Kutubxonasi


Download 214.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/65
Sana01.12.2021
Hajmi214.22 Kb.
#178623
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65
Bog'liq
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul

 

 

 

 

 

 


Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

19

UCHINCHI BO’LIM 



 

“Och bo’rilar” davrasida talaba 

 

Qudratli inson bo’lish va menga azob berganlardan qasos olish uchun Istanbulga ketib, 



”Och qashqirlar” dasturxoniga tushgandim.  

Natija ma’lum…Men tushuntirishga chiday olmayman. Sizning ham o’qishga bardoshingiz 

yetmaydi… 

Onam meni chqirardilar.  

Imtihon natijasi muhim edi. Men orzu qilgan, istagan makyub keldi. Istanbul 

universiteti, huquq fakulteti.  

Bu hayotimda bir inqilob edi. Ilk marotaba baxtiyor edim va telbalarcha shodlanar edim. 

Endi buyuk inson bo’lgandim, universitetga kirdim. Endi men huquqshunosman. 

Joningizni olaman, zolimlar, nomusszilar, deb hayqirgim kelardi. Endi hech kim meni 

bolalar uyidan chiqqan, tashlandiq falonchi deb tahqirlay olmaydi. Orzu qilgan, 

xayollarimni o’g’irlagan shaharga, Istanbulga ketayotgandim. Hech ko’rmagandim. 

Ammo hamma inqilobchi o’rtoqlar o’sha yerdan kelar, o’sha yerdan bahslashar va o’sha 

yerdagi ishlarni tushuntirishardi. Endi ortimdan tor muhitning “och bo’rilar’I quvlamas, 

bezovta qilmas, zamonaviy bir muhitga kirayotgandim. Ilk marotaba hayolda emas

chinakamiga baxtiyor edim. Tahqirlanganlarimni, xo’rlanganlarimni va kimsasizligimni ilk 

marotaba unutgandim. Insonlarga haq, adolat va tenglik ulashuvchi bir huquqshunos 

bo’lish… Oh!Qanday ajoyib…Hayollar ham ajoyib, huzurbaxsh. Keyin esa millatlararo 

inqilobchi, mashhur huquqshunos bo’lish… Mahkama zallarida gurillagan va salobatli 

ovozim yangrasa…Ishonarlimi? Ahamiyati yo’q. Huquqshunos bo’lmasdan avval buning 

beboshligini chiqaraman yo…Endi meni Istanbul va huquq fakulteti sehrlagan edi. Ilm 

marotaba butun azoblarim unutilganini his qildim.  

Shuncha orzular qilarkanman, bir kecha tushimda hech tanimagan, rasmini ham 

ko’rmaganim onamni ko’rdim. Bir daqiqaga bo’lsa ham yomon kunlarni unutgandim. 

Bunisi qayerdan chiqdi? Onam: 

-Seni sog’indim, bolam. Nega meni yo’qlamaysan?-dedi.  

Hayron qoldim. O’lgan odam tuproqqa aylanadi. Biz ham o’lamiz. Tushimga kirgan va 

meni chaqirgan kim? Albatta, ruh falonchi emas. Unaqa demayman. Har holda yurakdagi 

iztirobli tuyg’ular yangidan alangalangan edi. O’zimga keldim. Ha, katishim kerak. Borib 

onam bilan dardlashay. Shodligimni bo’lishay, qishlog’imni ko’rayin. Ehtimol, qalbimda 

ba’zi g’arib ishonchlarim bordir. Qishlog’imizni oxirgi marta akamning janozasida 

ko’rgandim, o’n yil avval. Kichkina bola edim. Endi ancha ulg’aygan qziman. Vaqt 

qanday tez o’tadiya… Ketaman, ammo qanday? Cho’ntagimda ikkita nonga yetadigan 

pul bor. Oh, bu yo’qsillik qursin. Nima bo’ladi, bir kun kerak bo’lganida pul topilsa, nima 

bo’ladi? Bir kun do’stligingni ko’rsat… Istagimni, hayollarimni ichimga ko’mar ekanman, 

yonimda Amina paydo bo’ldi. Qo’lida convert bor edi. Bu ning har doimgi odati. 

Ochiqchasiga pul bermasdi-yu, olmayman deb e’tiroz bildirsam, uzrli sababi tayyor edi: 

-Onamga qo’shnimiz keltirib beribdi, senga deb.  

Bilardim. Qo’shni emas. Har oyda dadasi meni quvvatlantiradi, pul jo’natadi. Olmaydi 

deb, Amina yolg’on ishlatadi. Yahshi bir oila. Inqilobchi bo’lishmasa ham, bizdan yaxshi 

odamlar. Chorasiz pulni oldim. O’qish boshlanmasdan oldin onamni bir ziyorat 

qilmoqchiman. Darhol qaror qildim. Ertaga yo’lga chiqaman. Tonggacha onamni, 

dadamni va akamni o’yladim. “Siz o’ldingiz qutuldingiz. Men ham yonlaringizda yotgan 

bo’lsaydim, bu azoblarni ko’rmas edim. Nima qilay, o’lishni xohladim, ammo o’lolmadim. 

Kelib tuprog’ingizni hidlayapman. Yashagan joyingizdagi xotiralaringiz Bilan 




Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 




Download 214.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling