Kutubxonasi
Download 214.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com kutubxonasi
38 -Alloh bu olamni nega yaratdi? Bir qancha inson yomon yo’lsa yurib jahannamiy bo’ladi, ahyot ularga zindon bo’ladi. Yaratmasaydi, shuncha azob bo’larmidi? Shunda hech narsa bo’lmasdi ham, biz ham, qayg’ularimiz ham bo’lmasdi. Shu va shunga o’xshash savollarni shunchaki emas, o’rganish uchun so’rar, o’zimcha tahlil qilardim. Abrinur xonim bu savolimga ham javob berishga harakat qildi. -Koinotni yaratish Allohning irodasi bilandir. Buning sabablarini qidirish biz kabi maxluq insonga munosib ish emas. Biro dam ko’nglida paydo bo’lgan marhamat bilan muhtojlarni yedirsa, kiydirsa, ularga pul bersa, xursand qilsa, ulardan biri chiqib:”Bularni nega qilyapsan, qilmasang bo’lmasmidi?”, deb so’rasa, odobsizlik qilgan bo’lmaydimi? Allohning ham olamni nima uchun yaratgani sababini qidirish ana shunday odobsizlikdir. Zotan bu mavzuga o’z aql o’lchovlarimiz bilan izoh bersak ham, biror natija bo’lmaydi. Chunki yaratgan nima uchun yartaganini o’zi izohlamasayu, yaratilgan bo’la turib bizlar buni qnaday izohlaymiz. Izohlasak ham, yana kamchilik va xato qilishimiz aniq. Ammo bu savolga qisman bo’lsa-da, javob beradigan bo’lsak:dastlab yaratish istagi biror ehtiyojdan paydo bo’lmaganini va buni faqat Janobi Haqning o’ziga havola etish afzalligini aytishimiz lozim. Inson zimmasidagi eng asosiy vazifa o’zi bilan bog’liq muammolarni o’rganish, hal etishdir. Nima uchun yaratilgan? Vazifasi nima? Qayerga ketyapti? Kimga qanday hisob beradi? Hayoti davomida atrofini o’rab turgan ne’matlarning Egasi undan nima istaydi? Inson uchun, avvalo, ushbu savollarning javobi muhimdir”.
Download 214.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling