Kutubxonasi
Bo’limda birinchi bo’ldim
Download 214,22 Kb. Pdf ko'rish
|
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul
Bo’limda birinchi bo’ldim
Nihoyat litseyni bitirdim. Bu vaqtda ko’pgina jiddiy muammolarga uchradim. Meni yemoqchi bo’lgan “och qashqirlar” bilan jonholatda kurashdim. Ortiq qulay luqma bo’lmasligimni tushundilar. Bir qancha inqilobiy guruhlarni ham tark etdim. Aqlim qabul Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com kutubxonasi 18 qilmagan narsaga meni ishontira olmaysizlar, dey isyon qildim. Ammo meni osonlikcha qo’ldan chiqarishmaydi. Qanday qilib chiqarsinlar, kimsasiz yosh bir iqzni qaysi ahmoq qo’ldan chiqarardi. Kurashda davom etardim. Or-nomusli bo’lganim uchun emas, o’zligimni va borlig’imni himoya qilish uchun. Maktabni bitirgach, bir to’da bekorchilardan bir xabar eshitdim. Men bo’limimizda birinchi bo’libman. Bu ishonib bo’lmas hol edi. Menga yordam berganlar sog’ bo’lishsin. Meni chuqurdan olib, yuksaklikka olich chiqishdi. Nima ham derdim, qarzdorman. Amina, uning dadasi, matematika o’qituvchim va uning ayolidan. Ammo e’tibor bergan bo’lsangiz, menga ko’mak berishgan, fikr va qarashlarini men pisand qilmagan odamlar dindor insonlar edi. Meni fohishadek ko’rib, hayotimni bulg’aganlar esa binzing revalutsion bolalar. Shunda ham ko’nglim ularda. Tuyg’ularim ularda. Ammo aqlim dindorlar to’g’ri ekanini biladi. G’arib, ammo haqiqat. Maktab idorasi menga birinchilikni berishni istamagan. “U qiz qaysar, nomi fisqu fasodlarga aralashgan. Isyonkor, itoatsiz”, deyishibdi. Ammo yana omon bo’lgur matematika o’qituvchim qarshi chiqib, men uchun kurashibdi. “Haq kimniki bo’lsa, unga beriladi, haqiqatning o’ng chapi bo’lmaydi”, debdi. Nihoyat, majbur bo’lishibdi. Holbuki, mendek “inqilobchi” o’qituvchilar ham ovozlarini chiqarishmabdi. O’zlariga zarar bo’ladi, deb meni himoya ilishmagan. Nima ham derdim. Yana omon bo’lsinlar. Bu orada yana bir karaxtlik bo’ldi. Ko’p vaqtdan buyon izimdan yurgan Ilker hech qo’ymay:”Senga uylanmoqchiman, taklifim o’ta jiddiy”, deb turib oldi. Ortiq birovga ishongim yo’q. To’g’risini tushintirdim. “Men hamma narsasini yo’qotgan qizman”, dedim. “Keyin o’yinbuzarlik qilma”. Bizning inqilobchi Ilker, bularning hammaisni qabul qildi. Hatto oilasi bilan tanishtirishga ham olib bordi. Ota-onasi meni yaxshilab surishtirishibdi. Dadasi siyosatchi ekan, ammo meni yoqtrimadi. -Menga qara, qizim, -dedi u. Bizlar ilg’or fikrli, sotsial-demorat insonlarmiz. Inqilobchiligingga va qarashlaringga e’tirozim yo’q. Ammo bizlar elga tanilgan, hurmatli insonlarmiz. Noming ba’zi fisqu fasodlarga aralashgani bu ishning eng katta to’sig’dir. Sen baxtingni boshqa joydan qidir. Yig’lab o’zimni tashqariga otdim. Bu hayotni men xohlamagndim. Bu voqealarni men rejalashtirmagandim. Bu zolim va xoin insonlardan o’zimni himoya qilolmasdim. Buni hech kim tushunmasdi. Hamma menga fohishaga qaragandek qarardi. Oh, o’sha inqilobchi do’stlarim endi meni shunaqa deb aytishayotgandi hammaga! Shu bilan Ilker mojarosi ham tugadi. Hursand ham bo’ldim qaysidir ma’noda. Ortiq menga hech kimni osilishini istamasdim. Mutlaqo omadli bo’laman, kuch-qudratim bo’ladi, menga azob berganlarni jahannamga jo’nataman. Bu fikr dilimga shunday mustahkam joylashgandiki, bu haqda hatto tushlar ko’rardim. O’sha kun ham keldi. Universitet imtihoniga kirayotgan edim. Har doimgidek yana Amina yonimda. Meni yolg’iz qoldirmagandi. Imtihondan oldin menga kichkina duo kitobchasini berdi. -Men bunaqa narsalarga ishonmayman, desam ham qo’ymadi, oldim. Munchoqdek bo’ynimga taqib oldim. Shuni aytishim kerakki, bo’ynimga taqqach, o’zgacha bir huzur, yengillik his qildim. Hayajonim bosildi, imtihonni juda yaxshi topshirdim. Har holda ruhiy ta’sir bo’ldi. Inson biror narsaga ishonsa buni foydasini ko’radimi yoki bu shunchaki gaplarmi, deb o’ylardim.
Download 214,22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling