Kursi sh I mavzu: pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish mexanizmi


Download 448.21 Kb.
bet11/21
Sana16.06.2023
Hajmi448.21 Kb.
#1515971
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Жураев Эргаш (2)new

Kommunikatsiya kanali. Pul-kredit siyosatida qabul qilinayotgan qarorlarning iqtisodiyotga samarali oʼtishi koʼp jihatdan iqtisodiyot
subʼektlarining bank tizimiga, Markaziy bankka va milliy valyutaga boʼlgan ishonchiga bogʼliq. Mazkur ishonchni oshirishda esa kommunikatsiya kanalining ahamiyati yuqori hisoblanadi.
Keyingi yilda ham kommunikatsion siyosatni yanada takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratilib, Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani koʼrib chiqish boʼyicha har bir yigʼilishi yakunlari boʼyicha (yilda 8 marotaba) press-reliz eʼlon qilish va tayanch yigʼilishlar yakunlari boʼyicha (yilda 4 marotaba) press-brifing oʼtkazish amaliyoti davom ettiriladi.Kelgusi yillarda kommunikatsiya sohasida amalga oshiriladigan ishlar qatorida aholi va OАV vakillarining moliyaviy savodxonligini oshirish boʼyicha seminar-treninglar tashkil etish, muloqot kanallari va instrumentlari qatorini kengaytirish, eʼlon qilinayotgan sharhlar va maʼlumotlarning tushunarlilik darajasini oshirish, moʼljalli kommunikatsiyani amalga oshirishni yoʼlga qoʼyish kabi vazifalarni qayd etib oʼtish lozim.
II bob bo’yicha xulosa
Umuman olganda pul-kredit siyosati iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor vazifalari, xususan belgilangan makroiqtisodiy koʼrsatkichlarning soʼzsiz bajarilishini taʼminlashga qaratiladi. Bunda, yalpi ichki mahsulotning oʼsish surʼatlariga muvofiq iqtisodiyotning pulga boʼlgan oshib borayotgan talabini toʼliq qondirish va bank tizimi likvidligini maqbul darajada saqlab turish orqali inflyatsiya darajasini belgilangan maqsadli parametridan oshirmaslik maqsadida Markaziy bank oʼz tasarrufidagi pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalanmoqdi. Ushbu instrumentlar samarali bo‘lishi uchun hozirgi kunda amaliy ishalar olib borilmoqda. Yil boshidan Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqariladigan obligasiyalar bo‘yicha choraklik grafikni oldindan e'lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi va endilikda tijorat banklari muomalaga chiqarilishi rejalashtirilgan davlat qimmatli qog‘ozlari hajmini, muddatini va turini oldindan bilishlari hamda likvidlikni boshqarishda e'tiborga olishlari mumkin bo‘ldi.
Majburiy zaxira me’yorlariga kelsak, tijorat banklarining milliy valyutadagi depozitlari uchun Markaziy bankda shakllantiriladigan majburiy rezervlari normativi milliy valyutadagi depozitlar uchun 4 foiz darajasida o‘zgartirishsiz qoldirilgan bo‘lsa, chet el valyutasidagi depozitlari uchun 18 foiz darajasida belgilandi. Xulosa qiladigan bo’lsak, bir tomondan chet el valyutasidagi depozitlari uchun normativ 18 foizga oshirilishi iqtisodiyotda depozitlar dollarlashuvini kamaytiradi, ikkinchi tomondan umumiy likvidlikning oshishi sharoitida likvidlikni boshqarishning bir martalik instrumenti sifatida xizmat qiladi. Global inflyasion jarayonlarning davom etayotganligini inobatga olib, narxlarga monetar omillar ta'sirini minimal darajada saqlab qolish, milliy valyutadagi aktivlarning nisbiy ustunligini ta'minlab borish maqsadida yil so‘ngigacha “nisbatan qat'iy” pul-kredit sharoitlari saqlab qolindi va hozirgi davrda ham 15% qat’iy stavka amal qilmoqda.
Pul-kredit siyosatining joriy rejimiga to’xtalsak, hozirgi kunda mamlakatimiz inflatsion targetlash rejimiga o’tmoqda. Mazkur rejimda markaziy bank faoliyati shaffofligining oshishi aholining inflyatsiya kutilmalarini pasayishiga hamda markaziy bankka bo‘lgan ishonchi mustahkamlanishiga olib keladi.
Inflyatsion targetlash rejimining samaradorligi ko‘p jihatdan, markaziy bankning inflyatsiya bo‘yicha miqdoriy mo‘ljallarni belgilash va pul-kredit instrumentlarini tanlashdagi mustaqilligi darajasi bilan bog‘liqdir.

Download 448.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling