Kursi sh I mavzu: pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish mexanizmi


Markaziy Bank va uning iqtisodiyotdagi vazifalari


Download 448.21 Kb.
bet5/21
Sana16.06.2023
Hajmi448.21 Kb.
#1515971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Жураев Эргаш (2)new

3.Markaziy Bank va uning iqtisodiyotdagi vazifalari
Bozor iqtisodiyotida pul va u bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish “Markaziy bankning monetar siyosati” orqali amalga oshiriladi.
Pul-kredit (monetar) siyosati – iqtisodiyotning barqaror, samarali amal qilishini ta'minlash maqsadida barqaror pul tizimini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan pul muomalasi va kredit sohasida mamlakat Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yig‘indisi.
O‘zbekiston Respublikasida bank tizimi ikki pog‘onadan, Markaziy (emission) bank hamda tijorat banklaridan iborat. Markaziy bank – bank tizimi mavjud bo‘lgan barcha davlatlar pul-kredit tizimining asosini tashkil qiladi. Markaziy bankning moliya bozoridagi o‘rni mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga va xususiyatiga bog‘liqdir. Bu esa o‘z navbatida bank tizimini shakllanishiga asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Markaziy bank mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona pul-kredit siyosatini amalga oshiradi.
Markaziy bankning paydo bo‘lish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning tijorat banklaridan biroz kechroq paydo bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Markaziy bankning yuzaga kelishiga asosiy sabab bank tizimining butunlay ishdan chiqishi darajasiga yetishi, ya'ni har bir bank o‘zicha va o‘zi belgilagan miqdorda muomalaga turli xildagi, hamda turli nominaldagi pul belgilari chiqarishi bilan yuzaga kelgan. Bu o‘z navbatida bevosita muomalada tovarlar va moddiy qimmatliklarga nisbatan pulning bir-necha barobar ko‘payishiga va oqibatda nafaqat bank tizimining, balki butun iqtisodiyotning izdan chiqishiga olib kelgan. Bu o‘z navbatida emission banklarning markazlashtirilishiga sabab bo‘lgan. Mazkur holat esa emissiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan bankning boshqa banklarga nisbatan barqaror va mustahkam bo‘lishiga olib keldi. Natijada bank tizimida mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan sof raqobat yo‘qolib, ko‘zlangan natijaga erishilmadi. Shundan so‘ng, iqtisodchilar tijorat banklari faoliyatini boshqaradigan va faoliyati jihatdan ulardan farqlanib turuvchi bankni vujudga keltirish zarurligini anglab yetdilar. Natijada, birinchi Markaziy bank 1656 yilda Shvetsiyada, undan so‘ng 1694 yilda Angliyada vujudga keldi.
Har qanday davlatda Markaziy bank hukumat banki bo‘lib hisoblanadi va uning mavqei o‘sha davlat qonunlari bilan belgilanadi.
Markaziy banklar turli davlatlarda turlicha nomlanishi mumkin. Masalan, AQShda – Federal zaxira tizimi; Germaniya va Qozog‘istonda – Milliy bank; Xitoyda – Xalq banki; Angliyada – Angliya banki; O‘zbekiston va Rossiyada esa, - Markaziy bank deb nomlanadi. Mazkur banklar qanday nomlanishidan qat'iy nazar, barchasi Markaziy bank hisoblanadi. Bu banklar deyarli barcha davlatlarda milliylashtirilgan va ular davlat mulki sanaladi.
Markaziy bank hukumatning rasmiy pul-kredit instituti sifatida namoyon bo‘ladi va u foyda olish maqsadida tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq Markaziy bankning asosiy maqsadi bu – milliy valyuta kursini barqaror holatda saqlash va bu orqali mamlakat hududida baholar barqarorligini ta'minlashdan iboratdir.
Bugungi kunda har qanday davlatning moliya-kredit tizimida eng asosiy va muhim o‘rinni rasmiy pul-kredit siyosatini yurgazuvchi – Markaziy bank egallaydi. Iqtisodiyotni butun mamlakat miqyosida tartibga solishda pul-kredit hamda byudjet siyosatini chambarchas bog‘liqlikda olib borilishi muhim ahamiyatga egadir. Markaziy bank faoliyatida pul-kredit siyosatining asosiy vositalarini egallamasdan turib, bozor iqtisodiyotini monetar siyosat orqali samarali tartibga solish mumkin emas.
Xalqaro amaliyotda deyarli barcha davlatlarda Markaziy bankning emission monopoliyasi qonun bilan belgilab qo‘yiladi. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning markaziy banklari ko‘p hollarda faqat pulni zarb etish bilan emas, balki uning dizayni, banknotalar himoyasi hamda boshqa texnik masalalarni ko‘rib chiqish bilan ham shug‘ullanadi. Banknotalar banklarga nominal bo‘yicha sotiladi, ammo ba'zi hollarda Markaziy bank qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatgani uchun komission haq oladi.
Markaziy bank uchun banknotalar tovar sifatida baholangani tufayli davlat pulning nominali bilan unga ketgan sarf-xarajatlar o‘rtasidagi farqdan foyda oladi, bu esa, bankning asosiy resurs (passiv)larini tashkil etadi.
Banknotalar (qog‘oz pullar) vaqti-vaqti bilan inflyatsiya ta'siriga uchrashi mumkin. Tabiiyki, bu hol muomaladagi naqd pullar sezilarli bo‘lgan mamlakatlarga xosdir. Agar banknotalarning bir qismi Markaziy bankka qaytmasa (tezavratsiya), davlat qo‘shimcha muomala vositalarini muomalaga chiqaradi, bu esa inflyatsiya jarayonining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Markaziy bank pul-kredit siyosatini yurguzuvchi organ bo‘lib hisoblanadi, bu esa valyuta kursiga, foiz stavkalariga, bank tizimining umum likvidlilik hajmiga va tabiiyki butun iqtisodiyotga ta'sir o‘tkazish uchun yo‘naltiriladi. Bu vazifalarni yechishda iqtisodiyotni barqaror o‘sishini hamda ishsizlik va inflyatsiyani kamayishini ta'minlash maqsadi yotadi. Markaziy bank odatda ustav bo‘yicha pul muomalasini va milliy valyuta kursi barqarorligini ta'minlashga javobgar, shu maqsadda o‘z siyosatini boshqa davlat organlarining siyosati bilan moslashtirishga harakat qiladi.
Markaziy bank avvalo, davlat va banklar o‘rtasida iqtisodiyot orqali vositachi vazifasini o‘taydi. Shunday muassasa sifatida u pul va kredit oqimini qonunda ruxsat etilgan vositalar yordamida tartibga soladi.
Banklarni tartibga solish deganda, davlatning Markaziy bank orqali banklarning barqarorligini, xavfsizligini ta'minlashi tushuniladi. Hozirgi kunda bank operatsiyalarining nazoratida birinchi galda butun iqtisodiyotning barqarorligini ta'minlash qiziqishlari yotadi. Banklarning bankrotga uchrashi mijozlarning ma'lum yo‘qotishlarga uchraganliklari sabab bo‘lishi mumkin va buning oqibatida hatto zanjirli reaktsiya boshlanib, butun iqtisodiyotga xavf solishi, ishlab chiqarishning o‘sish sur'atiga va ish bilan bandlikka salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Shu narsani alohida ta'kidlab o‘tish joizki, ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar markaziy banklarining xalqaro amaliyotda orttirgan tajribalaridagi yaxshi jihatlarini bizda qo‘llash yaxshi samara berishi mumkin. Xususan:
birinchidan, banknotalar emissiyasini mexanizmini qayta qurish lozim. Ya'ni, Markaziy bank banknotalarni tijorat banklariga sotishi va kassa operatsiyalarini faqatgina ular bilan amalga oshirishi lozim. Banknotalar bilan ta'minlab berish masalasini to‘la hal etish kerak;
ikkinchidan, naqd pulsiz hisob-kitob shakllarini rivojlantirish orqali muomaladagi pul massasining naqd pul (banknota)lar hajmini qisqartirishga erishish zarur;
uchinchidan, naqd pullik va naqd pulsiz oborotlar o‘rtasidagi sun'iy farqlilikni yo‘qotish kerak;
to‘rtinchidan, foiz stavkasi siyosati orqali yalpi pul massasini tartibga solish tizimini kiritish kerak. Masalan, foiz stavkalari kreditning sog‘lomlashishiga xizmat qiladi demak, naqd pulsiz emissiya faqat inflyatsiya templari darajalariga mos bo‘lguncha bo‘lgan sharoitda yordam berishi mumkin;
beshinchidan, Markaziy bankni faqat Oliy Kengashga hisob berishligini Qonundan yaxshi bilamiz, lekin, qonunchilikda Markaziy bank tomonidan davlatning kreditlash chegarasini aniq belgilab qo‘yish lozim. Aks holda pul-kredit sohasini tartibga solishda yetarli darajadagi samaraga erishib bo‘lmaydi;
oltinchidan, hukumat butun bank tizimini tartibga solish uchun o‘z ta'sirini kamaytirgan holda Markaziy bankka yetarli vakolatlardan va instrumentlardan foydalanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishi kerak. Ya'ni, iqtisodiyotni erkinlashtirishni yanada jadallashtirish lozim.
Ishlab chiqilayotgan har bir bank qonunchiligimizda rivojlangan mamlakatlarning bank ishidagi yutuqlari va tajribalarini e'tiborga olishimiz kerak. Aks holda, butun iqtisodiyotni samarali faoliyat yuritishini ta'minlab bo‘lmaydi.

Download 448.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling