Kutubxonasi
Download 214.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul
- Bu sahifa navigatsiya:
- Endi avvalgi Aysel emasman
BESHINCHI BO’LIM
O’lim to’shagida qayta tirilish
Bir mo’jiza ro’y bera boshladi. O’limni kutarkanman, tanimda yangidan bir kuch paydo bo’la boshladi. Ko’zyoshlarim joynamozni ho’l qilgan…Tirilish, go’yo yangidan tug;ilish… Allohning rahmatidan umid uzib bo’ladimi?
Avvalgi Aysel emasman…Dugonam bilan tanishganimga bir hafta bo’ldi. Shu aniqki, men bir hafat oldingiz Aysel emasman. Har holda, o’zgarish va o’nglanish shu bo’lsa kerak. Qalbimni, tuyg’ularimni va tushunchalrimni so’roqqa tutyapman. O’tgan hayotimning kichik qayg’ulari unutilgan. Faqat katta gunohlarning qayg’usi, iztirobi azoblaydi. Bu chirkin ishlarda aybim, ishtirokim yo’q deya olmayman. Albatta, go’zal fursatlarni boy berdim va iymon yo’lini tutmay, sarkashlik qildim. Ammo men yetim, tarbiyasiz, hech kimi yo’q yolg’iz qiz edim. Atrofimda ezgu niyatli kishilar bor edi. Shunday botqoqlikka, gunohlarga va xatolarga botdimki, qutulish umidim qolmagan edi. Xato qilayotganimni bilardim. Bu xatolarga vaqti-vaqti bilan qarshi chiqardim, ammo yolg’iz edim, eplay olmadim. Endi esa, manzilga yetay deganimda Allohni tanimoqdaman, ammo shuncha xato, shuncha og’ir gunohlar bilan…Gunohlardan, qilgan xatolardan titrab ketyapman. Alloh iltijoyimni qabul qilmasa, gunohlarimni kechirmasa? Mana, meni o’ylantiradigan, tashvishga soladigan narsa…Bir daqiqa bo’lsa ham bu hayoldan qutula olmayapman. Bilaman, Allohning mag’firati va marhamati oily. Yagona tasalli shu. Har namozda, har soat, har daqiqa va hatto har soniyada Mavloning huzurida ekanimni bilaman. Shu sabab ko’zyoshlarimni to’xtatolmayapman. Ko’zlarim yumilsa ham, yuragim va butun borlig’im faryod chekadi. Suhbatdoshimning bugungi mavzusi “Allohning avfi va marhamati” edi. Abrinur Xonim menga taskin berish uchun bu mavzuni tanlagan. Gunoh va mag’firatga oid oyat va hadislarni yozib oldim:
Download 214.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling