Kursi sh I mavzu: pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish mexanizmi


Download 448.21 Kb.
bet13/21
Sana16.06.2023
Hajmi448.21 Kb.
#1515971
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
Жураев Эргаш (2)new

2023 yildan boshlab iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishda raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va moliyaviy resurslarning samarasiz taqsimlanishiga sabab bo‘luvchi imtiyozli kreditlash (foizlari bozor foiz stavkalaridan past bo‘lgan kreditlar) va direktiv kreditlash (mahalliy hokimlik organlari va davlat idoralari tomonidan kreditlarni belgilab berish) usullaridan bosqichma-bosqich voz kechish choralarini ko‘rish;

  • bank tizimida ajratilayotgan kreditlarning 60 foizi direktiv asosda ajratilgan kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va aynan ushbu omil ta’sirida tijorat banklarining kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi yuqori darajada qolmoqda.

    Bank xizmatlari bozorida raqobatni kuchaytirish va barcha ishtirokchilarga teng sharoitlarni ta’minlash yuzasidan boshlangan ishlarni xalqaro tajriba asosida takomillashtirib borish borasida tegishli amaliy ishlarni bajarish muhim o‘rin tutadi.
    MB fikricha, davlat ulushiga ega banklarni transformatsiya qilish va xususiylashtirishni muvaffaqiyatli yakunlash kelgusi yillarda davlat budjetidan banklar kapitaliga pul kiritish zaruratini keskin kamaytiradi. Bank tizimining bozor munosabatlari asosida faoliyat yuritishi ta’minlanadi, banklar kapitalini xorijiy investitsiyalar va xususiy investorlar mablag‘lari hisobidan oshirib borish va shu orqali iqtisodiyotda pul oqimlarining samarali taqsimlanishi natijasida istiqbolli loyihalarni kreditlash ko‘lamining kengayishiga sharoit yaratiladi.
    Ushbu chora-tadbirlardan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankini o‘zining 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan pul-kredit siyosatini takomillashtrish bo‘yicha o‘z yo‘nalishlarini ishlab chiqqan. Ushbu yo‘nalishlarni quyida ko‘rishimiz mumkin.
    Pul-kredit siyosatini rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan ishlar
    1. Operatsion mexanizm instrumentlarini takomillashtirish

    • Markaziy bank obligatsiyalarini muomalaga chiqarishda daromadlilik bo‘yicha mavjud chegaralarni to‘liq bekor qilish va Markaziy bankning uzoqroq muddatli likvidlik narxi shakllanishida “narxni qabul qiluvchi” (price taker) bo‘lishiga erishish;

    • Markaziy bankning “kunlik kredit operatsiyasi”ni (intraday credit facility) joriy etish va kun davomida banklarga garov evaziga foizsiz kreditlar berish;

    • Likvidlikning umumiy holati va banklarning likvidlikni boshqarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda zarurat bo‘lganda (xususan, majburiy zaxiralash hisob-kitob davrining so‘nggi kunida) to‘g‘rilash operatsiyalaridan foydalanish


    Download 448.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling