Kursi sh I mavzu: pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish mexanizmi


Download 448.21 Kb.
bet10/21
Sana16.06.2023
Hajmi448.21 Kb.
#1515971
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
Жураев Эргаш (2)new

Valyuta kursi kanali. Kapital oqimlari erkin harakatlanadigan va moliya bozorlari yetarlicha rivojlangan mamlakatlarda foiz kanalining valyuta kursi kanali bilan kuchli bogʼliqligi kuzatiladi. Xususan, foiz stavkalarining pasayishi mamlakatga kapital oqimining
kamayishiga sabab boʼlib, milliy valyuta almashuv kursiga bosimni keltirib chiqaradi.Valyuta kursi kanalini takomillashtirish yoʼlidagi choralardan biri norezidentlarga davlat qimmatli qogʼozlari bozorida qatnashish uchun ruxsat berish boʼlib, buning natijasida, nafaqat mamlakatga kapital oqimi muhitining yaxshilanishiga, balki bozor infratuzilmasining ham rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Bunda, valyuta xatarlarini oldini olish maqsadida norezidentlarning qimmatli qogʼozlar bozoridagi ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish va zaruriy riskni boshqarish (“hedging”) instrumentlarini joriy etish zarur hisoblanadi.
Kredit kanali. Kredit kanali foiz kanali bilan kuchli bogʼliqlikda boʼlib, foiz stavkalari oʼzgarishi kreditlar hajmiga va u orqali iqtisodiy oʼsishga sezilarli taʼsir koʼrsatadi.
Biroq, yuqorida keltirib oʼtganimizdek, foiz stavkalari oʼzgarishining kreditlar oʼsish surʼatiga taʼsiri, bizning iqtisodiyotimizda nisbatan past boʼlib, bu soʼnggi yillarda yuzaga chiqqan “investitsion chanqoqlik”, imtiyozli kreditlash amaliyoti va kreditlar dollarlashuv darajasi bilan bogʼliq.
Kutilmalar kanali. Аholi va tadbirkorlik subʼektlarining inflyatsion kutilmalari, moliya bozori qatnashchilarining kelgusi foiz stavkalari dinamikasi boʼyicha kutilmalari va umuman pul-kredit siyosati boʼyicha kutilmalar iqtisodiyot subʼektlarining qarorlar qabul qilishiga taʼsir etadigan asosiy omillardan hisoblanadi. Kutilmalar kanali foiz kanali bilan uzviy bogʼliqlikda boʼlib, foiz stavkalarining oʼzgarishi inflyatsion kutilmalarga taʼsir oʼtkazsa, oʼz navbatida, inflyatsion kutilmalar iqtisodiyotdagi depozit va kreditlar boʼyicha muvozanatli foiz stavkalarini belgilash uchun asos boʼladi.
Markaziy bank kelgusi yillarda ham aholi va tadbirkorlik subʼektlarining inflyatsion sezilmalari, kutilmalari va ularni shakllantiruvchi omillarni oʼrganish va tahlil qilishda davom etadi. 2022 yildan boshlab soʼrovlar natijalarini tahlil qilish va eʼlon qilish metodologiyasini takomillashtirish nazarda tutilmoqda. Oʼz oʼrnida, bank tizimining ham inflyatsion kutilmalarini oʼrganish muhim boʼlib, aynan ularning kutilmalari kreditlar va depozitlar boʼyicha foiz stavkalariga sezilarli taʼsir koʼrsatadi. Shu sababli, kelgusida aynan bank tizimi xodimlari orasida ham inflyatsion kutilmalarni oʼrganish boʼyicha soʼrovlar oʼtkazib borish rejalashtirilgan.

Download 448.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling