Kutubxonasi


Onamni quchdim, xushbo’y hidlarini tuydim…


Download 214.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/65
Sana01.12.2021
Hajmi214.22 Kb.
#178623
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65
Bog'liq
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul

Onamni quchdim, xushbo’y hidlarini tuydim… 

 

Onamning chehrasi, bo’ylari, go’zalligi xuddi xayolimdegidek. Ya’ni, men onamni xuddi 



ko’rgandek xayol qilar kanman. Quchog’iga tashladim o’zimni. Ichimni yondirgan, 

yuragimni qon qilgan “Ona…” faryodi ila…Bu ovozga, bu hidlarga, bu mehr, bu quchoqqa 

qanchalar mushtoq edim… 

-Bolajonim, Ayselim, -derdi u yuragimni titratib, butun alam va iztiroblarimni to’kib, 

uloqtiruvchi bir ovozda. Men yig’lardim, tinmay yig’lashni xohlardim. Shu yoshgach faqat 

shu xayol bilan ovundim. Bo’lsaydi, meni ursaydi, sochlarimdan sudrab tortsaydi, degan 

onam…Boshimni ko’ksiga qo’yib olgandim. Imkon qadar xushbo’y hidiga to’yib olay der 

edim… Oh, onam, tush bo’lsa ham, xayol bo’lsa ham, bu uchrashuv, bu diydorning 

lazzatini hech narsa berolmaydi. Ammo bu tush, mana g’ayritabiiy bir hol, nur kabi 

o’tadi-ketadi.  

-Senga ikkita omonat qoldirdim, Ayselim, -dedi. Ular mening eng sevimli omonatim. 

Uyimizda, kichkina shisha sandiqning ichida. Ularni ol. Senda qolsin. Ularga juda yaxshi 

qara, xo’pmi? 

-Dadam qayerda?-so’radim men.  

-U haligacha kelmadi. Biz akang bilan birgamiz. Uning hisobi cho’zilib ketdi, kutyapmiz. 

Inshaalloh, hisobi tugar va kelar… 

Shu lahza uyg’onsam, ko’rpa ichida terlab ketibman. Negadir o’zimga kelolmas, 

qo’rqqanimdan baqirardim. Tushning ta’siri bo’lsa kerak. Imomning ayoli so’zlarkan 

o’zimga keldim.  

-Nima bo’ldi Aysel? 

-Yo’q, hech narsa, onajon, bir tush ko’rdim.  

-Inshaalloh yaxshilikkadir.  

Onalik mehri ila yonimga o’tirib, qo’llarimdan tutdi, yuzlarimni siladi.  

-Sizni ham bezovta qildim, shundaymi? 

-Yoq’, yo’q, bezovta deganing nimasi. Shundog’am tong otay deb qoldi. Xoja afandi 

masjidga ketdi. Men ham namozga turgandim.  

Qanchalar mehribon ayol. Gaplarini maroq bilan tinglardim. Xoja ayolini”Xonim afandi”, 

xonim esa uni “Xoja afandi” deydi. Ovozlari shunchalik nazokatliki, bunday baxtli 

muhitni ko’rib, bu baxtli oilaga hasad qildim. Yana yotdim, uxlashga urundim, lekin 

uxlolmadim. Ko’rgan tushimni har soniyasini balki yuz martalab tahlil qildim. Akam, 

onam bilan quchoqlashishim, ularning hidi dimog’imga o’rnashib, go’yo ichimga ham 

singib ketgandek. Har nafasda xuddi shu bo’yni tuymoqdaman. Tong otgach, birinchi 

navbatda, uyimizga borib, onam menga qoldirgan ikki omonatni olaman. Ammo u 

tashlandiq uydan qo’rqaman. Imomning ayoli kelsa birga boramiz. Dadam nega yo’q edi. 




Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

25

Nega uning hisobi cho’ziladi? Onamning bu gapidan hech narsa tushunmadim. Tushimni 



Imom afandi ta’bir qildi.  

-Sizni tabriklayman, qizim, -dei u. U ko’rgan tushing Rahmoniydir. Ya’ni haqiqat tush. 

Tushda ko’rganing jannat. Onang va akang jannati bo’lishgan. Demak, dadangni hisob 

beradigan ishlari bor. Ha, o’ziga yarasha ta’bir. Haqiqat bo’lmasa ham, buni bilish 

quvonchli. Onamning, akamning huzur-halovatga erishgani ham taskin beradi. Imom 

afandi bu tush ta’sirida qoldi. Ayoli bilan yig’lay boshladi. Balki ular bir narsani bilishgani 

uchun shunday qilishayotgandir.  

 


Download 214.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling