Kursi sh I mavzu: pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish mexanizmi


Kurs ishining obyekti va predmeti


Download 448.21 Kb.
bet3/21
Sana16.06.2023
Hajmi448.21 Kb.
#1515971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Жураев Эргаш (2)new

Kurs ishining obyekti va predmeti. Kur ishining obyekti – O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki hisoblanadi.
Kur ishining predmeti – pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish mexanizmlari hamda ularni takomillashtirish yo‘nalishlari hisoblanadi.
Kurs ishining maqsad va vazifasi. Markaziy bank tomonidan yuritiladigan pul-kredit siyosati,uning vosita va instrumentlarini, ularning amal qilish mexanizmlari borasidagi nazariy bilim va ko‘nikmalargalarga ega bo‘lish va ularni yanada takomillashtirish borasidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘rganish asosida xulosa va takliflar berishda iborat.
Mazkur maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilandi:

  • mamlakatda doirasida olib boriladigan pul-kredit siyosatini nazariy jihatdan o‘rganish;

  • Pul-kredit siyosatining asosiy vosita va instrumentlarining ushbu siyosatni olib borishdagi vazifalarini o‘rganish;

  • Inflatsion targetlash rejimiga o‘tish va uning maqsadli ko‘rsatkichiga erishish yo‘llarini o‘rganish;

  • MBning amaldagi pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va zamonaviy bozor instrumentlarini joriy etishdagi muhim vazifalarni belgilash.

Kurs ishining manbalari. Ushbu kurs ishini tayyorlashda ushbu mavzudagi ilmiy maqola,dissertatsiya va adabiyotlardan, Markaziy Bank tomonidan berib boriladigan pul-kredit sharhlari hamda ijtimoiy tarmoq saytlaridan foydalanildi.
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi : kurs ishi kirish, 3 ta bob, xulosa, va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.

I BOB. PUL-KREDIT SIYOSATI VOSITALARI VA ULARNING AMAL QILISH MEXANIZMINING NAZARIY USLUBIY ASOSLARI
1.Pul-kredit siyosatining mazmuni va uning iqtisodiyotni tartibga solishdagi ahamiyati
Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta'minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning kafolati bo‘lib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi. Bunda inflyatsiyaning past va barqaror ko‘rsatkichlari muvozanatli iqtisodiy o‘sishni ta'minlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholini yashash darajasini oshirishning muhim omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan, narxlar o‘sish sur'atlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi kerak.
Pul-redit siyosati - hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini taʼminlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam saqlab turishga qaratilgan chora-tadbirlari. Pul-redit siyosati davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi boʻlib, odatda, uni Markaziy Bank amalga oshiradi. Pul-redit siyosati orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi yoki koʻpay-tiriladi, inflyasiyani pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. Markaziy bank Pul-redit siyosatini olib borishda pul bozoriga toʻgʻridan-toʻgʻri — oʻzining boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin.
Pul-redit siyosati bevosita va bilvosita vositalar orqali amalga oshiriladi. Bevosita vositalar — moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular haj-mini toʻgʻridantoʻgʻri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit kurinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmi nazorat qili-nadi. Bilvosita vositalar — Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy zaxiratalablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga taʼsir etiladi.
Markaziy bank foydalanadigan vositalarning har biri foiz stavkalarining oʻsishiga, kreditlash va qarz olish hajmini kamaytirishga, lozim boʻlganda foiz stavkalarini oshirishga yoki, aksincha, tushirishga xizmat qiladi. 
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning markaziy banklari tajribalari hamda xalqaro moliya institutlari izlanishlari natijalari pul-kredit siyosatini amalga oshirishda narxlar barqarorligini ta'minlash maqsadining shak-shubhasiz ustuvorligini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi. Hozirgi sharoitda iqtisodiyotni pul-kredit vositalari orqali tartibga solish takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vazifalarni hal qilishga qaratilgandir. Bular jumlasiga barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlash, ish bilan bandlikni tartibga solish, tarmoq va mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo‘llab-quvvatlash, eksportni rag‘batlantirish kabilarni kiritish mumkin.

Download 448.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling