Kursi sh I mavzu: pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish mexanizmi


Shaffoflikni oshirish va komunikatsion kanalni takomillashtirish


Download 448.21 Kb.
bet17/21
Sana16.06.2023
Hajmi448.21 Kb.
#1515971
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Жураев Эргаш (2)new

Shaffoflikni oshirish va komunikatsion kanalni takomillashtirish
Inflyatsion targetlash rejimida pul-kredit sohasida amalga oshiriladigan choralar shaffofligini oshirishga va asossiz inflyatsion kutilmalarning oldini olishga qaratilgan kommunikatsion kanalining amal qilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shundan kelib chiqqan holda, Markaziy bank qabul qilinayotgan qarorlar sabablari hamda mohiyatini elektron va bosma ommaviy axborot vositalari orqali aholi va biznes hamjamiyatiga tushuntirish bo‘yicha faol ish olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining ma’lumotlarni tarqatish umumiy tizimiga (MTUT) qo‘shilishi hamda Markaziy bankning alohida mavzularga bag‘ishlangan nashrlari sonining ko‘paytirilishi shaffoflikni oshirish va komunikatsion kanalni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Pul-kredit siyosati sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va kutilayotgan natijalarni keng jamoatchilikka yetkazish va ular tomonidan ma’lumotlarni to‘g‘ri qabul qilinishini ta’minlash maqsadida e’lon qilinadigan axborotlarda soha mutaxassisi bo‘lmaganlar uchun tushunarli bo‘lgan til va atamalardan foydalaniladi.
Shu bilan birga, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lami kengaytirib boriladi.
Tahlil va prognozlash salohiyatini mustahkamlash. O‘rta muddatli istiqbolda inflyatsion targetlashga o‘tish Markaziy bankning tahliliy va prognozlash salohiyatini mustahkamlashni hamda bosqichma-bosqich takomillashtirib borishni talab qiladi. Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning aniq strategiyasini ishlab chiqish va uning instrumentlaridan samarali foydalanish vazifasi ko‘p jihatdan Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan tahlil va prognozlar sifatiga bog‘liq.
Puxta ishlab chiqilgan makroiqtisodiy prognozlarga asoslangan pul-kredit siyosati ichki moliya bozorlaridagi noaniqliklarni kamaytiradi, qabul qilinayotgan qarorlar mohiyatini tushuntirishni yengillashtiradi va uning yo‘nalishlarini oldindan aniqlash imkonini yaratadi.
Bugungi kunda Markaziy bank xalqaro amaliyotlar asosida prognozlash ishlarini tashkil etishning boshlang‘ich bosqichida turibdi. Bunda inflyatsiya darajasini prognozlashning dastlabki modellarini tuzish borasida ilk qadamlar tashlangan.
Xususan, ARIMA (avtoregressiya – suzuvchi o‘rtachaning integrallashgan modeli) modelida iste’mol narxlarining guruhlashtirilgan indeksini qo‘llash va sinovdan o‘tkazish boshlandi.
Shu bilan birga, OLS (eng kichkina kvadratlar usuli) va VAR (vektorli avtoregressiya) modellari ham qo‘llanmoqda.
2018-2021 yillarda inflyatsiya va bank tizimidagi likvidlilikni omillar bo‘yicha tahlil qilish, to‘lov balansi statistikasini zamonaviy usullar asosida tuzish, asosiy makroiqtisodiy hamda pul-kredit ko‘rsatkichlarini prognozlash va modellashtirish instrumentlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlar yanada kuchaytiriladi.
Shu bilan birga, Markaziy bank tomonidan 2018 yildan boshlab iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarni aniqlash borasida o‘tkazilayotgan so‘rovlar va kuzatuvlar inflyatsion xatarlarni chuqur o‘rganish, pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va samarali amalga oshirishda ko‘mak beradi.
Yuqorida qayd etilgan pul-kredit vositalararini takomillashtirish bo’yicha masalalar toʼla hal qilinsa, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosatini yanada takomillashtirish, demakki, natijada bank tizimini yanada rivojlantirish mumkin. Pul-kredit siyosati samaradorligini oshirishda prognozlash ishlarini yuqorida qayd etilgan usullardan tashqari MS Excel dasturida ko‘p omilli korrelyasion bog‘lanish orqali prognoz qilish mumkin. Masalan, monetar siyosat vositalari hisoblanadigan majburiy zaxiralar meʼyori va qayta moliyalashtirish stavkasining jami kreditlar hajmiga taʼsirini ko‘rish mumkin. Bunda xususiy hol sifatida ushbu omillarning uzoq muddatli (investitsion) kreditlarga taʼsirini ko‘rish yetarli. Buning uchun nisbatan barqaror davr hisoblangan 2018-2022- yillardagi majburiy zaxiralar meʼyori, qayta moliyalashtirish stavkasi va uzoq muddatli kreditlar hajmi o‘zgarish dinamikasidan foydalanamiz(3.1-jadval).

Download 448.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling