Kutubxonasi
Download 214.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushda oilamizni jannatda ko’rdim
www.ziyouz.com kutubxonasi
23 qamashdi. To’rt-besh soat uxladim. Uyg’onib qarasam, malikalarga xos dasturxon yozishibdi. Unda yo’q narsaning o’zi yo’q edi. To’g’risi, juda ta’sirlandim. Go’yo menga hayotdan dars berishardi ular. Bu bebosh, bu iflos hayotda farishtadek ma’sum va pokiza insonlar borligi meni ajablantirar edi.
O’sha kech ishonib bo’lmas bir voqea bo’ldi. Bugungacha ta’sirini sezaman. Ammo ilmiy bir izoh keltirolmayman bu voqeaga. Ya’ni u bir tush edi. Tushlarga ko’p ham ishonmayman. Ko’pincha yaxshi bir tush ham ko’rmayman. Chala-chulpa tuishlarim bo’ladi ular, kulib qo’ya qolaman. Ammo bu tush juda boshqacha edi. O’zimni qo’lga olib tushuntirishga harakat qilaman. Mezbonlarim ikki xonali uylarining bir xonasini menga berishdi. Top-toza xonada yolg’iz o’zim, shovqin va sotqinliklardan yiroqda uyquga ketdim. Balki hayotimda ilk bora bunchalar rohatli va shirin uyquga cho’mgandirman. Yerga joy solindi. Choyshabi, ko’rpasi, yostig’I hamma narsasi top-toza. Qanday ko’rgulikki, shunday pokiza to’shakda mendek bir nopok qiz. Ehtimol, bilaturib… Soat ikkilarda bir ayolning:”Biror narsa kerakmi? Biror narsa istaysanmi?” deb so’rashlarini aytmaysizmi? Yo, Alloh! Siz bunchalik nazokatni qayerdan o’rgangansiz? Fakultetni bitirganlar, ilm odamlari, quloqlaringiz qizisin. Bu qadar iliq munosabat oldida siqilib, uyalyapman, hatto go’dakdek his qilyapman o’zimni. Qattiq uyquga ketdim. Uxlashim bilan o’sha tush boshlandi: Hech ko’rmaganim begona shahar. Shu qadar muhtasham, shu qadar bir chiroyli bir joyki. Yam – yashil bog’lash ichida… Na ko’chalarida bir ifloslik bor, na insonni behuzur qiluvchi bir shovqin. Rohatbahsh bir shahar. O’zimni bunday hayratlanarli go’zallik ichida ko’rgach, begona joy bo’lganbi uchun xursand bo’lib ketdim. O’zimga o’zim tushintirish berardim:”bu Turkiyaning bir shahri emas”, derdim. Bunaqa tartibli, pokiza va go’zal shahar qayerda bo’lishi mumkin:”Ovro’padami?”deb o’ylarkanman, ba’zi hovlilarning eshiklaridagi arab yozuvlari e’tiborimni tortdi. Bilmaganim uchun nima yozilganini o’qiy olmadim. Ammo ishonch hosil qildimki:”Bu arab shaharlaridan biri bo’lishi kerak”. Biroq bilishimcha, qurg’oqchilik hukm surgan aran shaharlari bunaqa yam-yashil, suvli va jilvakor bo’lolmaydi. Yoshligimdan tasavvurimga o’rnashgan “jannat” tushunchasi yodimga tushdi. Dinshunos o’qituvchilarimiz aytgan “jannat” shu yer bo’lishi kerak, deb o’ylay boshladim. Ammo birozdan keyin fikrim o’zgardi. Chunki insonlar o’lgach tuproqqa aylanadi, mening moddiyuncha dunyoqarashim bo’yicha shunday. Jannat va jahannam yo’q. Tushimda ham bu ikki qarama-qarshi fikr meni behuzur etardi. Ammo jannatdek bir joyda ekanligim aniq. Shaharning top-toza yo’llaridan, ko’priklaridan, suvlaridan o’tib borardim. Biror kishini uchratsam so’rarman. Ammo hech kim menga qaramas, men bilan gaplashmasdi. Shunchalar pokiza, go’zal ajoyib insonlarki. Qayoqqa qaramay hayratim oshardi…. Qayerdan kelganini bilmayman, bir payt ro’paramda akam paydo bo’ldi. Ajablandim, sevinganimdan:”Abi” deya quchoqladim. Chunki akam bilan yoshimiz deyarli teng bo’lgani uchun uning ismini ayrib chaqirardim. U ham menga yotoqxonadagidek akalik va g’ururli sevgisini bir tarafda qoldirib, ”Aysel”, dedi sevgi va mehr to’la bir ovozda. Akamning xushbo’y hidlarini tuyardim, ichlarimga singib borardi. Yana har doimgidek irodali va qat’iy ohangda “Yig’lama, Aysel!” derdi u. “Yur, seni onamning oldiga olib boraman”. -Onam ham shu yerdami? Deya so’radim undan. Bu yer qayer? Javob bermadi. Faqat: -Seni onamning yoniga olib boraman, -deya takrorladi. Akam oldinda, men orqada, go’yo yumayapmiz, yuguryapmiz, uchayotgandekmiz. Ha, uchyapmiz. Chunki
|
ma'muriyatiga murojaat qiling