Kursi sh I mavzu: pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish mexanizmi


Pul-kredit siyosati amal qilish mexanizmlari va ularning samaradorligini oshirish yo’nalishlari


Download 448.21 Kb.
bet9/21
Sana16.06.2023
Hajmi448.21 Kb.
#1515971
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Жураев Эргаш (2)new

2.3. Pul-kredit siyosati amal qilish mexanizmlari va ularning samaradorligini oshirish yo’nalishlari
Pul-kredit siyosatining operatsion mexanizmida inflyatsion targetlash rejimi doirasida 2020 yilda yangi instrumentlar toʼplami joriy qilingan boʼlsa, 2021 yilda asosiy eʼtibor, mavjud instrumentlarni takomillashtirish, ularning oʼtkazilish vaqti, hajmlari va qoʼllanilish koʼlamini kengaytirish hamda ishlash mexanizmlarini optimallashtirib borishga qaratildi.
Ushbu yoʼnalishda keyingi bosqichlardagi eng muhim vazifalardan biri mazkur operatsion mexanizm instrumentlarini va pul-kredit siyosati jarayonlarini inflyatsion targetlash rejimi standartlariga toʼliq moslashtirish hisoblanadi.
Bu borada 2022 yilda va 2023-2024 yillar davomida bank tizimi likvidligini tartibga solish samaradorligini oshirish, pul bozorida banklar ishtirokini yanada faollashtirish, davlat qimmatli qogʼozlari bilan ikkilamchi savdolarni kengaytirish va shu orqali transmission mexanizmning foiz kanalini rivojlantirish borasida qator choralarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Pul-kredit siyosati qarorlarining iqtisodiyotga transmissiyasi (oʼtkazilishi) bir necha kanallar orqali amalga oshadi. Markaziy bank pul-kredit siyosati boʼyicha qarorlar qabul qilish jarayonida qarorning transmission mexanizm kanallari orqali iqtisodiyotga taʼsirini atroflicha baholaydi hamda taʼsir etish tezligi, taʼsir kuchi va yoʼnalishlarini inobatga oladi.
Foiz kanali. Ushbu kanal inflyatsion targetlash rejimi doirasida Markaziy bankning pul-kredit siyosati boʼyicha qarorlarini iqtisodiyotga oʼtishini taʼminlovchi asosiy kanal hisoblanadi va shu sababli, mazkur kanal eng avvalo, Markaziy bankning iqtisodiyotdagi foiz stavkalariga taʼsirini oshirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirib boriladi.
Shu oʼrinda, kelgusi yillarda operatsion mexanizmni yanada takomillashtirish va banklararo pul bozori faolligini oshirish boʼyicha amalga oshirilishi koʼzda tutilayotgan choralar pul bozoridagi qisqa muddatli foiz stavkalarining oʼrta va uzoq muddatli foiz stavkalariga, shu jumladan, iqtisodiyotdagi depozitlar va kreditlar boʼyicha foiz stavkalariga taʼsirining oshishi kutilmoqda.
Foiz kanalining birinchi boʼgʼini samaradorligini oshirishda Markaziy bank qisqa muddatli pul-kredit siyosati instrumentlarini inflyatsion targetlash rejimi standartlariga muvofiqlashtirishda davom etsa, ikkinchi boʼgʼini yaʼni pul bozorida banklar faolligini oshirish va banklararo REPO bozorini shakllantirish boʼyicha choralar pul-kredit va makroprudentsial siyosatlarning birgalikda qoʼllanilishini taqozo etadi.

Download 448.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling