Kutubxonasi
Haqiqiy Iymon eng ulkan baxtdir
Download 214.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul
Haqiqiy Iymon eng ulkan baxtdir
“Duzjalik Mehmed”ni o’qib bo’lgach, buni yaxshi bilib oldim. Iymon shunday bir kuch- quvvatki, unga yetishgan inson bu dunyoda baxtiyor bo’ladi. Shuni e’tirof etish kerakki, Allohga ishonmagan insonlar baxtsiz, noumiddirlar. Baxtli va sabotli ko’rinsalar-da, bu holatlari soxtadir. Inson qancha:”Ishonmayman, bunaqa narsa yo’q” degan sari qalbining tub-tubidan “Alloh bor, seni yaratgan Udir” degan haqiriqlarni eshitadi. Men o’sha ovozni, umuman, to’xtatolmadim. Eng ishonchasiz, eng tajavuzkor kunlarimda ham, ruhimning tub-tubidan o’sha qaynoq va mehribon ovozni his qildim. “Alloh bor, Unga yolvor”, deya hayqirardi. Ammo quloq solmadim. Bularning hammasiga noto’g’ri ishonchlarim sabab bo’lgani tabiiy. Bu jamiyat aybidir, ta’lim tarbiya aybidir. Yoshlarga ishonch iymonni tushuntirmasangiz, o’zlaricha osiy, gunohkor, isyonkor va buzg’unchi bo’lib ulg’ayadilar. Keyin siz:”Nega yoshlar buncha bebosh chiqishdi?” deysiz. Tarbiya uchun mas’ul odamalr qayga qarashmoqda? Ishonamanki, ular bu haqda ertaga albatta, javob beradilar. Masalaga chuqurroq kirish uchun bir xotirani so’zlab bermoqchiman. Huquq fakultetida o’qiyotgan paytlarim bir majlisga chaqirildik. Bir guruh dahriylar yurtni, millatni va hatto butun dunyoni ham qutqarishmoqchi. Minbarga chiqqan o’rtoqlar bilganlaricha balandparvoz gaplarni gapirishdi. Mening hayolim joyida bo’lmagani uchun nimalar gapirilayotganini yaxshi anglay olmasdim. Tanish o’rtog’imiz yana minbarda. U mashhur usta edi. Huquqdan tibbiyotga, rassomchilikdan yozuvchilikka, xulla har ish, har joyga ko’chib yurar, ammo qorni to’ymasdi. U bizning fikr ustozimiz edi. Qarashlari bizga nisbatan sayoz bo’lsa-da, ko’p olqish olardi. She’riy bir suhbat uslubi bor edi. Jo’shib gapirar, odamalrni ham jo’shtirar, ba’zan o’ylantirib qo’yardi. Mana u yana minbarda:”Hayotga bir marta kelamiz, o’lgach, ko’zlarimizni qayta ochish yo’q. Bu do’stlik, g’maxo’rlikning qadriga yetmayapmiz. “Qayta tirilish” yoki “Boshqa tanaga kirish” kabi safsatalarni qo’ying. Ular aqldan uzoq, ilmga begona narsadir. Koinot ham, biz ham bir moddamiz. O’limdan keyin hamma narsa yo’q bo’ladi. Qo’rqmang, sizni sizdan boshqa hech kim taftish qilolmaydi. Bunday bo’lmag’ur, halol-harom haqidagi qo’rquvlarga berilmang. Bular O’rta asrning qoloq tushunchalaridir. Istaganingizni qiling, orzu qilganingizdek yashang, xohlagan joyingizda va istagan kishingiz bilan…Mana yaxshi hayot kechirish va baxtiyorlik… Olqishlar yog’ilar…Bu bizning sarkan ustamiz edi. Bizning ilg’orimiz, fikr otamiz va rahbarimiz Sarkan usta. Ammo, u to’satdan oramizdan ketdi. Keyin esa uning bu yo’ldan qaytganini, namoz o’qiy boshlaganini eshitdik. O’shanda biz bu holga tushunolmagan edik. Sarkan usta asl haqiqatlarni anglab yetganini endi tushundim. Bizni Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com kutubxonasi 41 tarbiyalaganlar, ota-onalar, tarbiyachilar va o’qituvchilar bu haqiqatlarni yoshlikdan, bolalikdan tushuntirishganida edi, jamiyatda adolatsizlik va anglashilmovchilik qolmagan bo’lardi. Nega shunday qilishmaydi, ular, a? Taqdir ekan, yoshlikda iymon yo’lini ko’rsatmoqchi bo’lgan insonlarga ham monelik qildim. Qilmishimdan endi nadomat chekmoqdaman…
Download 214.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling