Kutubxonasi
Download 214.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul
Dadam ham o’lgandilar
-Qizim juda qayg’udaman. Ammo buni bilishing kerak. Dadang rahmatli bo’libdi. U so’nggi so’zlarini aytib tugatmasdan, mening butun borlig’im yonib tamom bo’lgan edi. Xonadagi butun jihozlar oyoqqa turgan, hamma narsa ustimga bostirib kelardi. Devorlar, eshilar, shift deraza hamma narsa chir aylanardi. Shunday aylanardiki, o’rtasida bir jarlik paydo bo’ldi va u yerga to’g’ri qulb tushganimni his qildim. Keyin nima bo’lganini bilmayman. Ko’zimni ochganimda boshimda ikki oq kiyimli odam menga qarab turardi. Boshim karaxt, ichimda ta’rifsiz bir alam…Bir olov vujudimni kuydirardi. O’sha kuni ichimga tushgan hayot olovi hech so’nmadi. Bugun ham o’sha otashning azoni, yong’ini ichidaman. O’n yoshli bir qiz. Onasi, otasi va akasidan juda bo’lgan. Hayotda yakkayu yolg’iz. Allohning birorta quli yo’qki, unga tasalli bersa, suyanchiq bo’lsa. O’ylab ko’ring, taqdiringiz shunday bo’lsa nima qilardingiz? Juda dahshatli, qo’rqinchli emasmi? Nech kunlar och, suvsiz yig’ladim. Burchak-burchaklarga tiqildim, odamlardan qochdim. Umuman, holdan toydim, yiqildim. O’sha yili maktabga ham borolmadim, sinfda qoldim. Go’yo boshqa birovning hayotida yashar edim. Sen ovqatlanmasang, kasal bo’lsang, maktabga bormasang, kimning nima ishi bor? O’sha yillarda menga yagona tasalli beruvchi kishi ishchi Usmon afandi bo’ldi. Meni har kuni yo’qlardi. Sochlarimni silab:”Mening shakarim, gulim”, deya erkalatar va menga har kuni bittadan qand berardi. Shuncha iztirob ichida mittigina bo’lsa-da, uchqun ham baxtiyorlik nuri bo’ladi. Bugun ham hurmat bilan hotirlayman. Unga nima bo’ldi, hozir qayerda, bilmayman. Ammo mudir otani also kechirmayman. Undan keyin hech ham yo’qlamadi. Dardlarim bilan sira qiziqmadi ham, ehtiyojlarimni to’g’rilamadi ham. Holbuki, u so’z bergan edi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling