Kursi sh I mavzu: pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish mexanizmi


Download 448.21 Kb.
bet6/21
Sana16.06.2023
Hajmi448.21 Kb.
#1515971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Жураев Эргаш (2)new

I bob bo‘yicha xulosalar
Xulosa qilib shuni ta'kidlash joizki, Markaziy banklar monetar siyosat funktsiyalari orqali bank tizimini boshqaradi va ularni tartibga soladi. Majburiy zaxiralar siyosati iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida Markaziy bankning monetar siyosatining eng ahamiyatli va ta'sirchan instrumentlaridan biri sifatida muhim ahamiyatga egadir. Qayta moliyalashtirish siyosati orqali esa kreditlash limitlarini joriy qilish va bu bilan pul massasi va foiz stavkalarining keskin o‘sishiga barham berish mumkin. Markaziy bankning monetar siyosati ta'sirchanligini oshirish uchun Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalarini rivojlantirish lozim. Buning uchun birinchidan, mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratish, ikkinchidan, unga bevosita va bilvosita ta'sir etadigan omil – mulkchilikni (xususiylashtirishni) to‘g‘ri tashkil qilish lozim, uchinchidan, unda ishtirok etadigan asosiy omil – xalqning daromadlarini oshirish masalasini qayta ko‘rib chiqish kerak.



II BOB. O‘ZBEKISTONDA PUL-KREDIT SIYOSATI VOSITALARI VA ULARNING AMAL QILISH MEXANIZMINING HOZIRGI HOLATI TAHLILI




2.1 O‘zbekistonda pul-kredit siyosatini amalga oshirishning hozirgi holati tahlili




Pul-kredit siyosati iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor vazifalari, xususan belgilangan makroiqtisodiy koʼrsatkichlarning soʼzsiz bajarilishini taʼminlashga qaratiladi. Bunda, yalpi ichki mahsulotning oʼsish surʼatlariga muvofiq iqtisodiyotning pulga boʼlgan oshib borayotgan talabini toʼliq qondirish va bank tizimi likvidligini maqbul darajada saqlab turish orqali inflyatsiya darajasini belgilangan maqsadli parametridan oshirmaslik maqsadida Markaziy bank oʼz tasarrufidagi pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalanmoqdi.
2021- yilda Markaziy bankning operasion mexanizmi va pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va inflatsion targetlash rejimi standartlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlar faollashtirildi.
Xususan, yil boshidan Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqariladigan obligasiyalar bo‘yicha choraklik grafikni oldindan e'lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi va endilikda tijorat banklari muomalaga chiqarilishi rejalashtirilgan davlat qimmatli qog‘ozlari hajmini, muddatini va turini oldindan bilishlari hamda likvidlikni boshqarishda e'tiborga olishlari mumkin bo‘ldi. 2021-yilning o‘tgan davrida bank tizimida umumiy likvidlikning sezilarli ortishi kuzatilib, ular tomonidan o‘rtachalash me'yorining muntazam ravishda bajarilishi hisobiga ushbu operatsiyalarga talab bo‘lmadi. Aksincha, may-iyul' oylarida umumiy likvidlikning sezilarli ortishi sababli Markaziy bankning jalb etish operatsiyalariga talab oshdi. Natijada mazkur holat deposit auksionlari hajmi va Markaziy bank obligasiyalarining chiqarilish grafigiga tuzatishlar kiritishni taqozo etdi. May oyida pul bozoridagi foiz stavkalarining pasaya boshlashi bilan Markaziy bank obligasiyalari qoldig‘i bo‘yicha limitlar 5 trln. so‘mdan 7,5 trln. so‘mgacha va ikki haftalik depozit auksionlari hajmi 100 mlrd. so‘mdan 200 mlrd. so‘mgacha oshirildi. Iyun' oyida ham umumiy likvidlik hajmining ortishda davom etishi va bozorda foiz stavkalari pasayuvchi dinamikasining saqlanib qolishiga javoban Markaziy bank obligasiyalari qoldig‘i limiti 10 trln. so‘mgacha va ikki haftalik depozit auksionlari hajmi esa 500 mlrd. so‘mgacha oshirildi. Shuningdek, hukumat operatsiyalarining III chorakda ham umumiy likvidlikka oshiruvchi ta'sirining saqlanib qolishi, pul bozoridagi foiz stavkalari dinamikasi hamda bank tizimi umumiy likvidligining kelgusi oylar uchun prognozidan kelib chiqib, sentyabr' oyida Markaziy bank obligasiyalari qoldig‘i limiti 15 trln. so‘mgacha va deposit auksionlari hajmi bo‘yicha limit 4 trln. so‘mgacha oshirildi. Joriy yilning avgust oyidan boshlab Markaziy bank operasion mexanizmiga ham bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, mayiyul' oylarida byudjet xarajatlarining iqtisodiy faollikni qo‘llabquvvatlash maqsadida sezilarli darajada oshirilganligi bank tizimi umumiy likvidlik darajasining ortishiga sabab bo‘lib, banklararo pul
bozoridagi foiz stavkalari darajasiga salmoqli ta'sirga ega bo‘ldi.

Download 448.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling