, yarmo va stыklar poʻlatlari uchun solishtirma isroflarni aniqlaymiz.




VII. TRANSFORMATORNI ISSIQLIK HISOBI.
Transformatorning qizishi va sovutish muammolari xuddi aylanuvchan elektr mashinalariniki kabidir, shu farq bilan-ki, transformatorlarda aylanuvchan qism boʻlmaydi. Bu esa ventilyastiyaga hamda mos holda ularni qizishiga ta’sir etadi. Mashinalardagi kabi transformatorlarning oʻzak va chulgʻamlaridan ajralib chiquvchi isroflar issiqlik energiyasiga aylanadi va transformatorning mos qismlarini qizishiga sabab boʻladi.
Moyli transformatorning issiqlik rejimi kuchli darajada uni sovutish usuliga bogʻliqdir. Transformatorlar sovutish boʻyicha quyidagicha farqlanadi:
a) tabiiy moyli sovutish;
b) shamol berish orqali tezkor sovutish
v) majburiy moyni aylantirish (stirkulyastiya) va uni suv yoki havo orqali sovutish.
7500 kVA gacha boʻlgan transformatorlar tabiiy moyli sovutishga ega katta quvvatli transformatorlar shamollatish va maxsus hollarda majburiy moyni stirkulyastiyalash orqali bajariladi.
Transformator ishlash jarayonida doim qiziydi. Ishlash davomida muhit temperaturasi +350C boʻlganda transformator chulgʻamlarining temperaturasi +700C dan ferromagnit oʻzakniki +750C dan; moyning ustki qatlami +600C dan ortib ketmasligi lozim. Amalda sovitish usuliga qarab quruq (S markali), moyli (M markali) va yonmaydigan suyuq dielektrik bilan toʻldirilgan kuch transformatori keng ishlatiladi. Quruq transformator bino ichida, stexlarda oʻrnatiladi, ular ishlatishda qulay. Havoning elektr mustahkamligi pastroq boʻlganligi uchun quruq transformatorda izolyastion boʻshliqlar va ventilyastion kanallar kattaroq qilinadi.
Quruq transformatorning quvvati 1600-2500 kVA, yuqori kuchlanish 15-20 kV gacha boʻlishi mumkin. Moyli transformatorda ferromagnit oʻzakni chulgʻamlar bilan birga transformator moyi bilan toʻldirilgan metall bakka joylashtiriladi. Transformatorlarda elektr mustahkamligi 70-120 kV/sm boʻlgan maxsus tayyorlangan mineral moy ishlatiladi. Kichik quvvatli (30 kVA gacha) kuch transformatori bakining devorlar tekis boʻladi. Kattaroq quvvatli (1800 kVA gacha) transformatorlarda sovitish yuzasini kattalashtirish uchun bak devori qobirgʻasimon qilib tayyorlanadi, bu maqsadda bak devorlariga maxsus trubalar payvandlanadi. Quvvati 1800+10000 kVA gacha boʻlgan transformatorda bakning tashqi tomonida trubali radiatorlar oʻrnatiladi. Quvvati 10000-63000 kVA boʻlgan transformatorda radiator trubalari tashqi tomondan maxsus ventilyatorlar bilan sovitilib turiladi. Yanada katta quvvatli transformatorlarda moy nasos yordamida maxsus sovituvchi qurilma oʻtkaziladi va moyning majburiy harakati ta’minlanadi.
Havoning transformator moyiga zararli ta’sirini kamaytirish hamda bok hajmini kengaytirish maqsadida quvvati 75 kVA va undan ortiq transformatorlar qopqogʻi ustiga maxsus kengaytiruvchi bak oʻrnatiladi. Kengaytiruvchi bak asosiy bak bilan truba orqali tutashtiriladi. Odatda transformator moyi kengaytiruvchi bakning yarmigacha toʻldiriladi. Kengaytiruvchi bakning havo bilan tutashadigan joyiga biror idishda havoning namligini oʻzida olib qoluvchi modda-sorbent qoʻyiladi. Quvvati 160 kVA va undan ortiq boʻlgan transformatorlarda moyni tozalab turish uchun termosifon filtr oʻrnatiladi. Kengaytiruvchi bakning yon tomoniga undagi moyning sathini koʻrsatuvchi shisha naycha oʻrnatiladi.
Quvvati 1000 kVA va undan ortiq transformatorda uni ichki buzilishlardan saqlaydigan maxsus saqlagich asbob - gaz relesi boʻlib, u asosiy bakni kengaytiruvchi bak bilan tutashtiruvchi trubaga oʻrnatiladi. Har bir transformatorning baki devorida oʻrnatilgan temir tunukachada uning texnik ta’rifi yozilgan boʻladi.
111. Haroratning ichki tushuvi katolok oʻlchamiga ega boʻlgan tashqi gʻaltak ,,Г” uchun hisoblanadi. 1m3 hajmda chulgʻamdagi isrof.

112. Chulgʻamni oʻrtacha shartli issiqlik oʻtkazuvchanligi.

113. Qatlamlararo izolyastiyani hisobga olgandagi oʻrtacha issiqlik oʻtkazuvchanlik.

114.,,Г’’ gʻaltakda haroratning toʻliq ichki tushuvi.

a-Г gʻaltakning radial oʻlchami a'2 -ekran – В gʻaltak – kanal=5,33-0,5-1,478-0,3=3,052 sm


(Qisqa tutashuv hisobidan) =30,52 mm.
115. Haroratni ichki oʻrtacha tushuvi

116. Chulgʻam sirtida haroratning tushuvi.

Issiqlik oqimi zichligi
(qisqa tutashuv hisoblari)
117. Chulgʻam haroratini moy haroratidan oʻrtacha oshishi.
Θ0.мср= Θ0.ср+ Θ0.м=2,77+16,6=19,37≈19,40C



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling