Kursi sh I mavzu: pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish mexanizmi


Banklararo pul bozorida operatsiyalar hajmi (mlrd. so‘m) va foiz


Download 448.21 Kb.
bet7/21
Sana16.06.2023
Hajmi448.21 Kb.
#1515971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Жураев Эргаш (2)new

Banklararo pul bozorida operatsiyalar hajmi (mlrd. so‘m) va foiz
stavkalari3
1-rasm



Bank tizimida likvidlik tarkibiy profisitining o‘sib borishi hamda banklararo pul bozoridagi sharoitlarning sezilarli darajada yumshashi kuzatilib, iyul' oyida o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari 8,7 foizgacha pasaygan bo‘lsa, avgust oyidan boshlab operatsion mexanizmdagi zaruriy o‘zgartirishlar hisobiga foiz stavkalarining 13 foizgacha ko‘tarilishi va foiz koridori doirasiga qaytishi kuzatildi.
Joriy yilning avgust oyida majburiy zaxiralash me'yorlariga ham ayrim o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, tijorat banklarining milliy valyutadagi depozitlari uchun Markaziy bankda shakllantiriladigan majburiy rezervlari normativi milliy
valyutadagi depozitlar uchun 4 foiz darajasida o‘zgartirishsiz qoldirilgan bo‘lsa, chet el valyutasidagi depozitlari uchun 18 foiz darajasida belgilandi (oldingi me'yor 14 foiz).Xorijiy valyutadagi depozitlar uchun majburiy zaxiralash me'yorlarining oshirilishi bir tomondan iqtisodiyotda depozitlar dollarlashuvini ma'lum darajada qisqartirsa, ikkinchi tomondan umumiy likvidlikning oshishi sharoitida likvidlikni boshqarishning bir martalik instrumenti sifatida xizmat qiladi. Shu bilan birga, tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy rezervlari miqdoriga nisbatan o‘rtachalash koeffisienti 75 foizdan 80 foizgacha oshirildi va bu xorijiy valyutadagi depozitlar bo‘yicha majburiy zaxiralash me'yori o‘zgartirilishining banklarga bo‘lgan bosimini minimallashtiradi. Shuningdek, o‘rtachalash koeffisientining oshirilishi bir tomondan banklarning likvidlikni boshqarishdagi moslashuvchanligini oshirsa, boshqa tomondan vakillik hisobvarag‘ida saqlanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hajmining ortishi orqali banklarning qat'iy prudensial normativlarni bajarishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, Markaziy bankning qayta moliyalash stavka-si instrumentidan ham pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy o‘sish jarayonlarini rag‘batlantirish maqsadida keng foydalanildi.
Qayta moliyalash stavkasining ushbu darajada ushlab turilishi pul bozorida moliyaviy resurslarga bo‘lgan talab va taklifning muvozanatini saqlashga, real sektor korxonalarining investision imkoniyatini oshirishga, iqtisodiyotni kreditlash hajmini yanada kengaytirish va ayni paytda tijorat banklarining resurs bazasining barqarorligini ta'minlashga xizmat qildi.
Respublikadagi barqaror makroiqtisodiy holat va yuritilayotgan qat'iy pul-kredit siyosati pul va moliya bozorlaridagi foiz stavkalari, jumladan tijorat banklarining kreditlari va depozitlari bo‘yicha foiz stavkalari dinamikasida o‘z aksini topdi.

Download 448.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling