Kutubxonasi


Download 214.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/65
Sana01.12.2021
Hajmi214.22 Kb.
#178623
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65
Bog'liq
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul

O’zini qidirgan odam  

 

“O’zini qidirgan odam…” Muallifi o’zingiz afandim. Bu kitobni avvalroq, litseydagi 



matematika o’qituvchimning ayoli ham bergan edi. Ammo unga e’tibor qilmagan, 

o’qimagan edim. Yana kitob o’qidik. Suhbatlashdik, savollar berdim. Dugonam 

shunchalik muakammal inson ediki, nimani so’rasam, mantiqqa xos, meni sihontiruvchi 

javoblar berardi. Kechqurun kitobingizni o’qiy boshladim. “O’zini qidirgan odam”…Xuddi 

mening kitobim…Mendek o’zini yo’qotgan, xarob qilgan, so’ngra:”Bir qutqaruvchi 

yo’qmi?”deya faryod qilgan insonlar kitobi…Kitobda nimalar yo’q? Kitob diqqat bilan 

o’qilsa, inson aqli bilan qalbini xiralashtiradigan, mone’lik qiladigan, ba’zi haqiatlarga 

to’siq bo’lgan hamma narsa yo’qoladi. Hayajon ham tugagan natija…Uzoq yillar dahriy 

bo’lgan mashhur bir kommunistning qaytishi va hayratlanarli ilk namozi… O’sha ilk 

namozni o’qirkanamn, necha soatlar yig’ladim. Xuddi mening ilk namozim kabi. Men 

yashagan buyuk fojelai sahna kabi. Iymonga qaytish. Allohga qaytish. Undan avf 

so’rash. Bu nima degani? Siz bilmaysiz. Iymonini yo’qotgan, keyin mo’minlik baxtiga 

erishganlar biladi buni…”Oz’ini qidirgan odam” xuddi o’tkir tabibdek ma’naviy 

muammolariga malham qo’ydi, javobsiz deb o’ylagan savollarimga javob berdi.  

Beshinchi kun…. Yana farishtalardek dugonam bilan birgaman. Yana o’sha qizg’in 

suhbat, bilmagan mavzularim, qilishim kerak bo’lgan amallar… Ko’p muammolar 

yechimini topdim. Yana ko’p narsalarni gaplashdik. Ko’p muammolar yechimini topdi. 

SHu kuni oqshom dugonam menga ikkinchi bir kitobni berdi. “Duzjalik Mehmed”…Yana 

sizning kitobingiz. Bu kitobning ta’siri va darajasi, umuman, boshqacha edi. Go’yo men, 

mening hayotim bor edi u kitobda. Tor fikrli insonlarga, dunoy, oxirat va Allohga isyon 

qilgan o’spirin qiz…Natijami? Ayanchli chidab bo’lmas bir holat…Kitobda ko’pgina muhim 

mavzular bor. Bu mavzular necha yillardan buyon men yechimini, javobini qidirgan

lekin topolmagan masalalar…Balki ularning javobsiz qolishi dahriy bo’lishimning 

sabablaridan biridir. Xojam, bu kitob uchun sizga behad minnatdorchilik bildiraman, 

rahmat aytaman. Diqqatimni tortgan mavzularning tagiga chizib qo’ydim. “Minglab 

ne’matlarni in’om etgan Zot bularni tekinga beradimi?” degan bo’lim juda e’tiborli ekan. 

“Bizni bu dunyoga yuborgan va bizga tekin ne’matlar in’om etgan Zot, bizni bir maqsad 

uchun yartagan. Qachon bo’lsa ham bu ne’matlardan hisob berishimizni so’raydi. Chunki 

har bir oldi-berdining sababi va hisobi bor”.  

Juda to’g’ri. Har bir narsaning hisobi bor. Bundan qanday ko’z yumish mumkin? Qanday 

idrok etmaslik mumkin buni?  

“Koinotning bir boshi bor, bir oxiri”, degan mavzu ham diqqatimni tortdi. Chunki necha 

yillardan buyon men amal qilgan falsafaga ko’ra, moddiylik azaliydir. Borliqning 

boshlanishi yo’q. Nihoyasi ham bo’lmaydi. Buni o’qib ko’p foyda oldim. Dagriylik 




Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 




Download 214.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling